Avtomobil sanoatida va ta'mirlashda yelim va germetiklarning
qo‘llanilishi.
Yelim
- asosan suyuqlangan yuqori molekular anorganik, ko
ʻ
pincha organik
moddalar yoki ularning eritmalari. Turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun
ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qo
ʻ
shimchalar, mas,
to
ʻ
ldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar bo
ʻ
ladi.
Qo
ʻ
shimchalar
yelimning qovushkokligini, qotish tezligini, mustahkamligini,
qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Yelim suyuk (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuk yoki qattiq
(donador, unsimon, ipsimon) bo
ʻ
lishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion
(mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqani yig
ʻ
ishda
qo
ʻ
llaniladigan) va maxsus (yopishkok tasmalar) turlarga ajratiladi.
Bundan
tashqari, ular tabiiy va sintetik bo
ʻ
ladi.
Tabiiy yelim hayvonlar va o
ʻ
simliklar (kraxmal) mahsulotlaridan olinadi.
Aksarisi namlikka chidamsiz, o'z kuchini ancha tez yo
ʻ
qotadi, chiriydi. Yog
ʻ
och,
qog
ʻ
oz va boshqa buyumlarni elimlash uchun qo
ʻ
llaniladi.
Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi,
shuningdek,
erituvchi qo
ʻ
shilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, har xil
temperatura, moylar, suyuq yonilg
ʻ
ilar, turli zamburug
ʻ
lar ta
ʼ
siriga yaxshi chidaydi.
Metall, chinni, yog
ʻ
och, faner, penoplast, plastmassalar, organik oinalarni yelimlash
uchun ishlatiladi. Rezina yelim — kauchuklar (tabiiy va sintetik) yoki rezinali
aralashmalarning organik erituvchilari (asosan, benzin) dagi eritmasi.
Rezinani
metallga, yog
ʻ
ochga, sementga yopishtirishda ishlatiladi.
Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolyatsiyalovchi va salonni
bezash materiallarini yopishtirishdagina foydalanilgan. Bunda asosan tabiiy
kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60-
yillarida esa tormoz kalodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila
boshlandi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi natijasida
avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi.
Avotomobil sanoati uchun maxsus 15 nomlanishdagi yelimlar va 10 nomlanishdagi
germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunga kelib yelim va
germetiklarning assortimenti yanada kengaydi. So’nggi yangiliklardan biri
avtomobillarni saloniga o’rnatiladigan orqani ko’rish ko’zgusini avtomobilning old
oynasiga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.
Elimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
- xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligidan har xil bo’lgan turli
materiallardan tayyorlangan buyumlarni
biriktirish mumkin; juda yupqa listlarni
ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganda yuklanish
kontsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
- boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo’lmagan murakkab shaklli
buyumlar tayyorlash mumkin;
- konstruktsiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig’ish imkoniyati
mavjudligi, shuning bilan bir paytda konstruktsiyaning bir necha elementlarini
biriktirish mumkinligi;
- yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir qator hollarda
boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mustahkamligidan yuqori, tannarxi
esa past bo’ladi;
- yuklanish yelimli birkmalarda yuza bo’yicha
teng taqsimlanadi, yuklanish
kontsentratsiyasi minimal bo’ladi;
- boltli va parchin mixli birikmalar o’rniga yelimli birikmalardan foydalanish
konstruktsiya massasini kamaytiradi.
Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada tayyorlashni talab
qiladi. Mustahkam birikma olish uchun sirtlar bir xil g’adir-budurlikka ega bo’lishi
kerak. Buning uchun alYuminiy, qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir
kog’oz bilan, qora metallar, qattiq qotishmalar, ba’zi plastmassalarga pitra bilan
ishlov beriladi. Yog’och buyumlar egov bilan tozalanadi. Ba’zi metall va
qotishmalar (alyuminiy, magniy, mis, xromlangan buyumlar) uchun sirtlarni kislota
yoki ishqorli vannalarda xurushlashga va boshqa operatsiyalarni bajarishga to’g’ri
keladi. Polietilen va ba’zi boshqa plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga sulüfat
kislota eritmasi bilan ishlov beriladi. Yopishtirishdan
oldin detallar benzin, atseton,
yuvish vositalari bilan yog’sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan detallarni
ta’mirlanayotganda ulardagi eski yelimni qirib tashlash zarur.
Germetiklar asosan boltlar bilan biriktiriladigan qismlarni germetiklash
maqsadida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: