3-Mavzu. Yunon va arab alkimyosi
1. Alkimyo atamasi qanday boshlangan?
Misrliklarning amaliy kimyosi va Yunon
olimlarining falsafiy tasavvurlari asosida miloddan 300 yil avval qadimiy dunyoning
madaniy markazi Aleksandriyada akademiya va kutubxonalar tashkil topdi.
Milodimizning 47 - yilida bu kutubxonalarda sodir bo’lgan yong’in juda ko’p
(40000 jild) kitoblarga zarar yetkazdi. Misrni arablar zabt etganidan keyin,
Aleksandriya akademiyasining qolgan boyliklari VII asrda arablar qo’liga o’tadi.
Arablar «kimyo» so’zi oldiga, arab tiliga xos «al» qo’shimchasini qo’shib
kimyoni
«alkimyo» deb ataganlar. Arablar faoliyati natijasida kimyoviy ma’lumotlar
birmuncha rivojlandi; ular yangi-yangi moddalar kashf qildilar. VIII asrda kimyoviy
bilimlar arablardan Ispaniyaga va undan Yevropaga o’ta boshlaydi. Qadimiy
Markaziy Osiyo, jumladan o’zbek olimlari ham arab olimlari qatoriga kiritilganlar.
2. Alkimyo davri qancha davom etgan, ularning maqsadi va u davrning axamiyati
haqidagi fikrlarni ayting?
(Javob: IV asrdan XVI asrga qadar davom etadi.
V.A.Robinovich “Alkimyo
o’rta asr madaniyati fenomeni” asarida “Ishlab chiqarishning feodal tuzumi hukm
surgan o’rta asrlarda madaniyat rivojlanishida alkimyoning o’rni katta” deb
uqtiradi. Maks Born olingan bilimlar natijalari dindorlarga
xizmat qila boshladi,
ular yuz berayotgan hodisalarning sirlarini tabiatdan emas, qandaydir “filosofiya
toshidan” izlay boshladi deb ta’kidlagan.
Bu davrda yashagan kimyogarlar falsafa toshining sehrli kuchlariga ishonib,
uni axtarganlar; shu bilan birga uzoq umr baxsh etuvchi
eleksir va universal
erituvchi - a l k a g ye s t kabi moddalarni topishga intilganlar; ular turli
afsonalarga ham qattiq ishonganlar. Yevropada VIII asrda «alkimyo»
davri
boshlanadi; o’sha zamonda ishlab chiqarishning xususiyatlariga ko’ra Yevropa
uchun kerakli mahsulotlarni Osiyo mamlakatlaridan sotib olish uchun oltin zarur
edi. Shu sababli alkimyogarlar o’z faoliyatlarini «falsafa toshi»
ni olishga
qaratganlar. Ularning fikricha «falsafa toshi» ajoyib xossalarga ega – temir kabi
noasl metallarga tegsa,
uni oltinga, hyech bo’lmaganda kumushga aylantirishi,
betob odamni sog’aytirishi, baxtsizlarga baxt keltirishi kerak edi. Biroq ularning
hyech biri ham «falsafa toshini» yarata olmadi; lekin ko’rinishi oltinga o’xshagan
qotishmalar olib odamlarni «oltin» deb ishontirishga
uringanliklari tarix
sahifalarida yozib qoldirilgan.