46
sifatli;
18XGT–0,18
%
uglerod,
legirlovchi
elementlardan
keyin
sonlar
yo’qligi
0,8–1,2
%
ekanligini,
0,03–0,09
%
titan
borligini
bildiradi.
Vanadiy, titan, niobiy, volfram, azot kabi elementlar po’lat tarkibida kam miqdorda bo’lib, uning
xossalariga kuchli ta’sir ko’rsatadi hamda ular po’latning markasida ko’rsatilmaydi. Masalan,
10F2B–0,02–0,05% niobiy, 20XGM – 0,001–0,005% bor elementlari mavjud.
Tarkibida uglerod miqdori 0,22 % dan kam bo’lgan va oz miqdorda marganets, kremniy,
xrom, nikel, mis, vanadiy, titan, azot elementlari bilan legirlangan po’latlar
kam legirlangan
po’latlar
deyiladi. Bu po’latlarga 09F2, 09F2C, 10F2C1, 15FO markalarni misol qilib keltirish
mumkin.
Kam legirlangan po’latlar yaxshi payvandlanadi, payvandlashda darzlar paydo
bo’lmaydi. Payvand chokning xossalari asosiy metall xossalariga yaqin bo’ladi. Legirlovchi
elementlar ferritda erib, donalar o’lchamlarining va karbid fazalarining maydaboiishini
ta’minlaydi. SHu sababli kam legirlangan po’latlar uglerodli po’latlarga nisbatan yuqori tnexanik
xossalarga ega. Uglerodli po’latlar o’rnida kam legirlangan po’latlar ishlatilganda metall sarfi 15
% kamayadi.
Temir–beton konstruktsiyalarni mustahkamlashda uglerodli va kam legirlangan 35FC,
23X2F2T, 20X2F2C po’latlari ishlatiladi.
Kam legirlangan tsementitlanadigan po’latlar tarkibida 0,15–0,25 % uglerod hamda 4,4%
gacha legirlovchi elementlar mavjud. Bunday po’latlarning ustki qismi uglerodga to’yintirilib,
keyin termik ishlanadi. Bunda buyum o’rta qismining qovushoqligi va plastikligi saqlanib qoladi.
Yuza qismining qattiqligi 58–62 NRC ga yetadi.
TSementitlanadigan po’latlarda legirlovchi elementlar miqdori yuza va o’zak qismining
toblanish chuqurligi yetarli bo’lishini ta’minlash kerak. Karbid hosil qiluvchi elementlar xrom,
marganets uglerodning austenitda eruvchanligini kamaytiradi. Bu esa tsementitlanadigan
qatlamda karbidlar hosil bo’lishi va austenitning legirlovchi elementlar bilan qo’shilishiga olib
keladi.
Natijada
toblanish
chuqurligi
kamayib,
mexanik
xossalari
yomonlashadi.
TSementitlanadigan qatlamning toblanish chuqurligini Mo oshiradi.
TSementitlanadigan qatlam donalarini maydalash maqsadida po’latlar vanadiy, titan,
niobiy, tsirkoniy, alyuminiy va azot bilan mikrolegirlanadi.
Po’latlar tarkibidagi legirlovchi elementlar nomi bilan yuritiladi:
•
xromli
po’latlar
(15X,
20X).
Bu
po’latlar
tarkibida
xromning
bir
qismi
ferritda,
bir
qismi
tsementitda
eriydi
yoki
maxsus
karbidlar
hosil
qiladi.
Xromli
po’latlardan
o’lchamlari
kichik,
oddiy
shaklli
buyumlar
tayyorlanadi. Bu po’latlarning toblanish chuqurligi kichik:
•
xrom-vanadiyli po’lat (20XF) 0,1–0,15 % vanadiy bilan legirlanishi natijasida mexanik
xossalari yaxshilanadi. Bundan tashqari, termik ishlanayotganda haroratning ko’tarilishi po’lat
donasining o’sishiga kam ta’sir etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: