7-MAVZU: SOLIQLARINI UNDIRISH MEXANIZMINIVA UNI
TAKOMILLASHTIRISH
1.Soliq qarzlarining vujudga kelish sabablari hamda soliqlarni
undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar.
83
2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar.
3. Soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish.
1.Soliq qarzlarining vujudga kelish sabablari hamda soliqlarni
undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar.
Soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar
va ularning alohida bo‗linmalari soliq to‗lovchilardir.
18
Ularga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
soliq majburiyatlarini o‗z vaqtida va to‗liq hajmda bajarish;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va
soliq hisobotini tuzish;
hududiy Davlat soliq inspeksiyasiga va boshqa vakolatli organlarga
imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan vaqtda hududiy Davlat soliq
inspeksiyasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish,
to‗lash bilan bog‗liq hujjatlar hamda ma‘lumotlarni taqdim etish;
hududiy Davlat soliq inspeksiyasining va boshqa vakolatli organlarning
hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish, shuningdek
mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga
to‗sqinlik qilmaslik;
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗g‗ri va o‗z vaqtida hisoblab
chiqarish, hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazish,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa soliqqa oid majburiyatlar.
Shuning uchun ham, o‗tilgan "soliqlarni undirishning zarurligi",
"soliqlarning o‗z vaqtida undirilishi" va "soliqlarning o‗z vaqtida byudjet
ixtiyoriga o‗tkazilishi" bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni alohida-alohida emas,
balki bir-biri bilan uzviy bog‗liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozimdir.
18
Tangriqulov A., Xomma A., Toshmatov Sh., Norqo‗ziyev I., Roziqov N. ―Soliq qarzi va uni undirish‖. ―Yangi asr
avlodi‖, 2010y. - 8-bet.
84
Shu o‗rinda «O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu
masalaga alohida e‘tibor berilganligini ham qayd etib o‗tishimiz kerak.
Konstitutsiyaning 51-moddasida ―Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar
va mahalliy yig‗imlarni to‗lashga majburdirlar‖,
19
- deb yozib qo‗yilgan.
Soliq kodeksining 6-moddasidagi ―Soliq solishning majburiyligi prinsipi‖da
keltirilishicha: ―Har bir shaxs Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni to‗lashi shart‖.
20
Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich ta‘kidlaganlaridek, ―Fuqarolarimiz
soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‗lashdan manfaatdor bo‗lishi zarur‖.
21
Soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning obyektiv
zarurligiga tegishli bo‗lgan holatlarni shartli ravishda uch bosqichga bo‗lib
o‗rganishning maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uncha murakkab emasdir.
Dastlabki yoki birinchi bosqich o‗z ichiga qadimgi dunyo davridan o‗rta
asrlarning boshlariga tegishli bo‗lgan davrni o‗z ichiga olib, bu davrlarda
soliqlarni byudjetga o‗z vaqtida undirishning obyektiv zarurligi tan olingan
bo‗lsa-da, davlatning o‗zi bu vazifani bevosita bajarmagan. Soliqlarni undirish
quyi bo‗g‗inning, shahar yoki jamoalarning, ko‗pchilik hollarda esa sotib
oluvchilarning yordami tufayli amalga oshirilgan. Bu bosqichda soliqlarning
undirilishi ustidan davlat nazorati o‗rnatilmagan.
Ikkinchi bosqichda (XVI-XIX asrning boshlarida) mamlakatlarda davlatning
moliyaviy tashkilotlari paydo bo‗ladi. Bu davrda davlat soliq undirishga xos
bo‗lgan soliqqa tortish kvotasini o‗rnatish, soliqlarning undirilish jarayonini
nazorat qilish, uning undirilish chegarasini belgilash kabi funksiyalarni o‗z
zimmasiga oladi. Shunday bo‗lishiga qaramasdan, bu ikkinchi bosqichda ham,
sotib oluvchilarning soliqlarni undirishdagi roli kattaligicha qolavergandir.
19
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 51-moddasi. - T.: O‗zbekiston, 2018 y.
20
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.:
―Adolat‖, 2018. 6-modda.
21
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –
Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2019. – 55 b.
85
Sotib oluvchilarning xizmatidan foydalanishning ma‘nosi shundan iboratki,
egri (bilvosita) soliqlar, favquloddagi soliqlar yoki yangidan joriy etilayotgan
soliqlarning ayrimlari ularning aniq bo‗lishi bilan bir vaqtning o‗zida savdoga
qo‗yilgan. Soliq uchun kim eng yuqori bahoni belgilasa, soliqni undirish huquqi
o‗shanga sotilgan. Undan so‗ng esa sotib oluvchi u yoki bu soliqni undirish
borasida davlat vakolatiga ega bo‗lgan holda o‗zining yordamchilari bilan
birgalikda soliq undirish huquqini sotib olishda ketgan xarajatlarni qoplash va
foyda olish maqsadida soliqni undirib olish bilan shug‗ullangan. O‗z
mexanizmida juda katta kamchiliklarga ega bo‗lishiga qaramasdan davlat
ana shu tartibdan uzoq yillar davomida foydalangan va uning bu tarzda ish
tutishining asosiy sabablaridan biri soliqlarning o‗z vaqtida byudjetga tushumini
ta‘minlashning obyektiv zarurligi bilan belgilanadi.
Soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyati
quyidagi yo‗nalishlarda namoyon bo‗ladi.
Birinchidan, soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlash
byudjetdan qilinadigan ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarini (maorif, sog‗liqni
saqlash va sport, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy ta‘minot va
boshqalar) o‗z vaqtida moliyalashtirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish xarajatlarining o‗z
vaqtida byudjetdan moliyalashtirilishi ham byudjetga soliqlarning o‗z vaqtida
tushumini ta‘minlashning ahamiyatini ko‗rsatuvchi yana bir omildir. Agar aholini
ijtimoiy jihatdan himoya qilish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning asosiy
qismi so‗nggi yillarda kam ta‘minlangan va ko‗p bolali oilalarga mo‗ljallanganligi
inobatga olinsa, bu narsa soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini
ta‘minlashning naqadar ahamiyatli ekanligini yana bir bor yaqqol ko‗rsatadi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining
mutanosib rivojlanishini ta‘minlashdan davlatning o‗zi ham manfaatdor
bo‗lganligi uchun byudjetdan ham ma‘lum bir xarajatlarning qilinishini taqoza
etadi, bu xarajatlarning byudjetdan o‗z vaqtida amalga oshirilishini soliqlarning
byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlamasdan amalga ochirich mumkin emas.
86
To‗rtinchidan, yuqorida uchinchi punktda qayd etilgan holat bilan bir
vaqtning o‗zida davlat iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini ustuvor rivojlanishini
ta‘minlash
maqsadida
byudjetdan
markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish uchun ham kattagina hajmdagi xarajatlarni amalga oshirishga
majburdir, bu muammoni ham soliqlarni byudjetga o‗z vaqtida tushumini
ta‘minlamasdan turib bajarib b`olmaydi.
Beshinchidan,
soliqlarning
byudjetga
o‗z
vaqtida
tushumini
ta‘minlanmasligi davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlari hamda
fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlarini saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan
xarajatlarning, rezerv fondini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning
va byudjetdan qilinadigan boshqa xarajatlarning o‗z vaqtida
moliyalashtirilishiga o‗zining salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bularning barchasi
soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyati naqadar
katta ekanligini ko‗rsatib turibdi.
Soliqlar va majburiy to‗lovlarning byudjetga o‗z vaqtida va to‗liq tushishini
ta‘minlash, soliq va to‗lov intizomini mustahkamlash, xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning byudjet oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarishlari uchun
mas‘uliyatini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
―Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
mas‘uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PF-1504-son farmoni qabul
qilindi.
Mazkur farmonga muvofiq, Davlat soliq qo‗mitasiga soliqlar va
byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzdorlarni korxonaning mulki hisobidan
undirib olish huquqi berildi.
Muddatida to‗lanmagan soliqlarni undirish bilan bog‗liq bo‗lgan qonun
hujjatlarida asosan soliq organlarining huquqlari, soliq to‗lovchilarning
majburiyatlari belgilab berilgan.
Qonun hujjatlarida, soliq qarzini majburiy undiruvdagi ahamiyati jihatidan
ko‗rib chiqilsa, avvalambor O‗zbekiston Respublikasining 29 avgust 1997 yildagi
―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi Qonuniga to‗xtalib o‗tishni taqozo qiladi.
87
Ushbu qonun bilan belgilangan Davlat soliq xizmati organlarining huquqlaridan
biri, soliq to‗lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq
qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‗riladigan choralar to‗g‗risida talabnoma
yuborish vakolati hisoblanadi.
Soliq qarzini majburiy undiruv bilan bog‗liq bo‗lgan eng asosiy hujjat Soliq
kodeksi hisoblanadi. Soliq kodeksida soliq qarzini majburiy undirishning barcha
jarayonlari o‗z aksini topgan.
Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish
mexanizmi tarkibiy jihatdan (harakatlantiruvchi kuchlari) uch qismdan iboratdir:
1. "Soliq to‗lovchilar", "Soliq agentlari", "Soliq to‗lovchilarning vakillari";
2. Vakolatli organlar;
3. Normativ-huquqiy hujjatlar.
Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish
mexanizmining har bir tarkibiy qismi, o‗z navbatida, bir necha elementlardan
iboratdir.
Qarzdorlarni tarkibiy qismi sifatida O‗zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi 13-moddasiga asosan "Soliq to‗lovchilar", "Soliq agentlari", "Soliq
to‗lovchilarning vakillari" kabi elementlardan tashkil topgan.
Soliq to‗lovchilar Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar va
ularning alohida bo‗linmalaridir.
Soliq agentlari tomonidan Soliq kodeksiga muvofiq zammasiga soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish soliq to‗lovchidan ushlab
qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazish
majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to‗lovchining vakillari qonunga yoki ta‘sis hujjatiga muvofiq soliq
to‗lovchining vakili bo‗lishiga vakolatli shaxslardir. Soliq kodeksda "soliq
88
to‗lovchi" tushunchasining qo‗llanilishi uning "soliq agenti", "soliq to‗lovchining
vakili" ma‘nosida ham ishlatilishini nazarda tutadi.
22
Qarzdorlarning tarkibiy qismi sifatida O‗zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi 14-moddasiga asosan "Vakolatli organlar" kabi elementlardan tashkil
topgan.
Vakolatli organlar quyidagilardir:
1) davlat soliq xizmati organlari - O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‗mitasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat
soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat
soliq inspeksiyalari;
2) bojxona organlari - O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi,
Davlat bojxona qo‗mitasining Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
shahri bo‗yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari;
3)moliya organlari
- O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining
moliya bo‗limlari;
4) boshqa majburiy to‗lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat
organlari va tashkilotlari - O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy
ta‘minlash Departamenti, Sud departamentining Qoraqalpog‗iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar)
sud ijrochilari bo‗limlari. Shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat notariuslari.
23
O‗zbekiston Respublikasida amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq
xo‗jalik yurituvchi subyekt hisoblangan soliq va yig‗imlarni mudatida
byudjetga o‗tkazib bermasa yoki to‗lashdan bo‗yin tovlasa u holda, ushbu
xo‗jalik yurituvchi subyekt byudjet oldida soliq qarziga ega bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |