40
III-BOB. BRONZA DAVRI JAMOALARINING DAFN MAROSIMLARI VA
ULARNI EVOLYUSIYASI
3.1. O’troq Dehqonchilik madaniyati jamoalarida dafn marosimlari va
ularning evolyusiyasi
O’lkamizda islom dinidan oldin amalda bo’lgan otashparastlik va
zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchi ajdodlarimizning o’ziga xos dafn marosimlari
kishi e’tiborini jalb etadi. Dafn marosimlari misolida o’sha davr odamlarining
umumiy yashash sharoiti, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va diniy mafkurasi qanday
bo’lganligini ko’rish mumkin. Jamiyatdagi turli guruhlarning qarashlari va qayg’u-
alamlari ularning qabrlarida namoyon bo’lgan diniy marosimlari orqali ifodalanadi.
Bronza davridan e’tiboran zardushtiylik dini chorvadorlar orasida ildiz otib,
quyosh eng muqaddas, oliy ibtido sifatida qadrlangan. Bu davr aholisi tog’
tepalarida, ko’l bo’ylarida, quyosh yaxshi ko’rinadigan joylarda quyoshga sig’inib,
yaylovga boy yerni so’rashgan
76
. Bronza davrida vujudga kelgan o’troq
dehqonchilik vohalari aholisining diniy qarashlari dastlabki davrda dasht aholisi
diniy qarashlari bilan ko’p jihatdan o’xshash bo’lsada, o’troq aholining keyingi
tarixiy taraqqiyotida cho’l aholisidan keskin farq qila boshlaydi, din jamiyatni
boshqarishning ustuvor omiliga aylanadi. Tabiiyki o’troq dehqon hayotida yer,
suv, havo, olov (quyosh) muhim o’ringa ega. Tabiat unsurlariga e’tiqod qilish
dehqonlar jamoasida tobora uyg’unlashib, aniq tizimga kirib boradi
77
.
Qabrlardan topilgan bronza kurakchadan Sopollitepada, Ilk Tulxor
qabristonida va Zomonbobo qabristoni topilmalari bilan qiyoslanadi. Murg’ob
vohasi, janubiy Tojikistondagi Nurek, Tandiryo’l, Toxirboy-3 va Zarkamar
qabristonida o’tkazilgan izlanishlar natijasida topilgan ashyolar, sopol buyumlar
Mo’lali bosqichi sopol buyumlaridan farq qilmaydi
78
. Nurek va Tandiryo’lning
davriy sanasi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi bilan belgilangan
79
.
Toxirboy-3 yodgorligi sopollari ustiga solingan zigzak belgilar Mo’lali sopol
76
Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. (Қадимги Бақтрия ва
Марғиѐнанинг бронза даври моддий маданият ѐдгорликлари мисолида) // т.ф.н. диссер. Т.: 2007,
– Б. 63.
77
Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. .... – Б. 60.
78
Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 42-43.
79
Литвинский Б.А., Антонова Е.В., Виноградова Н.М., Раскопки могильники Тандирйул // АО, 1975г. – М.,
1976. – 567-568; Пьянкова А.Т. Могильник эпохи бронзы Тигровая Балка // СА, 1974, – № 3, – С. 542-543.
41
idishlarida ham uchraydi. Bundan tashqari, yana Janubiy Turkmanistondan,
Eronning Kaytarex qabristoni (mil.avv. II ming yillik oxirlari) sopollariga
o’xshashligi aniqlangan. Mo’lali bosqichidan topilgan ikkita silindrli idish Eron
Seistoni – Shaxri-Soxta manzilgohi 413-qabr sopollari bilan qiyoslanadi
80
.
Shunday qilib, Mo’lali bosqichi kulolchilik mahsulotlari O’rta Osiyo, Eron va
Afg’oniston yodgorliklari bilan bir davrga tegishli bo’lib, bular Bo’ston-3, Mo’lali,
NuRek, Tandiryo’l va Zarkamardir. Ularning sanasi mil.avv. XI – X asrlar bilan
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: