Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi



Download 217,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana30.03.2022
Hajmi217,37 Kb.
#519008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
595-сон 22.09.2021. Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi
— qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan
o‘tgan yoki o‘tmaganligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksiga 
muvofiq
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxs;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
— qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilariga soliq xavfini tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra maxsus ro‘yxatdan


o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish yoki rad etish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi;
tugatilgan guvohnomalar
— ushbu Nizomning
 9-bobida 
ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal
qilishi tugatilgan guvohnomalar;
to‘xtatilgan Guvohnomalar
— ushbu Nizomning
8-bobida 
ko‘rsatilgan holatlarga asosan
amal qilishi to‘xtatib turilgan guvohnomalar;
faol guvohnomalar
— soliq to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi amal
qilayotgan guvohnomalar.
soliq qarzi
— ushbu nizom talablari doirasida soliq to‘lovchi tomonidan ikki oydan ortiq vaqt
davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq qarzi.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazish) davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus ro‘yxatdan
o‘tish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik
hujjatlarida belgilangan muddatlarda ariza bilan murojaat etishi shart.
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i faqatgina belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus
ro‘yxatdan o‘tgan va faol guvohnomaga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim
etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha hisobga olinishi
mumkin.
5. Soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari
qo‘shilgan qiymat solig‘ini uni hisobga olish huquqisiz to‘laydi.
Ushbu talab quyidagi muddatlardan tatbiq etiladi:
davlat ro‘yxatiga olingan paytdan — ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni
tanlagan yuridik shaxslar;
majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan — soliq davrida tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi
qismi 
1-bandida 
belgilangan miqdordan oshgan shaxslar;
majburiyat yuzaga kelgan paytdan — Soliq kodeksining
 461-moddasiga 
muvofiq aylanmadan
olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar.
6. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi harakatlar
ketma-ketligini o‘z ichiga oladi:
soliq to‘lovchi tomonidan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani soliq organiga
taqdim etish;
soliq xavflarini aniqlash;
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga individual ro‘yxat raqami berish (keyingi o‘rinlarda QQS-
raqam);
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
yagona reyestriga kiritish;
individual ro‘yxat raqami aks ettirilgan guvohnomani shakllantirish va uni qo‘shilgan qiymat
solig‘i to‘lovchisiga yuborish;
ushbu Nizomda belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazish.
7. Quyidagilar bilan bog‘liq barcha turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish va foydalanish chog‘ida
QQS-raqamini yozib ko‘rsatish majburiy hisoblanadi:
tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va realizatsiya qilish chog‘idagi hisob-kitoblar, shu jumladan
hisobvaraq-fakturalar va transport hujjatlari;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va (yoki) uni hisobga olish va qaytarish;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob va hisobot.


8. Soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur Nizomning
1-ilovasiga 
muvofiq
shaklda tuziladigan va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga taqdim etiladigan
elektron ko‘rinishdagi arizasini ko‘rib chiqish natijalari asosida amalga oshiriladi.

Download 217,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish