B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan Davlat talablari. – T., 2018. 
2.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi. –
 
T., 2018. 
3.
Rejametova N. O’zbek xalq cholg’u asboblarini chalishni o’rgatish metodikasi. – T.: 
TDPU, 2014.
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TARBIYACHILARNING KASBIY 
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH 
 
Parmanova N.B. 
Samarqand davlat universiteti, magistrant 
 
Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolani shaxs sifatida tan olish, uning yosh xususiyatlari, 
qiziqishlari, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish 
hozirgi kunning talabi hisoblanadi. 
Kompetensiya, kompetentlik zamonaviy tadqiqotlar asosiy yo‘nalishlarining markaziy 
muammosiga aylanib ulgurdi, deyish mumkin. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda 
berilishicha, kompetensiya, kompetentlik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, barcha fanlar uchun 
mushtarak bo‘lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqin va izohlari tarkibiga ko‘ra va ma’no, 
mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Terminning mohiyati “samaradorlik”, “natijalilik”, 
“uquvlilik”, “xossa”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor”, “o‘lchov” kabi tushunchalar asosida 


238 
tavsiflanmoqda. Umumiy qilib aytganda, “Kompetentlik – aniq bir kasbiy faoliyatni amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik xususiyatidir”. 
Ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinsiplaridan ekanligi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida belgilab qo‘yilgan. Shunga 
muvofiq, bo‘lajak mutaxasislarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar berish bilan birga ularni 
kasb-hunarga yo‘naltirishda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, xalqqa yaxshilik qilish, tabiat va 
insonga mehr-shavqatli, muruvvatli, saxovatli bo‘lish, xalq hunarmandchiligi, milliy va kasbiy 
an’analar, diniy e’tiqod, odamlarning shaxsiy fikrlari va his-tuyg‘ularini hurmat qilishni 
o‘rgatishdan iborat. Zero, bo‘lajak mutaxasisni bunday kasbiy kompetensiyalar va shaxsiy sifatlar 
uyg‘unligi asosida tarbiyalab borish bo‘lajak maktab o‘quvchilarini to‘g‘ri va ongli ravshda kasb-
hunarga yo‘naltirishda ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Mana shu holatda ijtimoiy va kasbiy burchni 
anglagan holda kasb tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy motiv hisoblanadi. 
Yangi asrda jamiyatning barcha sohalarini, shu jumladan maktabgacha ta’lim sohasini ham shiddat 
bilan qamrab olayotgan tezkor va globallashuv jarayoni butun pedagogik jamoatchilikning 
zimmasiga yangidan yangi vazifalarni yukladi. Shu sababli tarbiyachi shaxsi va faoliyatiga 
qo‘yiladigan ijtimoiy talablarning soni har qachongidan ortib bormoqda. Ma’lumki, pedagogik 
faoliyat ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan holda, maxsus tashkil etiluvchi va ta’lim-
tarbiya beruvchi hamda ta’lim-tarbiya oluvchilarning o‘zaro munosabatlariga asoslanuvchi 
faoliyat turi. Pedagogik faoliyat samaradorligining shartlaridan biri kadrning kasbiy-pedagogik 
kompetensiyasi hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogning kasbiy tayyorgarligi 
muammosi zamonaviy talablar doirasida o‘rganib chiqilishi asosida bugungi zamon pedagogining 
kasbiy, shaxsiy tayyorgarligiga nisbatan qator talablar tizimi shakllantirilgan.
Pedagog olimlar tomonidan kasbiy-pedagogik kompetensiyalar shartli ravshda quyidagi 
tarkibiy qismlarga ajratilmoqda. 

komunikativlik kompetensiyasi
. Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun, avvalo, 
ona tili va birorta xorijiy tilni o‘zlashtirib, ulardan muloqotda samarali foydalana olish; 

axborot bilan ishlash kompetensiyasi
. Mavjud mediya manbalar (internet, teleradio, 
audio-video yozuvlar, bosma nashrlar, elektron pochta va boshqalar)dan kerakli ma’lumotlarni 
izlab topa olish, saralash; 

ijtimoiy faol fuqorolik kompetensiyasi
. Jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisa va 
jarayonlarga daxldorlikni his etish kabilar. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy 
kompetentliligini tarbiyalash mexanizmlarini ilmiy-pedagogik takomillashtirish dolzarb muammo 
hisoblanadi. Mazkur muammo, o‘ziga xos ahamiyatga molik, strategik xarakterdagi vazifalardan 
hisoblanib, kompetenti yetuk bolani maktabga tayyorlash, ularga Davlat talablari darajasida “Ilk 
qadam” o‘quv dasturidan keng foydalangan holda ta’lim-tarbiya berishni taqozo etadi. Buning 
uchun esa ta’lim-tarbiya beruvchi pedagogning o‘zi kompetentli bo‘lishi va ta’lim oluvchini 
kompetentli qilib tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan jihat – tanqidiy fikrlash kompetensiyasiga ega 
bo‘lishi lozim. Tarbiyachilarning kasbiy kompetentini shakllantirish, psixik rivojlanish darajasi 
hamda kasbiy tarbiyasiga ilmiy nuqtai nazar asosida yondashish pedagogdan kasbiy 
kompetentlilikni talab qiladi va bu nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham molik masala 
hisoblanadi. 
Tanqidiy fikrlash kompetensiyasi zamonaviy pedagog uchun muhim hisoblanadi. Zero, 
ushbu kompetensiya nafaqat tarbiyalanuvchilarning jismoniy, psixologik, aqliy va ijodiy 
rivojlantirish, balki, pedagogning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish uchun ham zarur. 
Tanqidiy fikrlash pedagog kundalik hayotining bir qismiga aylanishi lozim. Ushbu kompetensiya 
bolani tanqid qilish uchun emas, balki bola qiziqishini va individual hususiyatlarini inobatga olgan 
holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni, bolajonlarni faollalashtirish va yanada ko‘proq 
natijalarga erishish uchun zarur. Tanqidiy fikrlash kompetenti, eng avvalo, pedagog kasbiy 
faoliyati samaradorligini belgilashga va shaxs barkamolligini ta’minlashga xizmat qilishi tayin. 
Zero, mazkur muammo doirasida tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar alohida ahamiyatga 


239 
ega bo‘lib, u kasbiy kompetentlik talablariga mos ravshda pedagoglarda o‘z ustida ishlash 
ehtiyojini yanada oshirish zarurligini anglatadi. 
Izlanishlarimiz jarayonida pedagoglarga quyidagi savol bilan murojaat qildik: 
1.
Tanqidiy fikrlash deganda nimani tushunasiz? 
2.
Kompetentli bolani tasvirlab bering. 
3.
Ta’lim jarayonida bolalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerakmi? 
4.
Bolalarda kompetensiyalarni rivojlantirish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz? 
Savollalarni tahlil qilishda bir-biriga o‘xshash, mantiqan mos savollar umumlashtirildi. 
Respondentlarning 43 %i birinchi savolga “tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, xulosa chiqarishdir”, 
pedagoglarning 37%i “o‘z fikrini bayon eta oladigan, bilimli bola”, 12% tajriba ishtirokchilari 
“bolani faollashtirishga yo‘nalgan pedagogning zarur xususiyati, u pedagogik faoliyatda namoyon 
bo‘lishi mumkin” va nihoyat, 8% respondent “bu tushunchaga duch kelmaganman, ehtimol 
birovning, masalan, bolani biror vazifani yaxshi bajara olmaganini aytish bo‘lsa kerak” tarzida 
javob berdilar. 
Ikkinchi savolga deyarli 94 % pedagoglar “kompetentli bolalar kam”, qolgan 6% respondent 
“ko‘p savol beruvchi, faol, muloqotchan bola” deb javob berishgan. Uchinchi va to‘rtinchi 
savollarga respondentlarning 100%i nafaqat tarbiyalanuvchilar, balki ta’lim-tarbiya beruvchi 
pedagoglarning ham kompetentli bo‘lishlari masalasiga e’tabor qaratish, zarur usul va 
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha treninglar o‘tkazish lozimligini bayon etishgan. Ko‘rinib 
turibdiki, o‘z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy, tahliliy fikrlar deyarli keltirilmagan. 
Demak, yuqoridagilarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, kompetentli bolani kamol 
toptirish tanqidiy fikrlash kompetentini pedagogda tarkib toptirish va kasbiy kompetentini 
rivojlantirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish lozim ekanligi haqidagi fikrlarimiz 
o‘z tasdig‘ini topdi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish