Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar. 
Soliqlarning to‗g‗ri hisoblanishi va to‗liq undirilishi xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda ular manfaatini qonuniy 
himoyalash uchun ham xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O‗zbekiston davlat 
soliq tizimi tez sur‘atlarda rivojlanib, har qanday rivojlangan mamlakat soliq 
tizimi bilan raqobatlasha oladigan darajaga erishdi. Xarajatlarni qisqartirish 
maqsadida 
davlat 
soliq 
xizmati 
organlarida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
keng 
foydalanib, 
soliq 
qarzini 
elektron 
inkasso 
topshiriqnomalari orqali undirilmoqda. Ushbu tartibni soliq undirish 
amaliyotiga joriy etish, albatta, davlat manfaatlariga mos keldi. Chunki 
amaldagi soliq qarzini undirish tartibi uchun sarflanadigan qog‗oz va boshqa 
yordamchi materiallar sarf-xarajatlari ancha qimmatga tushmoqda edi. 2011-
yilning yanvar oyidan boshlab soliq qarzini undirishning elektron inkasso 
topshiriqnomalari tizimi joriy etildi. 
Soliq qarzini undirishning elektron inkasso topshiriqnomalari tizimining 
joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega: 
— xodimning vaqtini tejaydi; 
—qarzdor korxona hisobraqamiga avtomatik ravishda inkasso 
topshiriqnomasi o‗z vaqtida qo‗yilishini ta‘minlaydi; 
— soliq qarzi undirilishini tezlashtiradi; 
—soliq undirish xarajatini kamaytiradi (qog‗oz, bo‗yoqlar, printerlar va 
boshqa xarajatlarni qisqartirish evaziga); 
— byudjetga tushumlarning o‗z vaqtida tushishini ta‘minlaydi; 
— soliq nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash bo‗yicha bajarilmagan 
majburiyatlari bo‗lgan soliq to‗lovchi o‗zining bank hisobvarag‗ida pul
mablag‗lari mavjud bo‗lishidan qat‘i nazar, soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlarni amaldagi Soliq kodeksda belgilangan to‗lash muddatidan 


101
kechiktirmay ularni xizmat ko‗rsatayotgan bankka to‗lash uchun to‗lov 
topshiriqnomasini taqdim etishi shart
33

Agar soliq to‗lovchilar byudjet oldidagi majburiyatlarini belgilangan
vaqtda va to‗liq hajmda bajarmagam taqdirda: yuridik shaxslar, shuningdek, 
tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‗yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar
uchun – soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash muddati tugaganidan 
keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organi tomonidan 
ularga soliq qarzini to‗lash to‗g‗risidagi talabnoma yuboriladi. 
Jismoniy shaxslar uchun, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism 
bo‗yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, - soliq majburiyatlarini 
bajarish muddatlari tugaganidan keyin davlat soliq xizmati organining 
jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish to‗g‗risidagi ariza bilan sudga 
murojaat qilinadi, bundan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka 
qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz 
bo‗lgan hollar mustasno. Bunda soliq qarzining summasi undiruvni mol-
mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz 
bo‗lgan, biroq to‗lash muddati tugaganidan keyin bir yil ichida to‗lanmagan 
taqdirda ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash 
majburiyatlarining bajarilishini ta‘minlash choralari qo‗llaniladi. 
Yuqorida keltirib o‗tilgan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka 
qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdor 2019 yil
uchun 2018 yil 26 dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari
hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida» gi PQ-4086 sonli 
Qaroriga muvofiq quyidagicha belgilangan: 
 
33
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: 
―Adolat‖, 2018. 59-modda. 


102
Soliq to‗lovchilar 
Eng kam miqdor 
(so‗mda) 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash yuklatilgan yuridik 
shaxslar va ularning alohida tuzilmalari 
4 054 600 
Jismoniy shaxslar 
1 013 700 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish