O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
SOLIQ TO‘LOVCHILARNI HISOBGA OLISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA QO‘SHILGAN
QIYMAT SOLIG‘INING O‘RNINI QOPLASH TARTIBINI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son
Farmoni
ijrosini ta’minlash, shuningdek, intizomli soliq
to‘lovchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, inson omilining ta’sirini cheklash orqali qo‘shilgan qiymat
solig‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng
raqobat sharoitlarini yaratish, soliq xavfi yuqori darajada bo‘lgan kontragentlar bilan operatsiyalarni
(bitimlarni) amalga oshirishni cheklash bo‘yicha profilaktika choralarini ko‘rish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son
qaroriga
muvofiq, soliq sirini
tashkil etmaydigan ma’lumotlar va hisob ma’lumotlarni yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etish
tizimi joriy etilishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son
qaroriga
muvofiq,
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan
qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi paydo bo‘lishi uchun belgilangan tartibda soliq
organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi shartligi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza soliq
organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining
219-moddasida
belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanmasligi ma’lumot uchun qabul
qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining quyidagilar:
xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyotini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni
soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish;
intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini
qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib
borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar yetti kun ichida
ko‘rib chiqilishi;
soliq organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalari belgilangan muddatda qo‘shilgan
qiymat solig‘i to‘lovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi
(kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun
quyidagilar majburiy hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy
resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda
o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni
davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yo‘q qilinganda
va kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish
kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-yanvarga qadar mazkur tartiblar
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiyligini belgilash bo‘yicha asoslantirilgan
takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish
shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda jismoniy va yuridik
shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat
soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron
shaklda amalga oshiriladi;
davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan
yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar
qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq
to‘lovchining omborida mavjud emas deb baholanadi.
4. Belgilansinki:
Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni davlat kadastr ma’lumotlari bazasidan — ariza
beruvchiga ko‘chmas mulk tegishliligi, shuningdek, soliq organlari ma’lumotlar bazasidan — ijara
shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud bo‘lgan holdagina ro‘yxatdan o‘tkazish
yoxud qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi hamda ushbu ma’lumotlar bazalaridan qat’iy
foydalanish ta’minlanadi;
ariza beruvchi Internet jahon axborot tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta
o‘tkazishda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan joyini ushbu bandning ikkinchi xatboshisida
nazarda tutilgan soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi;
yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan
ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish bo‘yicha dastlabki shartnoma ma’lumotlari asosida
ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab o‘n kun
muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish
shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart bo‘lib, mazkur shartni
bajarmaslik yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan erida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etish
uchun asos bo‘ladi.
5. Quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
1-ilovaga
muvofiq:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha harakatlar ketma-
ketligi va tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi
talablariga asosan majburiy tartibda maxsus
ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan
qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish
muddatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi
talablariga asosan ixtiyoriy tartibda maxsus ro‘yxatdan
o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni
ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot tahlili natijalariga ko‘ra soliq
to‘lovchilarning xavf guruhlariga (soliq xavfining yuqori, o‘rta hamda past darajasi) kiritish tartibi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishning tartibi va muddatlari;
soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish, amal
qilishini tugatish asoslari va tartibi;
b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq to‘lovchilarga qulay sharoitlar
yaratish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qo‘shilgan qiymat solig‘i
ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi
2-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
a) bir oy muddatda:
Davlat soliq qo‘mitasining boshqaruv xodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi
hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etsin;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) va tekin
foydalanish shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini
ko‘rsatishning reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslar harakatini
hisobga olishni ta’minlaydigan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va
amaliyotga joriy etsin;
v) uch oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aylanmadan olinadigan soliq hamda
qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlari taqdim etilishini va soliqlarni to‘lash muddatlari unifikatsiya
qilinishini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda
yuridik shaxslar muassislari (ishtirokchilari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin.
Bunda yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga
oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasiga shaxsiy identifikatsiya raqamlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar to‘liq kiritilishiga alohida e’tibor qaratilsin;
soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish inson
omili cheklangan (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno) to‘liq avtomatlashtirilgan
tizim asosida amalga oshirilishini ta’minlasin;
g) 2021-yil 1-dekabrga qadar:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar
(tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy
katalogiga
asosan elektron hisobvaraq-fakturalarni
rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida mahsulotlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash
xizmatini amaliyotga joriy etsin. Bunda avtomatik ravishda yetkazib beruvchida mavjudligi
aniqlanadigan mahsulotlarning ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanishi va yetkazib
beruvchida realizatsiya qilinadigan mahsulotlar mavjud emasligi aniqlanganda realizatsiya
to‘g‘risida hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi imkoniyati cheklanishi nazarda tutilsin;
mavjud soliq imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun
alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari
kodlari to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga yetkazib berish amaliyotini
joriy etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tadigan tadbirkorlik subyektlarining ta’sis hujjatlari hamda ulardagi
o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida taqdim etilishini;
2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligi
bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning
avtomatlashtirilgan tizimining ko‘chmas mulk va ijaraga olingan mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bazalari bilan avtomatlashtirilgan elektron almashuvini ta’minlasin.
8. Ushbu qaror bilan joriy qilinishi nazarda tutilgan avtomatlashtirilgan tizimlarning ishlab
chiqilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy
yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus
jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
3-ilovaga
muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilsin.
10. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |