Вторая группа “Условия для успешной инновационной деятельности”.
Вопрос:
Какие условия необходимо создавать в ДОУ для стимулирования развития
инноваций?
Третья группа “Результаты инновационной деятельности”.
Вопрос:
Какие ключевые проблемы жизнедеятельности дошкольного учреждения
помогает решить инновационная деятельность?
Такой подход к педагогической деятельности «работа в группах” проявляет
возможность решить ряд проблем, который соприкасаются воспитатели-педагоги в
педагогическом процессе.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARIGA MUSIQIY TARBIYA
BERISHNING BA’ZI MUAMMOLARI
Raximov Sh.N.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, professor v.b.
Bugungi texnika va axborotlar asrida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini musiqiy
tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Chunki, agar musiqiy tarbiyani o‘z vaqtida
milliy va an’anaviy qadriyatlar asosida tashkil etmas ekanmiz, u albatta yoshi ulg‘aygan sari
boshqa millatimizga yod musiqiy g‘oyalarga ergashib ketadi. Musiqiy tarbiya faoliyati – bolalar
tarbiyasiga kompleks yondashishi va uni har tomonlama barkamol rivojlantirishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini musiqiy tarbiyalashning asosiy metodik tamoyillari –
materialni taqdim kilishda intellektuallik va emotsionallik asoslarining o‘zaro aloqadorligi va
o‘zaro uyg‘un holda tashkil etilganligidadir. Jumladan, musiqa, raqs, sport, adabiyotning turlari
asosiga qurilgan barkamol avlodni rivojlanish muhitini yaratish lozimdir.
Maktabgacha ta’lim tizimi sohasidagi islohotlar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning
ma’naviyati va intellekti shakllanishida musiqaning roli ortib borishi barobarida, ta’lim sohasining
insonparvarlashuvi jarayoni musiqa rahbari - pedagogning kasbiy kompetentligiga nisbatan o‘ta
yangi va muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Mazkur sohadagi mutaxassis musiqa hayotga muhabbatli
bo‘lish singari maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida vatanparvarlik, insonparvarlik, bir-biriga
hurmat, bir-birini ardoqlash kabi bir qator tuyg‘ularni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak.
Ma’lumki, asrlar osha hayotiy qarama-qarshiliklar, to‘qnashuvlar va tajribalardan o‘tgan
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ijod elementlarini o‘rganishda, hozirgi davr yangiliklari bilan
boyitish va kelgusi avlodlarga mukammal tarzda yetkazib berishda shubhasiz musiqa san’atining
o‘rni beqiyos. Uni boshqa san’at turlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Kishida iqtidor va iste’dodni
aniqlash va uni shakllantirib rivojlantirishda, shubhasiz, musiqa san’ati birinchilardan bo‘lib
maydonga chiqadi. Shu bilan bir qatorda, tarbiyalanuvchilarda mustaqillikni, faol, intiluvchan
bo‘lishni, atrof-olamni chuqur idrok etib, tushunishni, unda emotsional qobiliyatini
rivojlantirishni, jamiyatda tiklanish (ijtimoiylashish) jarayonida o‘zining noyobligini saqlab
qolishda ham o‘ziga xos ichki va tashqi xususiyatlarga ega. Metodika bola ijodkorligini
rivojlantirish, estetik va badiiy tarbiyaga oid zamonaviy psixologik-pedagogik konsepsiyalarga
asoslanadi.
Yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
249
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida maktabgacha yoshidagi bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish kabi ustuvor vazifalarni bajarish nazarda tutilgan. Ushbu vazifalardan
kelib chiqqan holda shuni a’lohida ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat
tomonidan belgilangan talablar asosida tarbiyalash va musiqiy ta’lim dasturlarini xalqaro tajribalar
asosida
ishlab
chiqish,
tarbiyalanuvchilarning
musiqiy
ijodkorligini
shakllantirish
texnologiyalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Musiqiy tarbiyaning asosiy diqqat markazida bolalarning milliy xususiyatlari, ularning yoshi
va sharqona ta’lim va tarbiyasiga qarab, o‘quv dasturlarini yaratish muhim vazifadir. Dasturni shu
darajada mukammal yaratish lozimki, unda bolalar ongiga musiqani milliy ohanglar vositasida
singdirish, musiqa kuylash, tinglash, o‘ynash yoki raqsga tushishni, musiqaga tanqidiy baho
berishni o‘z ichiga olishi kerak. Musiqiy faollik bolada badiiy-estetik ongni rivojlantirish, o‘zini
ifoda etish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va qadrlashga yo‘naltiradi.
Musiqa tarbiyasi barcha davrlarda ham bolaning umumiy rivojlanishining zaruriy sharti
bo‘lib kelgan. Bola tug‘ilmasdan, homilalik davridayok musiqa tovushlariga munosabat bildira
olishi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Qolaversa, ushbu davrda ona qanday musiqani eshitsa,
bola dunyoga kelgandan keyin o‘sha musiqaga moyilligi ko‘p bo‘lishini olimlar o‘zlarining
tadqiqotlarida keng yoritganlar. Bo‘lajak ona eshitadigan musiqa o‘sayotgan bolaning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning didini ham tarbiyalaydi. Ushbu fikrlardan xulosa qilish
mumkinki, maktabgacha yosh davrida bolaning musiqiy tarbiyasini shakllanishi uchun sharoit
yaratish juda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan masala. Buni oilalarda bo‘lajak onalar uchun
tushuntirish borasida tavsiyalash ishlab chiqish maqsadga muvofiq ish bo‘ladi. Kichkintoyni
musiqa bilan tanishtirishni imkon qadar erta boshlash, musiqiy rivojlantirish mashg‘ulotlarini
kechiktirmaslik kerak. Bunda bolaning sensitiv davrini o‘tkazib yuborish bilan birga, bu
qobiliyatlar rivojlanishining orqada qolib ketishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining musiqiy tarbiyasi ularning umum rivojlanishiga
juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Emotsional soha shakllanadi, tafakkur takomillashadi, bola go‘zallik
va san’atga nisbatan sezgir bo‘lishni o‘rganadi. Turli vositada eshitish, xotirada saqlab qolish, tez
analiz va sintez qilish kabi emotsiyalar, didni tarbiyalash bilan bolani musiqiy madaniyatga oshno
qilish, uning musiqiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish mumkin bo‘ladi.
Musiqa tarbiyani nafaqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yoki umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida amalga oshirish kerak, balki, oilada, jamoat joylarda, turli bayram va tadbir yoki
marosimlarda ham bevosita amalga oshirish mumkin. Bolada ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish,
uning musiqiy tarbiyasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon
hisoblanadi. Musiqa tarbiyasining asosiy vazifalari qatorida bolaga musiqani sevish, unga kuy va
ohang mazmunini tushuntirish, o‘rganishga qiziqtirish, uning musiqani eshitish qobiliyatini va
musiqaga havasini rivojlantirish, unga eng sodda ijrochilik ko‘nikmalarini singdirish orqali amlaga
oshirish – ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidagi vazifalardan biri sanaladi.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini musiqiy tarbiyalashda har tomonlama yordam
berish maqsadida ularning tevarak-atrofni obrazli-emotsional idrok etishi va bola xarakterining
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib quyidagi
vazifalar amalga oshirish tavsiya etiladi:
bolada musiqiy tarbiya orqali qobiliyat va iste’dodni rivojlantirish;
bolalarni qo‘shiq aytish va musiqiy-ritmik ko‘nikmalarni shakllanishini ta’minlash.
Ularda musiqani qabul qilish, his etish va tushunish kabi xis-tuyg‘ularini shakllantirish.
bolada badiiy-ijodiy qobiliyatlar uchqunini rivojlantirish.
Musiqiy tarbiyani rivojlanishi orqali bolalar musiqa obrazlarini - ularning atrofdagi
qo‘shimcha obrazlarni aniq his eta boshlaydilar. Bu esa o‘z navbatida, ularning tevarak-atrofini
bilishda, estetik baholashni tarbiyalashda, badiiy didni, musiqaga muhabbatni tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega. Bola xuddi ana shu musiqiy faoliyati orqali tarbiyalanadi. Pedagog
250
mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini tashkil etish va yo‘naltirish orqali qabul qilayotgan ma’lumot
haqida o‘ylash, qiziqish uyg‘otish, taqqoslay olishga yordam berishi lozim. Bu borada unda ancha
tajriba to‘plangan bo‘lishi, amaliyotda esa uni qo‘llay olishi kerak.
Bolalarda musiqa mazmuniga tushunarli munosabatda bo‘lish paydo bo‘ladi, musiqani
diqqat bilan va ko‘proq vaqt tinglashga ishtiyoq tug‘iladi. Musiqaviy asarlarni tinglash bolalar
ishtirokisiz bo‘lmasligi kerak. Musiqa orqali beriladigan kayfiyat ularda javob tuyg‘usini
uyg‘otish kerak. Mashg‘ulotlarda bola qanchalik ko‘p vaqt mobaynida tanish musiqa asarini
tinglasa, shunchalik unda musiqiy tarbiya shakllanadi. O‘zining hayotiy faoliyatida ta’sirchan,
harakatchan hamda ma’lum maqsadga qaratilgan holda harakatlanadi. Yakka va jamoaviy
suhbatlar musiqaga yanada ongliroq munosabatda bo‘lishga yordam beradi. O‘yinchoqlar,
rasmlar, she’riy va obrazli so‘zlar qo‘llanishi orqali qo‘zg‘atilgan hissiy kechinmalar va shu asosda
musiqaviy bog‘lanishlar ortadi. Bu esa o‘z navbatida bolaning musiqiy tarbiya faoliyatini va
harakatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bolaning nafaqat kayfiyatiga, estetik rivojiga balki
umumiy organizmiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bola musiqa tinglaganda, kuylaganda, raqs
davomida butun tana faoliyati ishlaydi. Nafas yo‘llari, mushaklar, qon aylanishi, asab tizimi va
boshqa a’zolar o‘sishda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |