Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son
Farmoni.
2.
Иноятов У.И. Теоретические и организaционно-методические основы управления
и контроля качества образования в профессиональном колледже: Дисс. ... д.п.н. – Т., 2003.
– 315 с.
3.
Топоровский В.П. Интегративный подход к формированию управленческой
компетентности директора развивающейся школы: Дис. ... д.п.н. – СПб., 2002. – 331 с.
4.
Turg‘unov S.T. Boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar // Maktab va hayot
jurnali. – 2006. – № 1. – 20-23-b.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI
KUYLASHGA O‘RGATISH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR
Panjiyev Q.B.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, kafedra mudiri
Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ulkan islohatlar maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchilarini har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda juda katta shart-sharoitlar
eshigini ochdi. Bu jarayon, musiqiy ta’lim-tarbiyaga ham sezilarli darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
To‘plangan tajribalar maktabgacha ta’limda musiqa tarbiyasini amalga oshirishda bir qator
faoliyat turlaridan keng foydalanish yaxshi samara berishini ko‘rsatmoqda. Bu – musiqa tinglash
va kuylash faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musiqani tinglash va musiqa kuylash
qanchalik zavqli ekanligi ma’lum holatdir. Chunki, har bir harakat - musiqa kuylash yoki jo‘r
bo‘lish bolalarda hayotiy qiziqish uyg‘otib qolmay, balki ularda quvnoqlik, shodlik, bir-birini
235
tushunish, bir-biri bilan tez kirishib ketish kabi bir qator hissiyotlarni vujudga keltiradi. Bolalarda
estetik zavq va tafakkur uchqunlarini paydo qiladi. Shu bois, ularning yoshi va qiziqishiga mos
bolalar musiqa asarlarini tanlab, an’ana va zamon ruhiyatidan saboq beruvchi ohanglardan tuzilgan
qo‘shiqlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘zida milliy ruh kasb etgan,
vatanni madh etuvchi musiqa ohanglaridan tuzilgan repertuar tanlash ularning qalblariga qanchalik
chuqur muhrlasada, shunchalik ularning rivoji, haqiqiy insoniy tuyg‘ular bilan to‘g‘ri
tarbiyalanishiga asos yaratiladi. Bu yoshda bolalar hali musiqiy janrni idroklay olmasalarda,
musiqa rahbari ularni tarbiyalashda bir qator tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan omillarni nazarda
tutishi maqsadga muvofiqdir. Shu bois bolalarning ijrosi uchun tanlab olinadigan repertuarda
quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
tanlangan repertuar bolalar yoshiga mos, oddiy, yengil, tushunarli, tez yodda
saqlanadigan milliy ohanglardan tuzilganligi;
ushbu tanlangan asarning musiqasi nihoyatda yengil tovushlardan tuzilganligi, she’r
matni mazmunini to‘la ochib bera olganligi;
musiqada milliy ohanglarga asoslanganligi, imkon qadar g‘arb musiqasini o‘zida
saqlamaganligi;
bolalar xususiyatlarini ochib bergan va tushunishi oson bo‘lgan ohanglardan iborat
bo‘lganligi;
bolalar tafakkuri va dunyoqarashini faollashtirishga xizmat qilishi.
Albatta bu o‘rinda qo‘shiq mavzusi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham
mavzu yo‘nalishi:
-
tabiat va hayvonot olamini o‘zida majassam etganligi;
-
hajviy va savol-javob ohanggiga moyilligi;
-
vatanni madh etganligi;
-
baxtli bolalik va b.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni uch-to‘rt yoshdagi bolalardan boshlanadi. Odatda, bu yoshdagi
bolalar o‘yinqaroq, sho‘x hamda qiziqqon bo‘ladilar.
Musiqa rahbari tomonidan bajariladigan ilk vazifa – bolada qo‘shiq aytishga bo‘lgan
qiziqishni o‘yg‘otishdan iborat. Bu jarayonda musiqa rahbari oldida bir qator muhim vazifalar
qo‘yiladi:
а)
bolalarga tushunarli tilda musiqa haqida tushuncha berish;
б)
musiqani kuylash va uni bolaning ongigacha yetkazish;
в)
musiqani cholg‘u asbobida ijro etish;
г)
musiqiy ovozlar vositasida parrandalar, hayvonlarning obrazini tasvirlab ko‘rsatish;
д)
tovushlarning turli, baland-past, yo‘g‘on-ingichka, kuchli va kuchsizligini misollar
bilan ko‘rsatib berish;
е)
qo‘shiqlarning so‘z bilan aytilishi, she’rning shoir tomonidan yozilishi, musiqaning esa
nota bilan ifodalanishi haqida tushuncha berish;
ж)
musiqiy cholg‘ular bilan tanishtirib borish: rubob, dutor, doira, surnay, karnay, g‘ijjak,
chang, nay, fortepiano, skripka, truba, klarnet va hokazo.
Ilk mashg‘ulotlar majmuaviy darslardan tashkil topishi kerak. Ya’ni, nafas olish va uni ovoz
bilan chiqarish, har xil o‘yinlar bilan chalg‘itish, qo‘shiqni ohanggiga qiziqtirish, so‘zini yodlatish
va hokazo. Mashg‘ulot davomida bola o‘z gavdasini qanday tutishi, qo‘l va oyoqlarni shunga mos
harakatlantirishiga e’tibor berish kerak. Bu harakatlar musiqa jo‘rligida chapak chalishdan
boshlanadi. Qo‘llarni havoga ko‘tarib aylantirish, barmoqlarni turlicha harakatlantirish, oyoqlarni
musiqa usuliga xos yerga urish kabi harakatlar bolalar uchun juda muhim va qiziqarlidir. Bolalar
bilan bu kabi mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida yana bir narsa, ya’ni bolalarning tez toliqib
qolmasligi, charchash holatini oldindan payqash kabi bir qator jihatlarga e’tiborliroq bo‘lish
taqozo etiladi. Xususan, amaliy mashg‘ulotdan so‘ng musiqani tinglash va boshqa holatlarga xos
bilim berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, musiqiy mashg‘ulotlar davomida jimlikni
saqlash, musiqani diqqat bilan tinglash, qo‘shiq kuylaganda gavdani tik tutish va shunga mos
236
harakat qilish talab etiladi. Bolalardan tashkil topgan vokal guruh qatnashchilariga qo‘shiq
o‘rgatishdan avval, ular bilan birgalikda turli mashqlar bajarib, fortepiano orqali ovoz sozlanadi.
Bolalarga qo‘shiq o‘rgatilayotganda ovoz sozlash mashqlariga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ovoz
sozlash mashqlari yangicha usulda o‘tiladi, ya’ni notalar o‘rniga so‘zlar qo‘yib, ushbu so‘zlar
musiqiy ohangda kuylanadi. Bunda bolalarning musiqiy talaffuzi rivojlanadi. Ovoz sozlash
mashqlari ko‘pincha bolalarga mos bo‘lgan tez aytishlar musiqaga solinadi va rahbarning
ko‘magida ularga ayttiriladi. Bolalar qo‘shiq aytayotganlarida nafasni ishlatish ko‘nikmasini
egallashlari, yelka va gavdalarini to‘g‘ri tutish lozimligi, kuylash jarayonida qaerda nafas olib,
qaerda uni sarflash mumkinligi o‘rgatiladi. Bunda nafas olish mashqlarini qo‘shiq so‘zlari bilan
birgalikda qo‘shib o‘rgatish – ko‘zlangan maqsadga erishishda yordam beradi.
Bundan tashqari, bolalarning nafas olish texnikasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun bolalarga
shar puflash mashqlarini bajartirish ham yaxshi natijalar beradi. Musiqa rahbari bolalarga
qo‘shiqni o‘rgatishdan oldin qo‘shiqni tanishtirishi, asar bastakori haqida, asarning matni,
mazmuni haqida gapirib berishi kerak, bir so‘z bilan aytganda bolalar bu qo‘shiqni o‘rganish
jarayonida shu kichik asar bilan birgalikda yashashi kerak. Shundagina ularda qiziqish o‘yg‘otish
oson kechadi.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga qo‘shiq o‘rgatish jarayoni yosh davrlarda qanday
kechadi? Buni quyidagi yosh davrlar misolida chiqamiz:
Dastlab, kichik guruh bolalarini kuylashga o‘rgatishda nimalarga e’tibor qaratish kerak
degan savol tug‘ilishi o‘rinli. Ma’lumki, bolalarda uch yoshda ovoz apparati endi shakllana
boshlaydi. Qo‘shiqchilik ovozi hali yo‘q, nafas qisqa, lekin bolalar shu davrda juda qiziquvchan
bo‘lib, kattalar yoshiga mos ijrolarga bajonudil qo‘shilishga harakat qiladilar, asar jumlalarining
ba’zi tovushlarini kuylay oladilar. Asosiy vazifa boshlang‘ich kuylash ko‘nikmalarini
rivojlantirish va mustaxkamlashdan iboratdir. Bu yoshdagi bolalar qo‘shiqni butun yaxlitligicha
kuylay olishmaydilar, faqat ba’zi qismlarinigina kuylay olishadi. To‘rt yoshga kelib ovozida
kuchlanishlar paydo bo‘la boshlaydi, ovoz kuchayadi. Ular eng oddiy bolalar qo‘shiqlarini kuylay
olishadi. Bunda qo‘yiladigan asosiy vazifa nimadan iborat? Bolalarda tabiiy tovushda kuylashga,
zo‘riqmasdan, tovushni siqmasdan kuylashga o‘rgatish. Bu yoshda muhim ishlardan biri – bu
bolalarda talaffuz ustida ishlashdir. Ular bu yoshda hali ko‘p so‘zlarni ma’nosini tushunmaydilar.
So‘zlarning mazmunini va to‘g‘ri talaffuzini tushuntirish kerak bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar
umumiy bir tempda kuylashi qiyin kechadi. Bu narsa musiqa rahbarining doimiy e’tiborida
bo‘lishi va bolalarni birgalikda kuylashga o‘rgatish kerak. Besh yoshli bolalar murakkab
bo‘lmagan qo‘shiqlarni musiqiy rahbariga ergashib kuylay oladilar. Endi ularga boshqacha, ya’ni,
mutaxassis tavsiyasi kerak bo‘ladi. Musiqa rahbari tomonidan qo‘shiqni ifodali, emotsional ijroda
ko‘rsatib berish, qo‘shiqni birinchi bor tanishtirish jarayonida rasm, o‘yinchoqlar bilan qo‘shiqni
mazmunini ochib berishga harakat qilish, qo‘shiq mazmuniga mos o‘yin shakllarini qo‘llash,
musiqa rahbari asarni ikki yoki uch marta fortepiano yoki biror cholg‘u asbobida chalib berishi
hamda bolalar bilan birgalikda kuylashlari shart bo‘ladi.
Albatta bu jarayon, o‘rta guruh bolalarini kuylashga o‘rgatishda boshqacha yondashishni,
ya’ni, quyidagi metod va tavsiyalarga rioya etilishini ta’lab etadi. Besh yoshdagi bolalar ma’lum
darajadagi umumiy musiqiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan bo‘ladi. Ovozi ancha mustahkamlangan
bo‘lib, diapazon (re 1 - si 1) kengaygan bo‘ladi. Nafas biroz mustahkamlangan, chuqqurlashgan,
so‘zlarni to‘g‘ri tulaffuz qilish ko‘nikmasini o‘zida shakllantirgan bo‘ladi. Musiqa rahbarining
navbatdagi asosiy vazifasi quyidagilarda ko‘rish mumkin:
- tabiiy ovozda tovushlarni zo‘riqtirmasdan kuylash;
- to‘g‘ri nafas olish, ya’ni har bir jumlani har bir nota tovushi asosida ritmga mos bir nafasda
kuylash;
- to‘g‘ri talaffuzga erishish;
- artikulyatsiya ustida ishlash (qo‘shiq ijrosi vaqtida og‘izni to‘liq ochishga, past jag‘ni
zo‘riqtirmasdan, siqmasdan ochib kuylash);
237
- ansambl bo‘lib qo‘shiqni birga boshlab, birga tugatishga erishish. Bu yoshdagi bolalarni
jo‘rsiz ijroga o‘rgatish (yaxshi o‘rganilgan va mustahkam biladigan qo‘shiqni jo‘rsiz aytishga
o‘rgatish) lozim bo‘ladi.
Albatta bu jaaryonda ma’lum metodik tavsiyalarga e’tibor berish, musiqa rahbarining oldiga
katta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Jumladan:
а)
qo‘shiqni o‘rgatish jarayonida fortepiano jo‘rligida yoki jo‘rsiz olib borish;
б)
musiqa rahbari asarni bolalar ovoz diapazoni qoidalari asosida kuylashga o‘rgatish;
в)
qo‘shiq o‘rgatish jarayonida musiqiy jumlalarni bolalarning guruhlarga bo‘lib, navbatma-
navbat ayttirish;
г)
cho‘zib kuylash ko‘nikmasini o‘stirish (kontelenno ijrosi).
Bu yoshda kuylash oldidan ovoz sozlash mashqlariga katta e’tibor berish kerak. Mashqlar
bolalarda qo‘shiqchilik ovozi va qo‘shiqchilik nafasini rivojlanishiga olib keladi.
Katta guruhda kuylashga o‘rgatish metodlari ham o‘ziga xos ahamiyatga egaligi bilan ajralib
turadi. Tovush hosil qilish ustida ishlaganda zo‘riqmasdan kuylashga e’tiborini qaratish tavsiya
etiladi, ammo ovoz jaranglash turli-tuman bo‘lishini, ya’ni tabiiy, jarangdor, chaqqon, yengil,
mayin kuylashga erishish kerak. Qo‘shiq ijrochilikda diksiya va qo‘shiq aytish ko‘nikmasini
rivojlantirib o‘z-o‘zini eshitishga ovoz kuchini boshqarishga, so‘zlarni aniq talaffuz etishga
o‘rgatish kerak. Musiqa rahbari har doim bolalarning sof kuylashiga erishishi e’tibor berishi kerak.
Kuylashning sifati kuylash holatiga bog‘liqdir. Ifodali kuylashga erishishda dinamik tuslar,
ansambl ko‘nikmalari to‘g‘ri bajarilishi muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi metodik
usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Ya’ni, aks-sadoli usul, qiyoslash-taqqoslash, to‘g‘ri
bajarishga qiziqtirish, namuna sifatida rag‘batlantirish va hokazo.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tarbiyani qanchalik
to‘g‘ri tashkil etilsa, ularni kelajakda barkamol avlod bo‘lib o‘sishida, vatan, xalq oldidagi
burchini to‘g‘ri his etishda, eng muhimi kelajakda biror bir kasbni boshini ushlagan, malakali kadr
bo‘lib yetishishida o‘z oldimizdagi burchimizni to‘g‘ri ado etgan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |