60
qabilalari jamoalari ichigacha kirib boradilar. Bu holat Jarqo’ton, Teguzak,
Kangurt-tut, Karimberdi, Ilk Tulxor, Ilk Aruktau, Tigrovaya Balka, Vaxsh,
Makoni-mor, BishKent I,II,III, Oyko’l, Jarko’l qabristonlari misolida yaxshi
o’rganilgan. shuningdek, Shimoliy Baqtriyaga xos tabiiy-geografik muhit mintaqa
etnik guruhlari xo’jalik shakllarining rivojlanish yo’llarini oldindan belgilab
bergan.
Arxeologik izlanishlar geografiyasiga ko’ra, Shimoliy Baqtriyaning bronza
davri yodgorliklari tog’ oldi hududlari va tog’lar oralig’idagi vohalarda, daryo
havzalarida topilgan. Hududiy jihatdan ular hozirgi kunda ikkita mustaqil suveren
davlatlar –O’zbekiston va Tojikiston hududlariga to’g’ri keladi. Janubiy
O’zbekiston hududiy doirasida miloddan avvalgi II – ming yillikda katta va
kichik hududiy doiradagi dehqonchilik vohalari shakllangan. Bu vohalarda o’troq
dehqonchilik madaniyatiga oid qator yodgorliklar borligi aniqlangan va
o’rganilgan. Shimoliy Baqtriyaning Tojikiston qismida esa, asosan bronza
davrining chorvador qabilalari yashagan hamda uning Janubiy O’zbekistonga
Chegaradosh hududlarida, bronza davrining so’nggi bosqichlarida qadimgi
dehqonchilik qabilalari yashaganliklari haqida guvohlik beruvchi yodgorliklar ham
topilgan. Bular Kangurttut, Teguzak, Tandiryo’l yodgorliklaridir.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, miloddan avvalgi II-ming
yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy Baqtriya hududlarida turli iqtisodiy xo’jalik
va etnik guruhlarga tegishli qabilalar yashab, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy
manfaatdorlik asosida qurilgan etnomadaniy aloqalar hozirgi zamon o’zbek va
tojik xalqlarining shakllanishida dastlabki tarixiy ildiz, etnik asos bo’lib xizmat
qilgan. Bu tarixiy muhit jarayonlari ularning antropologik va etnografik qiyofasida,
kundalik turmush tarzida, shodiyona kunlari va motam marosimlari bilan bog’liq
urf-odat va udumlarida o’z aksini topgan. Bu holatlar ulardan bizgacha yetib
kelgan moddiy madaniyatda o’z aksini topgan.. Biroq, bu boy tarixiy madaniyat va
ma’naviyat sarchashmasi obyektiv davriy uyg’unlikda, xronologik ketma-ketlikda
o’rganilsagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Aks holda moddiy va ma’naviy manba
birlamchilik xususiyatini yo’qotadi.
61
Shimoliy Baqtriyaning xilma-xil geografik iqlim sharoiti bu o’lka
aholisining moddiy madaniyatini shakllanishida katta rol o’ynaganligi hisobga
olinib, etnik guruhlarning asosi aniqlandi. Chunki, Shimoliy Baqtriya bronza
davrida turli etnik guruhlarning uchrashuv maskani, etnomadaniy aloqalar maydoni
bo’lib, bu omillar ularning tilida, etnik qiyofasida o’z aksini topgan.
Qadimda Shimoliy Baqtriya hududini tashkil etgan turkiy va forsiy xalqlari
hamisha yonma-yon yashab kelganlar. Bu ikki xalqning o’tmishi davomida diniy
e’tiqod va shu bilan bog’liq udumlarga alohida e’tibor berib kelinganligi, bugungi
kunda moddiy madaniyatda ham o’z aksini topmoqda. Diniy e’tiqodlarning
shakllanishi va rivojlanishida esa, ularning dafn marosimlari muhim ahamiyatga
ega bo’lgan. Ushbu tadqiqot ishi orqali bronza davrida Shimoliy Baqtriyaning
o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarning dafn
marosimlari va diniy e’tiqodlari hamda bu ikki xo’jalik sohiblarining o’zaro
munosabatlari tahlil etildi. Dafn marosimlarining qanchalik mukammal bo’lishi,
dafn marosimlariga e’tibor qaratilishi u xalqda insonning qadri ulug’ligidan dalolat
beradi. Bunday holatni biz bugungi kunimizda ham ko’rishimiz mumkin.
-
Shimoliy Baqtriyaning hududiy tarkibini tashkil etgan janubiy
O’zbekiston va janubiy-g’arbiy Tojikiston o’z iqlim sharoitiga ko’ra, bir tomonda
dehqonchilik, ikkinchi tomonda esa, chorvachilikning rivojlanishiga olib keldi.
Dehqon va chorvador jamoalar o’rtasida o’zaro ijtimoiy, iqtisodiy va etnomadaniy
aloqalar, bu aloqalarni moddiy madaniyatda aks etishi Jarqo’ton, Teguzak,
Qangurttut, Tandiryo’l, Bo’ston kabi yodgorliklarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Demak, janubiy-g’arbiy Tojikiston hududlari so’nggi bronza davrida turli etnik
guruhlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy hamda etnomadaniy aloqalar markazi
bo’lgan.
-
Shimoliy
Baqtriyaning
Tojikiston
hududidagi
bronza
davri
yodgorliklari tog’ va adirliklarda joylashganligi sababli, mazkur hududda yaylov
chorvachiligi va lalmikor dehqonchilik, bog’dorchilik rivoj topadi. Hatto ularning
uy-joy qurilishida ham farq borligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Dehqonchilik
vohalarida asosan xom g’ishtlar asosida qishloq-qo’rg’onlar qurishga katta e’tibor
62
berilgan bo’lsa, chorvadorlar tog’li hududlarda yashaganliklari sababli, ularning
uy-joy qurilishida toshdan foydalanishga katta e’tibor berilgan. Xatto, uy-
joylarning fundamentiga tosh yotqizilgan.
-
Janubiy-g’arbiy Tojikistonning bronza davri Beshkent va Vaxsh
madaniyatlari bir-biriga juda yaqin, o’xshash, yagona bir madaniyatni tashkil
qilsalarda, ular o’rtasida qandaydir farqlar borligini ko’rish mumkin. Beshkent
madaniyatiga kiruvchi Ranniy Tulxar qabristonida kremasiya qilingan qabrlar
uchraydi. Bu albatta chorvador Andronova qabilalari moddiy madaniyatdagi
ta’sirining kuzatilishidir. Bu jarayon Mo’lali bosqichidan avvalroq yuz
bergan.Sopolli madaniyatining Bishkent va Vaxsh madaniyatlariga ta’siri Mo’lali
bosqichi davrida yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: