42
normallashtirilgan holatda prokat ko’rinishida yetkazib beriladi hamda mashinasozlik,
qurilish
va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlatiladi. Oddiy sifatli uglerodli po’latlar St harflari va 0
dan 6 gacha bo’lgan raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar po’lat markasining shartli nomerini
bildiradi. Raqam qancha katta bo’lsa, uglerod miqdori shuncha ko’p, po’latning mustahkamligi
yuqori, plastikligi esa past bo’ladi.
Oddiy sifatli po’latlar
uch guruhga bo’linadi :
•
A guruh po’latlarining mexanik xossalari kafolatlanadi. Bu guruh po’latlari kimyoviy
tarkibining ahamiyati bo’lmagan, faqat mexanik xossalari ahamiyatga ega bo’lgan, ya’ni qizdirib
ishlov berilmaydigan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bu guruh po’latlari Ct harfi va 0,1,… 6
raqamlar bilan belgilanadi. Raqam qanchalik katta bo’lsa, po’latning mustahkamligi shunchalik
yuqori, plastikligi kichik bo’ladi.
•
B guruh po’latlarining qimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Bu po’latlarning qimyoviy
tarkibi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, ulardan qizdirish yo’li bilan turli buyumlar tayyorlash
mumkin. CHunki qizdirib ishlash rejimlari va po’lat buyumning mexanik xossalari po’latning
tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bu guruh po’latlari MCt0, KSt1kp, MCt1, MCt2, MCt3, KSt4ps,
MCt4, MCt6, MCt7sp kabi markalanadi. Marka boshidagi M harfi po’lat marten,
K harfi
konvertor
usulida
olinganligini
bildiradi.
Marka
oxiridagi
«kp» harflari po’lat
qaytarilmayganligi, «ps» harflari–chala qaytarilganligi, «sp» harflari–to’la qaytarilganligi
anglatadi.
•
V guruh po’latlarining mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Bu
po’latlar sifati oshirilgan bo’lib, ular mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi ahamiyatli bo’lgan
buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bunday po’latlardan payvandlash yo’li bilan konstruktsiyalar
yasaladi. Bu guruh po’latlari faqat marten usulida olinadi va BMCt1, BMCt2 kabi markalanadi.
BMCt markasi po’latning mexanik xossalari Ct1. po’latniki kabi,
kimyoviy tarkibi esa MCt
po’latniki kabiligini bildiradi. Oddiy sifatli po’latlarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va
ishlatilish sohalari 8.1. – jadvalda keltirilgan.
Sifatli po’latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari kafolatlanadi. Tarkibidagi
marganets miqdoriga ko’ra sifatli po’latlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh po’latlarida
marganets miqdori 0,8% dan oshmaydi. Bu guruh po’latlari raqamlar va tegishli sonlar bilan
markalanadi. Masalan, 05, 05kp, 08, 08kp, 20, 30, 40, 85 va h.k.
Ikkinchi guruh po’latlari sonlar va G harfi bilan 15G, 20G, 70G va hokazo ko’rinishlarda
markalanadi. Sonlar yuzga bo’linsa, po’lat tarkibidagi o’rtacha
uglerod miqdorini, G harfi esa
po’lat tarkibida margenets miqdori oshirilganini bildiradi. Masalan, 10kp markasi po’lat
tarkibida 0,1 % uglerod bo’lib, u qaytarilmagan ekanligini bildiradi. Sifatli po’latlarda
oltingugurt va fosfor miqdori 0,04% dan oshmaydi. SHu po’latlardan o’q, gayka, quvur,
biriktirish muftasi, tross, prujina, ressor, prujina va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
8.1–jadval
Do'stlaringiz bilan baham: