Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

yo‘l bo‘lagi 
deb aytiladi. Bu 
bo‘lakning maxsus joyida aholi yashamaydigan joylarda velosiped 
yo‘lkasi, aholi yashaydigan joylarda esa trotuar joylashadi. 
Harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga 
xizmat ko‘rsatish, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 
avtomobil yo‘llari kompleks injenerlik inshootlariga ega bo‘lishi kerak.
Yo‘l jihozlariga quyidagilar kiradi: 

to‘siqlar;

yo‘l belgilari;

yo‘l ko‘rsatkichlari;

qatnov qismidagi chiziqlar; 

yo‘l yoqasidagi boshqa jihozlar kiradi.
Yo‘l injenerlik qurilmalariga quyidagilar kiradi: 

avtobus bekatlari;

tezlanish va sekinlanish bo‘laklari;

to‘xtab turish maydonchalari;

qordan qumdan yo‘lni himoya qilish to‘siqlari;

yoritish va aloqa liniyalari kabilar. 
Ikki yoki bir necha avtomobil yo‘llarining birlashishi o‘zaro 
vaziyatga qarab kesishma yoki aylanishlarga bo‘linadi. 
Katta toifali yo‘lga past toifali yo‘lning tutashishi qo‘shilish 
deyiladi. Yo‘llarning o‘zaro bir, ikki va undan ortiq sathlarda tutashishi 
kesishma deyiladi. Bir sathdagi kesishmalarda transport oqimlari 


105 
kesishadi, natijasida harakatlanish murakkablashadi va xavfli vaziyatlar 
vujudga keladi. Kesishmalarning konfiguratsiyalari turlicha bo‘lishi 
mumkin. Ikkidan ortiq ko‘cha yoki yo‘l kesishmalari ko‘p tomonlama 
chorrahalarni tashkil qiladi. 
Yo‘llarning tashqi chekka liniyalaridan hosil bo‘lgan maydon 
chorraha hududi deyiladi. 
Avtomobil yo‘llari, temir yo‘l, quvurlar, aloqa va elektr uzatish 
liniyalari bilan kesishadi. IV
 
va V toifadagi avtomobil yo‘llari temir yo‘l 
bilan bir sathda kesishadi. Bunday kesishmalarda yaqinlashib kelayotgan 
poyezdni ko‘rish masofasi 400 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Kesishmaning kengligi 6 metrdan, nishabligi 30 foizdan kam 
bo‘lmasligi kerak. Chorrahalarni to‘suvchi ustunlar darvoza gabaritlarini 
bildiruvchi ustun va shlagbaum ustunlari bilan jihozlanadi. Bu ustunlar 
qatnov qismi chetida 0,75 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda o‘rnatiladi. 
Avtomobil yo‘llari, elektr uzatish liniyalari bilan kesishda, elektr 
uzatish simlarining balandligi, tarmoqdagi kuchlanishga qarab 7-9 metr 
bo‘ladi. 
Shu bois, eng yuqori xavfsiz tezlik qoplamaning holati va yo‘l 
sharoitiga qarab tanlanishi kerak. 
Aholi yashash joylari va avtomobil yo‘llaridan avtobus yo‘nalishlari 
o‘tsa, yo‘lning sement-beton, asfalt-beton qoplamali bo‘lishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Yo‘lning qoplamasi tekis, tishlashish koeffitsiyenti 0,4 
dan kam bo‘lmasligi lozim. 
Harakatlanish rejimi o‘zgaradigan aholi yashash joylarida, 40%
dan 
ko‘p qiyaliklarda, yo‘llar tutashadigan va ayriladigan joylarda, tuman 
bo‘lishi tez-tez uchraydigan joylarda qoplamaning yuzasi g‘adir-budir 
bo‘lishi kerak. 
Aholi yashaydigan joylardagi yo‘llar. 
Haydovchi aholi yashash 
joylaridagi yo‘llarda harakatlanganda boshqa yo‘llarga qaraganda doimo 
ogoh bo‘lib harakatlanishi kerak. Aholi yashaydigan joylarda transport 
vositalarining 
tezligini 
soatiga 
70 
kilometrdan 
oshirmasdan 
harakatlanishga ruxsat etiladi. 
Tezlikning bunday cheklanishi faqat kirish 5.22, chiqish 5.23 yo‘l 
belgilari bilan belgilangan aholi yashash joylariga tegishlidir. 
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l yoqasi bo‘lmaganligi sababli yo‘l 
chekkasida to‘xtab turgan avtomobillarni uchratish mumkin. Bu esa o‘ng 
tomondan birinchi bo‘lak bo‘ylab harakatlanishga xalaqit qiladi. 
Bir yo‘nalishda uch va undan ortiq bo‘lakli har qanday yo‘llarda 
chetki chap qatorga quyidagi hollarda chiqish mumkin: 


106 

harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band 
bo‘lganida; 

quvib o‘tish uchun; 

chapga burilish uchun; 

qayrilish uchun; 

ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk 
avtomobillariga chapga burilish yoki qayrilish uchun. Boshqa hollarda 
bu yuk avtomobillariga chetki chap bo‘lakka chiqish taqiqlanadi. 
Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo‘llarda ruxsat etilgan 
to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari yo‘lning chetki 
chap bo‘lagiga yuk ortish yoki tushirish uchun chiqishlari mumkin. 
Boshqa sabablar bilan chetki chap bo‘lakni band qilmasliklari kerak. 
Aholi yashaydigan joylarda chapga burilish va orqaga qayrilish kabi 
manyovrlar tez-tez uchrab turishi bois, haydovchilar harakatlanish 
xavfsizligi talablariga asosan mo‘ljallangan manyovrni bajarish uchun 
o‘ziga tegishli yo‘l bo‘lagini egallashlari lozim. 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish