Farg’ona viloyati Qo`shtepa tumani
XTBga qarashli 9-umumta’lim
maktabi 10-“B” sinfning past
o`zlashtiruvchi o’quvchisi
To’xtasinov Hikmatilloga
TAVSIFNOMA
To’xtasinov Hikmatillo tabiatan yuvosh, kamgap, uyatchan va o’z fikrini bildirishga uyaladi.U ingliz tiliga qiziqadi va tengdoshlariga havas qiladi, lekin o’zi bir oz qiynaladi. Men bu o’quvchi bilan alohida shug’ullandim, o’zlashtira olmagan mavzular bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berdim, diktantlar oldim. Nutq madaniyatini rivojlantirish uchun lug’atlardan va turli xil elektron darsliklardan foydalandim. Yana ham darsga qiziqtirish uchun shu fan bo’yicha yaratilgan multi-medialar va qiziqarli ma’lumotlardan foydalandim. Shuningdek u darsdan so’ng ingliz tili to’garagiga qatnashdi. Men ushbu bitiruv malakaviy amaliyotim davomida uni faol o’quvchilar qatoriga kirgizishga harakat qildim. Olib borgan harakatlarim ijobiy natija bera boshladi. Chunki u endi ingliz tili fanidan uyga berilgan vazifalarni o’zi mustaqil bajara boshladi va u so’zlarni yod olish ko’nikmasiga hamda to’g’ri talaffuz etish qoidalariga rioya qila boshladi.
Bundan keyin ham past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan shu tarzda shug’ullanishga harakat qilaman. Men o'ylaymanki, To’xtasinov Hikmatillo kelajakda o’z kasbining mohir ustasi bo'lib yetishadi.
Amaliyotchi talaba: Ahmadjonova Solihabonu
Farg’ona viloyati Qo`shtepa tumani
XTBga qarashli 9-umumta’lim
maktabi 10-“A” sinfning past
o`zlashtiruvchi o’quvchisi
O’rinboyev Amurbekga
TAVSIFNOMA
O’rinboyev Amurbek o'quvchilar ichida o'zining kamgapligi va odamoviligi bilan ajralib turadi, sinfdoshlari bilan munosabatga kirishishda ham qiynalad imuloqotga osonlik bilan kirisha olmaydi.U ko'rinishidan hech narsaga qiziqish bildirmaydiganga o'xshasa ham darsga qatnashishni xohlashi sezilib turadi, ammo odatda fikrini aniq bildira olmaydi, xayollari chalkash, atrofida bo'layotgan voqealarga munosabat bildirishni xohlamaydi.Yoshlik davridan o’qishga qiziqishi bo'lsa ham, dars davomida qatnashishni istamaydi. Shunga qaramasdan, darslarga muntazam qatnaydi davomat iyaxshi. Bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda mashg'ulot olib borish va bu qo'shimcha darslarni u o’zlashtira oladigan darajada yengillashtirib o’tish va tushunarli topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirish lozim. O’rinboyev Amurbek aslini olganda bu fanga qiziqadi va sinfdoshlari ichidagi faol o’quvchilarga havas qiladi, lekin u ko’p vaqtini o’z ustida ishlashga sarflashi kerak.Unga e’tiborning yetarli darajada ajratilmaganligi va ko’pchilik bilan suhbatlashishga qiynalishining darsda faol emasligiga sabab bo’lgan deb o’yladim. Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTSlari bo’yicha 10-sinf o’quvchisi uchun uncha qiyin bo’lmagan, muloqot qilishda ko’p foydalaniladigan so’zlarni yod olgan bo’lishi, sodda-sodda gaplarni ayta olishi kerak. Demak, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan birgalikda, yuqorida keltirilgan mezonni uddalashga ham yordamlashish kerak. Buning uchun esa, o’qituvchi sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda ustozlari bilan birgalikda ishlashi va qo’shimcha topshiriqlar berib borishi maqsadga muvofiq.
Amaliyotchitalaba: Ahmadjonova Solihabonu
Do'stlaringiz bilan baham: |