B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob 
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi. 
 


351 
2.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qa’tiy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. 104 bet. 
3.
G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G. O‘qish kitobi. 1-sinf. O‘n ikkinchi nashr. 
– T.: Sharq, 2016. – 127 bet. 
4.
Xudoyberganova M., Fuzailova S., Muxtorova M. 3-sinfda ona tili darslari. O‘qituvchi 
kitobi (ikkinchi nashri). – T.: O‘qituvchi, 2016. – 128 bet. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH 
MEXANIZMLARI
 
 
Hakimov F.N. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, mustaqil izlanuvchi
 
 
Milliy istiqlolni qo‘lga kiritilishi respublikada ta’limni tubdan isloh qilish va uni yanada 
mustahkamlash imkonini yaratdi. Shu bois ta’lim-tarbiya jarayonlari keng ko‘lamda o‘rganilib, 
ularni amaliyotda tatbiq qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, Vatanimiz 
tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish maktabgacha ta’limdan 
boshlash zarurligini inobatga olib, oliy o‘quv yurti dasturlari va darsliklarida buyuk 
ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy, ma’naviy va madaniy meroslarini kengroq va chuqurroq 
o‘rganish ehtiyoj yaratildi. 
“Bilim – bu o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy 
mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruriyatga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, 
ilmiy nazariyalar, qonunlar va tushunchalardir”, - deb ta’kidlaydi Ilin Ye.P.
 
Bola maktabga qabul qilinishi bilan o‘qish yetakchi faoliyatga aylanishi zarur bo‘ladi. 
O‘qish, o‘yindan farqli o‘laroq majburiylik kasb etadi, u aniq maqsadga qaratilgan, ijtimoiy 
ahamiyatga molik bo‘lgan hamda tizimga solingan faoliyat turi hisoblanadi. Boshlang‘ich 
sinflarda bolalarni o‘qitish jarayonida ham o‘yinlardan foydalaniladi, lekin endi ular o‘qish, 
o‘qitish vazifalari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinning maqsadi, turi, tashkil etish sharoitlari ham 
o‘zgaradi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning o‘qish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi o‘qish 
jarayoniga, ya’ni, harakatlarni bajarish usullariga alohida e’tibor beradi. Chunki o‘qishning 
pirovard maqsadi muayyan bilim va malakalarni egallab olishdangina iborat bo‘lmay, balki 
kelgusida ishlab chiqarish, fan yoki insonlar bajaradigan boshqa ijtimoiy faoliyat turlarining 
murakkab muammolarini hal qilishda kerak bo‘lgan mustaqil ravishda bilim olish mahoratini 
o‘zlashtirish hamdir.
 
O‘qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshidagi o‘quvchining psixik o‘sishini 
harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar vujudga keladi. Bular 
zamirida o‘quvchining psixik kamolot darajasidagi, ijobiy xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi 
qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz 
o‘sishini taqozo etadi va shu jarayonning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga 
oshadi.
 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos 
ehtiyojlar mavjudligidir. Mazkur ehtiyojlar o‘z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat 
o‘quvchining shaxsiy istagini o‘zida aks ettiradi. Bu ehtiyojlar o‘z sumkasiga, dars tayyorlash 
burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash 
tuyg‘usini his etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib 
yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga borish, o‘qituvchining o‘gitlari ham o‘quvchini o‘ziga 
rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi o‘qishning tub mohiyati va vazifasini 
tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak, deb tushunadi. 
 


352 
Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish jarayonining aynan o‘ziga qiziqish ko‘zga tashlanadi. 
Maxsus tadqiqotlarda o‘quvchilar bilan keraksiz mashqlar o‘tkazilgan va ularga oldindan bu 
mashqlar keyinchalik kerak bo‘lmasligi aytilgan, lekin o‘quvchilar ularni bajonidil bajarishga 
kirishavergan.
 
O‘quvchining xususiy faoliyatda erishgan dastlabki muvaffaqqiyati uni boshqa natijalarni 
egallashga undaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat mahsuli shodlik va quvonch his-
tuyg‘ularini paydo qiladi. Masalan, ayrim o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o‘qishga 
harakat qiladi. O‘qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, 
bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi. 
 
Barkamol yetuk shaxsni tarbiyalash, Respublikamizda kadrlar tayyorlashni davr talablari 
darajasiga ko‘tarish, ta’limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan 
mexanizmini yaratish, uning mazmunini takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardagi 
ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab 
olgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, uning 
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bo‘limida ta’lim 
oluvchilardagi layoqatni ma’lum shart-sharoitlar asosida qobiliyat darajasiga ko‘tarish zaruriyati 
alohida qayd qilinadi. Bugungi kunda ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida 
o‘qitish, darsga va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish muhim vazifa ekanligi ko‘rsatilgan.
 
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta’lim-fan-
ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning hozirgi zamon fan-texnika 
taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi ahamiyatli g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham 
ta’limni rivojlantirishda integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda. 
 
Integratsiya – ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, bir butunga 
aylanishi, yaxlitlanishidir. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan 
izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur o‘stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa 
hamda ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qildik.
 
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” e’lon qilingandan buyon, o‘quv rejasidagi 
fanlarning soni boshlang‘ich ta’limda 10taga yetdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har 
doim ham ijobiy natija beravermaydi. 
 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2013 yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida: “Sog‘lom bolani 
voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiya va sportning o‘rni va ta’sirini yanada kuchaytirishda bolaning 
jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr – bu boshlang‘ich sinf davridir”, - deb, 
ta’kidlaganliklari, pedagogika fani va amaliyotida, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning 
pedagogik va psixologik shakllanishlariga yanada mas’uliyat bilan qarash zarurligini ko‘rsatdi.
 
Hozirda, boshlang‘ich ta’lim mazmuniga ham, sifatiga ham zamonaviy talablar qo‘yilmoqda 
va ularga mos davlat me’yoriy hujjatlari (Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha nizomlar, Kotsepsiyalar, 
Davlat ta’lim standartlari, uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va ularga mos o‘quv 
dasturlari va shu kabilar) tayyorlangan. Bunda boshlang‘ich sinflar bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, bolalarning bitta o‘qituvchi qo‘lida ta’lim olishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, 
boshlang‘ich ta’lim mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’lumotlarning uzluksizligi va 
uzviyligini o‘qituvchi tomonidan ta’minlash – o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuksaltirishga sezilarli 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu orqali oddiydan murakkabga (osondan qiyinga) qarab bayon 
qilinayotgan ma’lumotlarni o‘rganishga mustahkam didaktik asos yaratiladi. 
 
Ushbu sohada Respublikamiz olimlari va mutaxassislari ko‘pgina ilmiy-amaliy ahamiyatga 
molik tadqiqotlarni olib bormoqda. Ularning ishlari tufayli boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi ham 
mazmun jihatidan, ham sifat jihatidan boyib, takomillashib bormoqda. Ushbu sohada 
R.Mavlonova, O.Hasanboeva, Sh.Abdullaeva, B.Adizov, M.Botirova, A.Bekmurodov, 
R.Ibragimov, X.Ibragimov, M.Mahmudov. U.Musaev, Sh.Muhiddinova, G.Najmiddinova, 
R.Nurjanova, N.Ortiqov, Z.Otaxonova, S.Ortiqboeva, S.Rajabov, O.Roziqov, R.Safarova, 


353 
Z.Tojieva, X.To‘raqulov, I.To‘raqulova, N.Usmonov, O‘.Farmonov, M.Xolmatov, R.Hasanov, 
M.Haydarov, N.G‘oyibnazarova va shu kabilarning ta’kidlashicha zamonaviy o‘qituvchi quyidagi 
talablarga javob bermog‘i lozim:
 
O‘qituvchi o‘zi tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ayniqsa, 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘rta umumta’lim maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar 
asoslarini chuqur egallagan bo‘lishi kerak; zamonaviy o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ma’naviy va 
ma’rifiy jihatdan savodxon bo‘lishiga erisha olishi, milliy mafkura g‘oyalarini o‘z o‘quvchilari 
ongiga va qalbiga singdira olishdek intellektual salohiyatga ega bo‘lishi, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak; pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi 
fanlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi; o‘qituvchi o‘z kasbi bo‘yicha jahon ilm-fani erishgan 
yutuqlardan doimo xabardor bo‘lishi va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan o‘z kasbiy 
faoliyatida doimo foydalanib borishga erishmog‘i lozim; ta’lim va tarbiyaning didaktik asoslarini 
chuqur egallagan bo‘lmog‘i lozim; o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lishi, ya’ni o‘z 
amaliy faoliyatini ilmiy-metodologik asosda olib bora olishi kerak; o‘z o‘quvchilarining ichki 
dunyosiga kirib bora olishi va ularni milliy g‘ururli hamda Vatan fidoyilari qilib tarbiyalashga 
ko‘maklasha olishi lozim; pedagogik mahorati va o‘z kasbiga tegishli bilimlar bazasini muntazam 
ravishda yuksaltirib borishi va shu kabilar.
 
Boshlang‘ich ta’lim mazmuniga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari respublikamizda ko‘plab 
tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda. Ular to‘g‘risida respublika bo‘yicha tashkil etilayotgan 
ilmiy-amaliy anjumanlarda ko‘plab ma’lumotlar topish mumkin. Quyida ulardan ba’zilarining 
tadqiqot ishlaridan ma’lumotlar beramiz:
 
Tadqiqotchi-olim R.Ibragimovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini 
shakllantirishning didaktik asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida kichik maktab 
yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik asoslar 
va unga mos ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu ta’lim mazmunini takomillashtirishda 
innovatsion yondashuvning ilmiy-uslubiy asoslaridan biridir. Ushbu dissertatsiyaning qimmatini 
oshiruvchi himoyaga olib chiqiladigan holatlar ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini 
shakllantirishda mustahkam didaktik asos bo‘la oladi.
 
“Boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik omillari” mavzusidagi 
R.U.Nurjanovaning nomzodlik dissertatsiyasi boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika 
qilishning pedagogik omillarini aniqlash va boshlang‘ich ta’limning yangi mazmunini belgilash 
bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda quyidagi ilmiy natijalar 
qo‘lga kiritilgan: boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning ijtimoiy-pedagogik 
omillari belgilab chiqilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmunini belgilashning 
didaktik asoslari tadqiq etilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi mazmuni va uning 
samaradorlik darajasi bir necha usullar yordamida aniqlangan.
Ushbu tadqiqot ishining amaliy jihatdan ahamiyatli joyi shundaki, unda boshlang‘ich ta’lim 
mazmunining davlat va jamiyat taraqqiyoti talablari asosida belgilab berilgan yangi mazmuni 
ishlab chiqilgan. Bu tadqiqot ishi natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayoni uchun yangi mazmundagi 
o‘quv dastur, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallar ishlab chiqishga asos 
bo‘ladi.
 
Tadqiqotchi A.Meliboevning tadqiqot ishi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarini o‘z o‘quvchilariga ekologik ta’lim berishga tayyorlashga bag‘ishlangan bo‘lib, 
unda malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ekologik bilim berishga 
tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash hamda o‘quvchilarda ekologiyaga oid 
tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari 
qaralgan. Ushbu tadqiqot ishidagi o‘qituvchilarni ekologik bilim berishga tayyorlash jarayonida 
ularning bilishlari lozim bo‘lgan ekologik bilimlar mazmuni va hajmi aniqlanganligi diqqatga 
sazovordir.
 
Tadqiqotchi G.Boymurodovaning dissertatsion ishi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-
shaxsiy tayyorgarligining texnologik tizimini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqot 


354 
ishidagi quyidagi olingan natijalar e’tiborga molikdir: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini ta’minlashning texnologik tizimi ishlab chiqilgan; bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini amalga oshirishning qulay shart-
sharoitlari va vositalari aniqlangan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy 
tayyorgarligini ta’minlashga yo‘naltirilgan texnologik tizimning samaradorligi bir necha usul bilan 
tahliliy aniqlangan.
 
Tadqiqotchi 
B.Sabirovning 
dissertatsiya ishi boshlang‘ich ta’limda axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan bo‘lib, u “Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlash metodikasi”, deb nomlanadi va unga boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini ishlab chiqishni 
tadqiqot maqsadi qilib olingan.
 
Mazkur tadqiqot ishida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan quyidagilar o‘quvchilarni informatika 
ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini boyitishga sezilarli ta’sir qiladi: boshlang‘ich 
ta’limda o‘quvchilarga informatika elementlarini o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari 
aniqlangan; boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika 
elementlarini o‘rganishga qaratilgan o‘quv faoliyat tuzilmasi ishlab chiqilgan; boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘qitishning mazmuni va metodik tizimi ishlab chiqilgan; 
boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirishga qaratilgan pedagogik dastur vositalari majmui tayyorlangan.
 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish