95
Texnik
o‘quv vositalariga quyidagilar kiradi: kompyuterlar; boshqa texnik vositalar
(interfaol yozuv taxtalari; ko‘paytiruvchi texnika va boshq.).
Axborot va texnik o‘quv vositalaridan foydalanish quyidagi rivojlanib borayotgan
muammolarni namoyon qildi:
o‘quv jarayonining axborotlashuvi va kompyuterlashtirilishining tobora kengayib
borayotganligi, uning sifatini nazorat qilish shakllarining rivojlanib borishi;
o‘quv va o‘qitish texnologiyasidagi o‘zgarishlar;
kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi axborot
ta’minotiga ta’siri.
Ta’lim vositalarini B.Rahimov va A.Mavlyanovlar quyidagilarga ajratadi:
O‘qituvchi uchun: fanning o‘quv dasturlari, fanning ishchi o‘quv rejasi, o‘quv-metodik
qo‘llanma, metodik tavsiya, metodik ishlanma, dars mashg‘ulotining texnologik xaritasi, dars
rejasi, ma’ruza matni ssenariysi.
Talaba uchun: darslik, o‘quv qo‘llanma, jadvallar, tarqatma materiallar, yo‘l-yo‘riqli
texnologik xaritalar, tipik xatolar xaritasi, topshiriq varaqasi, interfaol usullar.
Oliy ta’lim tizimida matematika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish sifati, matematika
fani o‘quv-me’yoriy hujjatlari va moddiy-texnik bazasi yangiligiga uzviy bog‘liq, bu esa talaba va
o‘qituvchi bir xil ta’lim vositasilari bilan ta’minlangan bo‘lishini taqozo etadi. Tanlangan usul,
shakl va vositalar bir-biriga mos bo‘lishi va dars mashg‘uloti mazmuni yoritish uchun ular bir-
birini to‘ldirgan holda xizmat qilishi kerak. Ta’lim vositalari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bosma,
texnik va real turlariga ajratiladi, bular, o‘z navbatida, olti turga bo‘linadi. Ma’lumot olish va ularni
qayta ishlash uchun – matnli (o‘quv dastur, maxsus darslik, ma’ruza matn, tarqatma material
hamda nazorat varaqalari); talabalarda fazoviy fikrlashni rivojlantirishda – tasvirli (fotosurat,
chizma sxema, jadval, plakat hamda tasvirlar); hodisalar yuzasidan ko‘rgazmali yoki ovozli
talaffuzlar natijasida talabalarning fikrlashlarini rivojlantirishda – audiovizual (vidofilm, kompakt-
disk, audio kasseta, PowerPoint materiallari, elektron darsliklar); tasvir va matnni yozish, saqlash
uchun – yordamchi (doska, pinbord doskasi, videoproektor ekrani bilan, kompyuter, flipchart,
videomagnitofon, televizorlar); o‘rganilayotgan ob’ektning modeli orqali u haqida tasavvur hosil
qilish uchun – modelli (model, maket, trenajyor, mulyajlar); o‘rganilayotgan ob’ektlar haqida
haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun asbob-uskuna, stanok, yarim tayyor va tayyor
mahsulotlar hamda xomashyolardan foydalanish mumkin. Nazariy darslarda ta’lim beruvchilar
asosan matnli va yordamchi vositalardan, amaliy darslarda esa ko‘proq tasvirli va real vositalardan
foydalanadi.
Shunday qilib, oliy ta’lim tizimida matematika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishning
maqsadini belgilab olish, shunga binoan mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini
kafolatlovchi zamonaviy usul va uslublari hamda shakl va vositalarini belgilab olish mustaqil
ta’limni to‘g‘ri tashkil etishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: