355
Davlatning ta’lim siyosatidagi bosh masalasi, malakali har tomonlama kamol topgan insonni
tarbiyalash, bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni mehnat bozori talablariga
moslashtirishdir. Ta’limni ijtimoiy jihatdan ahamiyati ko‘p jihatdan yoshlarning iqtisodiy
tayyorgarligi bilan aniqlanadi. Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislar iqtisodiy masalalarni tushunishi,
iqtisodiyotdagi turli tendensiyalarni
aniqlay bilishi, amaliy faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim.
Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassis shaxsi kamolotida berilayotgan mustaqil o‘quv
topshiriqlari, muammoli yechimga qaratilgan munozarali dars shakllari va audiovizual
vositalarga asoslanilgan o‘quv materiallari kuchli ijtimoiylashtiruvchi ta’sir ahamiyatiga ega.
Aynan mana shunday o‘qitish usullari vositasida bo‘lajak mutaxassislarni oliy ta’limdagi
o‘quv faoliyatiga tayyorlash, mantiqiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirish,
mavjud
qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga imkon yaratiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan pedagog-talaba
hamkorligini talab etadigan pedagogik faoliyatdan iborat bo‘ladi. Pedagog odatda o‘qitish
davomida talabalar o‘quv ma’lumotlarini qanchalik o‘zlashtirganliklari, aniq bilimlarga ega
bo‘lganliklaridan xabardor bo‘lsagina, talabani yangi bilimlar bilan qurollantira oladi. Shunga
ko‘ra o‘qituvchi talaba o‘quv axborotlari, ma’lumotlarining
mazmunini tushunishi,
o‘zlashtirib olishi va amalda qo‘llay olishini o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu
odatda o‘quv maqsadi deb yuritiladi. Zero, u ta’lim jarayoni oxirida kutilayotgan natija
tavsifidir. Ta’lim jarayoni ikki jonli mavjudotning ishtirokida kechganligi sababli pedagog
o‘rgatish maqsadini, talaba esa, o‘rganish maqsadini amalga oshiradi.
Hozirgi
kunga kelib, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot shu qadar jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqdaki, mutaxassis kadrlarning kasbiy bilimlari har yili ma’lum darajada
qadrsizlanmoqda hamda ularni tez-tez yangilash ehtiyoji sezilmoqda. Bozor iqtisodiyoti,
raqobat
sharoitida, texnika va texnologiyalar jadal o‘zgarayotgan sharoitda kadrlarning
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash katta ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dars va boshqa turdagi barcha o‘quv mashg‘ulotlarini
mukammal tashkil qilish – pedagoglarning birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada
o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularda imon-e’tiqod va mafkuraning
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodchi mutaxassisning kasbiy fazilatlari: o‘z
sohasining puxta bilimdoni bo‘lish, kasb-hunar sirlarini sodda usulda o‘rgata olish, hayotiy
tajribalari asosida shaxsiy namuna bo‘la olishlik va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda mutaxassislar tayyorlash tizimiga ilm-fanning
uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur:
ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli
innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm-fanning ta’lim
amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish,
yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga
erishish;
oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirishda xalqaro ilmiy hamjamiyatga
integratsiyasini faollashtirish, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida maqola
chiqarishlarini rivojlantirish, ta’lim sohasi va mutaxassislar tayyorlashni yanada
takomillashtirish.
Xulosa qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, davlat boshqaruvi idoralari, xizmat
ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqa ko‘plab mulkchilik shakllari o‘z
faoliyatlarini yangi
iqtisodiy bozor o‘zgarishlariga moslashtirishlari uchun ularda faoliyat ko‘rsatuvchi boshqaruv
xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari zamonaviy iqtisodiyot
fanlaridan va ularni rivojlanish jarayonlaridan xabardor bo‘lishlari hamda o‘z sohalari
bo‘yicha o‘tayotgan fanlarining yutuqlaridan o‘z faoliyatlarida ishlata olishlari muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: