Microsoft Word Автомобилни бошқариш ва ҳаракат лотин doc



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/58
Sana31.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#521550
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
A k a d e m I y a avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo

Avtoshina yorilganda va g‘ildirak chiqib ketganda haydovchining 
harakatlari. 
Harakatlanishda haydovchini tan ahvolda qoldiradigan mu-
rakkab vaziyatlardan yana biri avtomobil shinasining birdan yorilishi yoki 
g‘ildiraklardan birining chiqib ketishidir. Bunday vaziyatda ham dastlab 
haydovchi o‘zini yo‘qotmasligi va iloji boricha avtomobilni sekinlatib 
to‘xtatishi zarur. Tog‘li yo‘llarda, dovonda tik nishablikdan tushib kelayot-
ganda avtoshina yorilganda yoki g‘ildirak chiqib ketganda, to‘xtatishning 
iloji bo‘lmagan taqdirda ham, axborot-ishora yo‘l belgilari guruhiga 
kiruvchi 5.40 «Falokatli holatlar uchun kirish yo‘l»ga kirish bunday tan 
vaziyatda ham harakat xavfsizligini ta’minlashda yaxshi samara beradi. 
Rul boshqarmasi ishdan chiqqanda haydovchining harakatlari. 
Avtomobilning rul boshqarmasi ishdan chiqishi ham o‘ta xavfli 
vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Chunki bunda avtomobilning harakati 
haydovchiga bo‘ysunmay qoladi. Ayniqsa, avtomobil yuqori tezlikda 
harakatlanganda rul boshqarmasining nosoz holga kelishi yo‘l-transport 
hodisasi bo‘lish ehtimolini kuchaytiradi. Bunday vaziyatlarda haydovchi 
zudlik bilan avtomobilni yon-atrofdagi harakat qatnashchilarga zarar 
yetkazmagan holda asta-sekin tormozlab, to‘xtatishi zarur. So‘ng harakat 
qatnashchilariga xalaqit bermaslik uchun avtomobilni yo‘lning o‘ng 
tomoniga surib borib, yo‘lning qatnov qismini bo‘shatishi va rul 
boshqarmasidagi nosozliklarni bartaraf etishi kerak. Agar undagi 


99 
nosozliklarni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, avtomobilni faqatgina 
to‘liq yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olib, yaqin oradagi 
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joylariga olib borish kerak. 
Avtomobilda yong‘in chiqqanda haydovchining harakatlari. 
Bizga 
ma’lumki,
 
avtomobil va uning detallari yonuvchanlik qobiliyati yuqori 
hisoblanadi. Shuning uchun bunday vaziyatlarda ham yong‘inni bartaraf 
qilish uchun haydovchi tezkorlik va katta mas’uliyat bilan harakat qilishi 
lozim. 
Avtomobildan yong‘in chiqqanda haydovchi hayajonlanmasligi, 
darhol elektr va ta’minot tizimlarini o‘chirishi, yong‘inni bartaraf etish 
uchun o‘t o‘chirish moslamasi yoki boshqa vositalardan foydalanishi 
kerak. 
Haydovchi yong‘inni bartaraf etgandan so‘ng yong‘in kelib 
chiqish sabablarini aniqlashi, nosozliklarni bartaraf etish choralarini 
ko‘rishi va yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etib, undagi 
nosozliklarni bartaraf etgandan so‘ng harakatlanishni davom ettirishi 
mumkin.
Agarda haydovchida yong‘inni bartaraf etish imkoniyati mavjud 
bo‘lmasa, u zudlik bilan avtomobilda portlash mumkin bo‘lgan xavfli 
vaziyat paydo bo‘lishini inobatga olib, undan iloji boricha uzoqroq 
bo‘lgan masofaga qochishi zarur. Shu bilan birgalikda haydovchi bu 
haqda atrofdagi harakat qatnashchilariga ham xabar qilishi lozim. 
Avtomobilga 
yuqori 
kuchlanishli 
elektr 
simi 
tekkanda 
haydovchining harakatlari. 
Avtomobilga yuqori kuchlanishli elektr 
simi tekkanda haydovchi birinchi navbatda ishga tushirish tizimini 
o‘chirishi kerak. Yuqori kuchlanishli elektr simi avtomobilga tekkan 
vaqtda haydovchi avtomobil salonida bo‘lsa, u elektr o‘tkazuvchan 
qobiliyatiga ega bo‘lgan detallarga tegmasdan avtomobildan chiqish 
choralarini ko‘rishi zarur. So‘ngra quruq taxta yoki dielektrik 
materiallar bilan yuqori kuchlanishli simni avtomobildan olishi hamda 
avtomobildagi zaradni o‘tkazgich yordamida yerga o‘tkazib yuborishi 
kerak. Shu bilan birga, haydovchi bunday vaziyatlarda avtomobilning 
elektr qismlarida qisqa tutashuv natijasida yong‘in chiqishi 
mumkinligini inobatga olib, uning oldini olishi, avtomobilning elektr 
manbalari (akkumulator, generator va h.k.) holatini nazorat qilishi, 
agarda nosoz holga kelgan bo‘lsa, ularni almashtirish choralarini 
ko‘rishi kerak.
Avtomobilni chaqmoq urganda haydovchining harakatlari. 


100 
Avtomobilni chaqmoq urganda ham, yuqoridagi kabi, avtomobilni 
o‘tkazgichlar yordamida zaradsizlantirib, elektr manbalarini nazorat 
qilishi, agarda avtomobilning ushbu qurilmalari yaroqsiz holga kelgan 
bo‘lsa, ularni almashtirish lozim.
Hozirgi kunda avtomobillarda sodir bo‘ladigan yong‘inlarni tahlil 
qiladigan bo‘lsak, ular asosan elektr simlarining qisqa tutashuvi va 
yonilg‘i tizimidagi nosozliklar tufayli kelib chiqadi. Shuning uchun 
avtomobilning elektr simlarini o‘zboshimchalik bilan almashtirish yoki 
bilmagan holda ta’mirlash hamda korxona tomonidan o‘rnatilgan 
tavsifnomalarni, ya’ni jihozlashlarni buzish yoki unga o‘zgartirishlar 
qilish qat’iyan taqiqlanadi. 
Yuqoridagi barcha holatlardan shuni ta’kidlash lozimki, haydovchi 
oddiy va murakkab sharoitlarda yoki, qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, har 
qanday sharoitlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, avtomobilni 
boshqarayotganda boshqa shaxslarga va jamiyatga zararli oqibatlar 
keltirmaslik uchun o‘z o‘rnini bilgan holda, kerak bo‘lsa, zamonaviy 
texnik vositalar, adabiyotlarni (texnika xavfsizligi bo‘yicha) o‘rganib 
borishi kerak.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish