1-mavzu. Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. Yashash
muhitlarining o‟ziga xosligi. Moslanish. Ekologik omillar, ularning organizmga ta‟sir etish
qonuniyatlari
Amaliy mashg„ulot texnologik kartasi
Bosqichlar,
vaqti
Faoliyat mazmuni
O‘qituvchi
Talaba
1-bosqich.
Kirish (20 min.)
1.1.
Mavzu, uning maqsadi, o‘quv
mashg‘ulotidan kutilayotgan
natijalar ma’lum qilinadi.
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
2-bosqich.
Asosiy
(120 min.)
2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va
bilim darajalarini aniqlash uchun
tezkor savol-javob o‘tkazadi
Tayanch
iboralar bilan atnishtiradi: ekologiya,
autekologiya, omillar, ekologik nisha,
ekologik muhit, muhitning abiotik
omillari,
optimum
qonuni,
adaptatsiya.
2.2. O‘qituvchi vizual materiallardan
foydalangan holda ma’ruzani bayon
etishda davom etadi.
1.Ekologiyaga kirish
2.Autekologiya tushunchasi
3.Fenotipik egiluvchanlik spektrlari
4.Adaptiv
egiluvchanlik evolyutisyasi
5.Fenotipik
egiluvchanlikning
ekologik qiymati
6.Fenotipik egiluvchanlik bo‘yicha
keyingi
ekologik
ishlarning
gorizontlari
7.Ekologif fanining vazifalari.
8. Ekologik omillar turlari.
9. Ekologik omillarning tirik
organizmga ta’siri.
10. Ekologik muhitning buzilishi.
11. Ekologik omilning qonuniyatlari.
12. Ekologik muhit tushunchasi.
13. Ekologik omillar haqida
tushuncha.
14. Ekologik omillarning tirik
organizmlarga ta’sir etish qonunyati.
15. Ekologik omillarning tasnifi.
2.3. Talabalarga mavzuning asosiy
tushunchalariga e’tibor
qilishni va
yozib olishlarini ta’kidlaydi.
2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay
atamalarni aytadi.
O‘ylaydi, javob beradi.
Javob beradi va to‘g‘ri javobni
eshitadi.
2.2. Sxema va jadvallar mazmunini
muhokama qiladi.
Savollar berib, asosiy joylarini yozib
oladi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi.
Har
bir savolga javob berishga
harakat qiladi.
Ta’rifni yozib oladi, misollar
keltiradi.
3-bosqich.
Yakuniy
(20 min.)
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va
talabalar e’tiborini asosiy masalalarga
qaratadi.
Faol ishtirok etgan talabalarni
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
rag‘batlantiradi.
Muhit tushunchasi fanda turli ma’nolarni anglatadi.
Bular ekologik, geografik, fizik,
falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muxit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik
qurshovni e’tiborga olinadi. Muxit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va
ta’sirlar majmuidir.
Odatda tabiiy va sun’iy muxitlar ajratiladi. Tabiiy muxitni suv, quyosh, shamol, xavo, er,
o‘simlik va xayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muxit inson
tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muxitlar
bir-biri bilan chambarchas bog‘lik. Ularning bog‘liqligini ekologik muxit tushunchasi ifodalaydi.
Ekologik muxit tabiiy va sun’iy atrof-muxit bo‘lib, tirik mavjudotlar sub’ekt va ob’ekt ta’sirlar
sifatida qatnashib, ta’sirlar soni esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini
keltirib chiqaradi. Ekologik muxit muayyan
ekologik tizim xisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.
Tabiiy ekotizim yoki ekosfera xayotni rivojlanishiga imkon beradigan erning tavsifi va
abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning barcha atrof-
muxitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini bildiradi.
Ekologik muxit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan xolatlarda bo‘ladi. Tirik
organizmlarning xayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta’sirlar barqaror xolatida muvozanat
o‘zgarmaydi,
aksincha, muxitning shart-sharoitlari va ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz xolat
kelib chiqadi.
Ekologik muxitning buzilishi atmosferaning er ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq
chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqaning zaxarlanishi, shovqinlarning ko‘payishi,
radioaktiv moddalar va boshqalarning ta’sirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini
chuqurroq o‘rganish o‘rniga xayot muxitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. (Tirik
organizmlar - to‘rtta asosiy muxitlarda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya’ni
suv va xavo muxitlari
o‘lik, tuproq muxiti oraliq va organizm (muxit sifatida) tirik xususiyatga ega. Xar bir xayot
muxiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun xar xil yashash joylaridan iborat. Masalan suv
muxiti quyidagi xolatda uchrashi mumkin, chunki va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va
sayoz, iliq va sovuq va xokazolar. Xavo va tuproq xam nixoyatda xilma-xil yashash joylarini
tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, xayvonlar) xam parazit va
simbiontlar uchun muxit sifatida o‘ziga xosdir.