natriy nasosi hujayra membranasi orqali natriy va kaliy ionlarining osmotik
kuchga qarshi harakatini boshqaradi. Hujayra ichida kaliy ionlari konsentratsiyasi
hujayra tashqarisiga qaraganda 20-30 marta yuqori darajada saqlanadi. Hujayra
ichida natriy ionlari konsentratsiyasi esa hujayra tashqarisiga qaraganda taxminan
10 marta kamdir. Kaliy-natriy nasosi ishi makroergik birikmalar (ATF) energiyasi
orqali ta’minlanadi.
5-mashg‘ulot
1.
Mikrotsirkulator o'zan
mayda tomirlar tizimi bo‘lib, arteriolalar,
gemokapillarlar, venulalar, arteriovenular anastomozlami o‘z ichiga oladi.
2.
Qon tomiri kapillarlari
organizmning juda ko‘p sonli va eng mayda
tomirlaridan hisoblanadi. Eng ingichka, diametri 4-5 dan 6-7 mkm gacha bo‘lgan
kapillarlar ko'ndalang - targ‘il mushaklar, asablar va o‘pkada bo‘ladi, yirikroqlari
(7-11 mkm) teri va shilliq qavatlarda uchraydi. Kapillaming venoz qismi diametri,
uning arterial qismiga qaraganda 1,5-2 marta kengroqdir.
3.
Kapillar devori
uch qavat: ichki (endotelial hujayralar), o ‘rta (bazal
membranaga joylashgan peritsetlar) va tashqi (adventitsial hujayralar va kollagen
tolalari) yupqa qatlamdan iborat.
4.
Gistogematik baryer
endoteliy, kapillar
bazal membranasi hamda
perivaskular biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan. Bazal membrana amorf
modda va fibrillar tuzilmalardan iborat. Unda uning moddalarga nisbatan tanlab
o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan karbonsuv -
oqsil - lipidlar kompleksi
saqlanadi. Bazal membrana qalinligi 30-35 nm.
5. Odatda fiziologik sharoitda har bir to‘qimada 50 % ishlamaydigan
kapillarlar bo‘ladi. Ularning teshigi kichraygan, shakili elementlar ular orqali
o‘tmaydi. Kapillarlar ochilganda ularning teshigi me’yorlashadi,
ammo ular
faqat plazma saqlaydi (bular plazmatik kapillarlar). Funksiyalanuvchi yoki
ochilgan kapillarlar ishlayotgan a'zoiarda ustivorlik qiladi, ularda yaxlit qon
sirkulatsiya qiladi. Ikki xil funksiyalanuvchi kapillarlar: magistral va yonlama
kapillarlar farq qilinadi, keyingilari kapillarlar to‘rini hosil qiladi.
6. Kapillarlar o‘tkazuvchanligi bazal membrana va tomirni o‘rab olgan
biriktiruvchi to‘qimaning
asosiy moddasi holatiga, shuningdek qonda kalsiy
tuzlari konsentratsiyasi yoki qonga proteolitik fermentlar tushishiga bog'liq.
Gialuronidaza ta’sirida gialuron kislotasining parchalanishi kapillarlar
o‘tkazuvchanligining oshishiga olib keladi.
7. Kapillarlarda almashinuv jarayoni uchun eng
qulay sharoit kapillarlar
devorining ingichka bo‘lishi, ulaming to‘qimaga tegib turish maydonining katta
bo‘lishi (6000 m2 ko‘proq), qon oqimining sekinligi (0,5 mm/s), qon bosimining
past bo'lishi (20-30 mm sim. ust.) orqali ta’minlanadi.
6-mashg‘ulot
1.
Periferik qon aylanishi -
qonning
mayda arteriyalar, kapillarlar va
venalarda, arteriovenoz anastomozlarda sirkulatsiya qilishi.
2.
Arteriolalar
- mushak tipli diametri 50-100 mkm dan ko‘p bo‘lmagan
mayda arterial tomirlar bo‘lib, yaxshi ifodalangan rezistiv funksiyaga ega, qon
bosimini
ushlab turadi, silliq mushak hujayralarining qisqarishi tufayli a’zolarga
qon oqib kelishini regulatsiya qiladi.
3 . 1. M. Sechenov ifodasi bo‘yicha, arteriolalar «tomir tizimining kranlari»
hisoblanadi.
4. Tomirlarning silliq m ushaklari doimo (hatto asab gumoral ta’sir
bo‘lmaganda ham) qisman qisqarish holatida bo‘ladi - bu
Do'stlaringiz bilan baham: