O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqarishning tashkil etish funksiyasi, boshqarishning motiivatsiya



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

2.Boshqarishning tashkil etish funksiyasi, boshqarishning motiivatsiya 
funksiyasi 


 

18 
Mehmonxonada tuzilgan har qanday rejaning tashkil etish  - shakllantirish bosqichi 
bo‗ladi.  Bu  bosqichda  rejalashtirilgan  maqsadlarga  erishishga  real  sharoit  yaratiladi. 
Masala  firmaning  muammolarini  yechish  uchun  kerakli  barcha  vositalar  bilan 
ta‘minlovchi tarkibini yaratish to‗g‗risida bormoqda. Tashkil etish funksiyasi har qanday 
mehmonxonada  boshqaruvning  texnik,  iqtisodiy,  ijtimoiy-psixologik  va  huquqiy 
tomonlarini  tartibga  solishini  ta‘minlaydi.  Bu  menejer  va  boshqa  ijro  etuvchilarning 
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. 
Ma‘lumki, barcha ishni odamlar amalga oshiradi, demak bu funksiya orqali umumiy 
bajarilishi kerak bo‗lgan vazifalardan aniq bir vazifani kim bajarishini va buning uchun 
qanday vositalar zarurligi aniqlanadi. Shakllantirish funksiyasi orqali maqsadga muvofiq 
ravishda  munosabatlar  va  korxonaning  boshqaruvi ro‗y berishi kerak. Shakllantirish bu 
mehmonxona  maqsadiga  erishish  vositasi.  Iqtisodiy  nuqtai-nazaridan  samaradorlikga 
olib  keladi.  Xodimni  boshqarish  nuqtai-nazaridan  esa  ishga  ma‘no  beradi  va  ishni  ijro 
etuvchilariga taqsimlab beradi. 
Turoperatorlar  ishini  tashkil  etish  misolida  boshqaruvni  tashkil  etish  funksiyasini 
yanada yaqqolroq tasavvur qilish mumkin. Ma‘lumki, turoperator ishlab chiqarish, savdo 
va axborot bilan bog‗liq vazifalar va yangi hududni o‗zlashtirish, o‗rganish vazifalarini 
bajaradi. Bu vazifalarning har biri bo‗yicha javobgar shaxslarni tayinlaydi va vazifalarni 
taqsimlaydi.  Ya‘ni,  firmaning  barcha  bo‗limlari  o‗rtasidagi  doimiy  va  vaqtinchalik 
o‗zaro  munosabatlarini  va  firma  faoliyati  shart  sharoitlarini  belgilaydi.  Bu  odamlar  va 
vositalarni firma maqsadlariga erishish yo‗lida birlashtirish jarayonidir.  
Turli xil rejalarga ega bo‗lgan, lekin ularni hayotga tadbiq qilish strukturasiga ega 
bo‗lmagan turistlik firmaning ishi yurishmaydi. Rejalashtirish firma maqsadlarini amalga 
oshirish  uchun  sahna  tayyorlaydi  (strukturani  shakllantiradi,  sahnada  «o‗ynaydigan» 
apparatni  yaratadi).  Boshqaruvning  tashkil  etish  funksiyasi  esa  asosiy  komponenti 
odamlar bo‗lgan ishchi tizimni yaratadi.  
Firma  rejalarini  bajarishi  va  maqsadlariga  erishishi  uchun  qator  elementlarni 
shakllantirishi  lozim.  Turi  va  faoliyat  masshtabidan  qat‘iy  nazar,  har  qanday  firma 
qaysidir  darajada  tashkil  etilgan  bo‗lishi  lozim.  Tashkil  etish  funksiyasini  bajarish 
davomida qo‗llash kerak bo‗lgan bir qator tamoyillar mavjud:  
-rejaga kiritilgan firma maqsadlarini aniqlab olish; 
-bu maqsadlarga erishish uchun zaruriy faoliyat turlarini aniqlab olish; 
-individlar  (mehnat  bo‗limlari)  ga  turli  xil  vazifalarni  topshirish  va  ularni 
boshqaruvchi ishchi guruhini birlashtirish; 
-har  bir  guruhga  topshirilgan  turli  faoliyat  ko‗rinishlarini  ishchilarning  o‗zaro 
aloqasini  qrnatish.  Bunda  kim  rahbarlikni  olib  borayotganligini  to‗g‗ri  aniqlash  (bitta 
bo‗ysunuvchiga ikkita rahbar bo‗lishi mumkin emas) ya‘ni guruhning har bir a‘zosi nima 
qilishi kerakligi, qancha muddatda va unga kim rahbarlik qilayotganligini bilishi shart; 
-maqsadlar  birligi  –  mehmonxonaning  har  bir  a‘zosi  umumiy  maqsad  uchun 
ishlaydi, ya‘ni hech kim mehmonxona maqsadlariga qarshi ish qilmasligi lozim. 
Bitta menejer rahbarlik qilishi kerak bo‗lgan xodimlarning ideal miqdorini aniqlash 
oson  emas.  Real  hayotda  bu  miqdor  mehmonxonadan-mehmonxonaga,  boshqaruvning 
bir  bug‗unidan  boshqasiga  o‗tgan  sari  keskin  farq  qiladi.  Boshqaruvning  yuqori 


 

19 
bo‗g‗inidagilarning  qo‗l  ostida  ko‗pi  bilan  10  ta  xodim  bo‗lsa,  qo‗yi  bo‗g‗in 
rahbarlarining qo‗l ostida bir muncha ko‗proq xodim bo‗lishi mumkin.  
Shundan kelib chiqib, boshqaruvchilik me‘yorini aniqlovchi ikkita muhim omilini 
ajratib ko‗rsatish mumkin. Bular – vaqt va davriylik, ya‘ni menejer qo‗l ostidagilarning 
har  biri  bilan  muloqat  qilishga  qancha  vaqt  ajratish  kerakligi  va  buni  qanchalik  tez-tez 
amalga  oshirishi.  Tabiiyki  bu  ko‗p  jihatdan  menejerning  xodim  bilan  muloqat  qilish 
mahoratiga,  hal  qilinayotgan  masalaning  murakkabligiga,  ish  jarayoniga  qanchalik 
qiziqishiga bog‗liq. Shunday qilib tashkil etish bu  – korxona  tarkibining yaratiladigan 
va saqlanadigan jarayoni hisoblanadi. 
Motivatsiya  -  mehmonxona  a‘zolarining  rejani  bajarishi  va  ular  bajarayotgan  ish 
topshirilgan majburiyatlarga mos kelishi demak.  
Rag‘batlantirish - inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat.  
Tashkiliy  struktura  samaradorligida  juda  yaxshi  tuzilgan  reja,  zamonaviy 
texnologiya  bilan  taminlangan  bo‗lsa  ham,  lekin  ishchilarning  mehnat  motivatsiyasiz 
firma  xohlaganidek  natijaga  erisha  olmaydi.  Mehnat  jamoasi  azolari  busiz  o‗zlarining 
majburiyatlarini to‗liq bajara olishmaydi. Nima uchun odamlar ishlashadi? Nima uchun 
biri  yaxshi  ishlaydi,  ikkinchisi  yomon?    Odamlar  yaxshi  ishlashlari  uchun  nima  qilish 
kerak?  Ishlashga  qanday  xohish  va  ehtiyoj  tug‗iladi?  Bu  savollarga  javoblarni 
motivatsiya muammolarini o‗rgangandan so‗ng olsa bo‗ladi.  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish