10.4. Kommunikatsion strategiyaning budjetini tahlil qilish
Kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqishning keyingi bos-
qichi — budjetni ishlab chiqish bosqichi hisoblanadi. Kommunikatsiya
majmuasi budjeti uning alohida unsurlariga ishlatiladigan mablag‘ sum-
masini tashkil etadi. U m um an u ham marketing budjeti hisoblanadi.
Quyida kommunikatsiya majmuasi budjetini hisoblashning bir necha
uslubiyati berilgan:
1. Taxm in qilinayotgan xarajatlar uslubi.
2. Belgilangan foiz uslubi.
3. Maksimal xarajatlar uslubi.
4. Raqobatchilarga mos ravishda bo‘lish uslubiyati.
5. F irm a maqsad va masalasiga xos bo‘lgan uslub.
Firm a tom onidan ishlab chiqilgan strategiya o ‘z oldiga qo‘yiladigan
maqsadlarga erishishi uchun natijalarini tahlil qilish tizim i yaratilgan
bo‘lishi shart. U taklifni shakllantirish va sotishni q o ‘llab-quw atlash
uchun maqsadli hududlarning javob harakatini baholashi kerak. Firm a-
ning komm unikatsiya xabarini oluvchilardan kelgan m a ’lumotlarga
qarab maqsadli auditoriyaning kayfiyatiga mos ravishda ish tutiladi va
kerakli paytda har bir unsurga o ‘zgartirish kiritiladi.
Tanlangan strategiyadan kelib chiqqan holda, marketing aloqalari-
ning har bir unsuri va boshqa sintetik shakllari uchun aniq tadbirlar
tayyorlanishi va o'tkazilishi mumkin.
10.5. Turizmni rivojlantirishda axborot texnologiyalarini
qo‘llashning iqtisodiy tahlili
M alum ki, turizm xizm atlam i sotishdan iborat. Shu bilan birga,
birinchidan — ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi nuqtai nazaridan
bu tu rli va kom pleks x izm atd ir. Ikk in ch id an — bu k o ‘rinm as,
o ‘zgaruvchan va integrallashtirilgan xizmatdir. Va nihoyat, uchinchidan
— bu axborot to ‘liqlik xizmatdir. Ayni turizmni ushbu xarakteristikalari
uni axborotlar texnologiyasini q o ‘llash uchun ideal tarm oq sifatida
taqdim etadi. Turistik tarm oqni tuzilishi boshqa iqtisodiy sohadagi har
qanday faoliyatga o ‘xshaydi.
T uristik xizm atlarni ishlab chiqaruvchilari hukum at va tijorat
tashkilotlardan, savdo assotsiatsiyalardan (masalan, mehmonxona, havo
transporti, turistik agentliklar va h.k.) iborat bo‘lgan aniq boshqaruv
tarkibi ichida faoliyat ko'rsatishm oqda.
Turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchilari aniq ta ’minlovchilar
kategoriyalariga tabaqalanadi (aviakompaniyalar, mexmonxonalar,
avtomobillarni ijaraga olish), ulgurji firm alar (turoperatorlar) va
chakanasavdo firmalari (turagentlar).
Iste’m olchilar (turistlar) barcha turistik tizim ni oxirgi darom ad
keltiruvchilari hisoblanadi.
Tarm oq korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, reklama, siljish
va soliqqa tortishga tegishli boMganda axborot turistik xizm atlarni
yetkazuvchilarni birlik ijtimoiy-iqtisodiy tizimga birlashtirish jarayonida
m uhim rolni o'ynaydi. Ayni axborot turli yetkazuvchilarii birlik turistik
tarm oqni ramkasiga birlashtiruvchi xalqani zvenosi. bo'ladi. Turizmni
m uhim hususiyati shundaki, unda ishlab chiqaruvchi va yetkazuvchilar
orasida o ‘zaro aloqa tovar bilan emas, balki axborot oqimi orqali amalga
oshiriladi.
Bu axborot oqimlari faqat konkret m alum otlar emas, balki xizmat
va to ‘lovlardir. M ehm onxonada joylashtirish, samolyotlarda joylar va
shu kabi xizmatlar fizik ko‘rinishda namoyish etilmaydi va sotish vaqtida
k o ‘rsatilm ay d i. M ah su lo tn i m avju dligi va sifatig a yago n a y o ‘l
ko‘rsatuvchi bu axborotdir.
Shunday qilib, xulosa qilish m um kinki haqiqiy axborot bilan va
uni tarqalishi tezligini ta ’minlash turistik tarm oq uchun, iste’molchilan;a
uni xizmatini fizik taqdim etish kabi m uhim .
Axborotlar texnologiyasini turizm industriyasiga joriy etish bir necha
bosqichda am alga oshirilgan. B irinchi bosqich — “ M alum otlarni
yaratish” . Uning asosiy maqsadi axborotga asoslangan jarayonlam i,
avtomatlashtirish orqali korxonalar operativ faoliyati sam aradorligini
oshirishdadir. Bu mavsum 1960-yilda boshlandi va uning uchun m ini-
k o m p u terla rd a n foydalanish x ara k terli ed i. Ik k in ch i b o sq ich —
«Boshqaruv axborotlar tizimi». Bu bosqich bevosita axborotlar uzatishni
tashkil etishga bo'lgan talablarni takom illashtirish orqali boshqaruv
samaradorligini oshirishga olib keladigan axborotlar texnologiyasini
ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan. U lar 70-yillarda joriy etilib axborotlar
resurslari bilan bog‘liq korxonalami boshqarish xususiy tarm oq usullarini
qoMlangan. Bu vaqtda, qoida b o ‘yicha, axborotlar texnologiyasi ichki
marketing va m a’muriy funksiyalar talabi u ch u n q o ‘llanilar edi.
1980-yillar bo shlarida «S trategik a x b o ro tla r tizim i» b o sq ich i
boshlandi. Bu bosqichning m aqsadi turistik biznesda, yoki xulqini,
yoki ta b ia ti o ‘zg artirish y o ‘li b ila n firm a ra q o b a tb a rd o s h lig in i
yaxshilashdan iborat. Raqobatbardoshlikni oshirishini hisobga olgan
holda turli integratsiyalashgan tarmoqlar joriy etilgan: bevosita faoliyatini
takomillashtirish uchun, funksional va ishbilarmon yo‘llar bo'yicha
faoliyatni muvofiqlashtirish uchun, shuningdek tashqi tashkilotlar bilan
aloqani o'rnatish uchun.
Nihoyat 1990 yillarning boshlarida to ‘rtinchi bosqich «Tarmoqlar
bosqichi» kirib keldi. Bu bosqich barcha saviyadagi korxonalarni,
mintaqaviy va global tarm oqlam i birlashishini amalga oshirdi:
U shbu b o s q ic h n i asosiy x a ra k te ristik a si bu — a x b o ro tla r
texn olog iy asi im k o n iy a tla rin i o sh irish , u sk u n alar o ‘lc h a m in i
kamaytirish, uni xarid qilish uchun sarflarni kamaytirish va bir vaqtni
o ‘zida chidamliligini oshirish, yer yuzini turli nuqtalarida joylashgan
term inlarni o ‘zaro bog‘liqligidan iborat.
Natijada, 1990-yillar o ‘rtalarida barcha tashkilotlar, uni o ‘lchovi,
taklif etadigan mahsuloti va geografiyasidan q at’i nazar, biznesni jiddiy
qayta tashkil etish jarayonini boshdan kechirishdi. U m um an, jamiyat
rivojlanishining zamonaviy bosqichi uchun axborotlar texnologiyasi
ahamiyati va rolini tahlil etgan holda asoslangan xulosa qilish mumkmki
bu rol strategik m uhim , kelajakda esa buning ahamiyati tezlik bilan
oshib boradi. Ayni shu texnologiyalar davlatni texnologik rivojlanish
sohasida belgilovchi rol o ‘ynaydi. Bu xulosalarning dalillari axborotlar
texnologiyalarining qator qaytarilmas (unikal) xususiyatlari (tezkorlik,
erishishlik)dir. Bu xususiyatlar ularni ishlab chiqarish va ijtimoiy
te x io lo g iy a la rg a n isb a ta n u stu v o rlig in i b ild irad i. A x b o ro tla r
texnologiyasini jam iyat rivojlanishida strategik ahamiyatga ega b o ‘lgan
muhim xususiyatlari orasida quyidagilarni ajratish maqsadga muvofiq
b o ‘ladi:
Birinchidan, axborotlar texnologiyasi jamiyatni axborot resurslaridan
samarali foydalanishni va faollashtirishni ta ’minlaydi. Bu esa butun
jamiyat rivojlanishini m uhim strategik omili bo‘lib hisoblanadi. Tajriba
shuni ko‘rsatadiki, axborot resurslaridan samarali foydalanish, tarqatish
va faollashtirish (ilmiy bilimlami, kashfiyotlarni, texnologiyalarni, ilg‘or
tajribani) resurslarni boshqa turlarini sezilarli tejashga olib keladi:
xomashyo, q u w at, qazilma boyliklar, material va uskunalar, odam
resurslari, ijtimoiy, axborotlar texnologiyasi oxirgi yillarda jamiyatdagi
in s o n h a y o t fa o liy a tid a k a tta o 'r i n eg allay o tg an a x b o ro tla r
texnologiyasini optimallashtirish va ko‘pincha hollarda avtomatlashtirish
im konini beradi. M alum ki, tsivilizatsiyani rivojlanishi axborotlashgan
jam iyat tuzilishi yo'nalishida amalga oshm oqda. Bunday jam iyatda
ko‘pchilik ish bilan band aholini m ehnat obyekti va m ehnat natijasi
m aterial boyliklar em as, asosan axborot va ilmiy bilim lar boHib
qolmoqda. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda aholini
ko‘pchilik qismi o ‘z faoliyatida u yoki bu darajada axborotni tayyorlash,
saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayoni bilan bog‘liq va shuning
u c h u n shu tex n o lo g iy alarg a m os a x b o ro tla r te x n o lo g iy a la rin i
o ‘zlashtirishga va amaliyotda fondalanishga majbur.
Shuni ta ’kidlash lozimki, axborotlar texnologiyasi odam lar orasida
axborotli — o‘zaro harakatlarini, ham da omm aviy axborotnn tayyorlash
va tarqatishni ta ’minlashda muhim rol o ‘ynaydi. Bu vositalar jam iyatni
m adaniyati bilan tezda assimilyatsiya bo‘ladi, chunki ular nafaqat katta
qulaylik yaratishadi, balki globalizatsiya jarayonlari va jahon hamjihatlik
integratsiya, ichki va tashqi xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarni
kengaytirish, aholini migratsiyasi va uni planeta b o ‘yicha dinamik siljishi
bilan bog'liq boMgan ko'pgina ishlab-chiqarish, ijtimoiy va turm ush
m uam m olarni ochishadi. A n’naviy b o ‘lib qolgan aloqa vositalariga
(telefon, telegraf, radio va televideniye) q o ‘shim cha keng elektron
telekom m unikatsiyalar tizimlari, elektron pochta va aloqani boshqa
turlari qo'llanilm oqda.
0 ‘z n av b atid a ta rm o q li a x b o ro tla r te x n o lo g iy asi a x b o ro t
texnologiyasini perspektiv va dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi. U larni
m aqsadi nafaqat axborot hisoblash tizim n i iste’m olchilari orasida
axborot almashuvini ta ’minlash, balki ular uchun jamiyatni taqsimlangan
ax borot resurslaridan korporativ foy d alanish, tu rli ixtisoslashgan
axborotlar fondidan m a’lumotli, hujjatlashgan va boshqa axborotlar
olish imkoniyatini yaratishdir. Oxirgi vaqtda, faqat kom puter pressasi
em as, balki boshqa omm aviy n ashriy otlar nashrlarining m arkaziy
mavzusi internet b o ‘lib qoldi. Intern et ham axborot texnologiyasi
bo‘yicha mutaxassislami, biznesm enlam i, oddiy iste’m olchilam i va
butun sivilizatsiya dunyosini o ‘ziga jalb etm oqda. Internet — bu faqat
bitta kom puter tarm og'i emas, balki o ‘n m inglab lokal va milliy global
bir-biri bilan ulangan. Hozirgi vaqtda U m um jahon Internet tarm og‘iga
yettita kontinentlardagi 100 ziyod davlatlar 40 mln. obunachilar ulangan.
Internetga ulanish bo‘yicha obunachilar soni h ar 10 oyda ikki baro b ar
o ‘sib bormoqda. Tarm oq orqali axborot almashuvi har yili qariyb 10
m arta oshmoqda. H ar daqiqada tarm oq orqali 4000 dan ziyod elektron
xabarlar jo'natilm oqda. U m um jahon k o m puter tarm og‘i shunday tez
sur’atlar bilan rivojlanmoqdaki, uni obunachilari va axborotlar resurslari
har yili ikki barobar o ‘sib bormoqda. M a’lumki bundan keyin turistik
biznes ham chetda qolmaydi. Agar 1996-yilda internetda minglab
mustaqil turagentlik, m ehmonxona, aviakompaniyalar, o ‘nlab turistik
xizm atlarni bron qilish tizimlari paydo b o ‘lgan bo‘lsa, 2003-yilda
internet yordam ida 8200 mlrd. summaga yaqin turlar va yo‘ldosh
xizm atlar sotildi. Shuning uchun agentliklar o‘z ishlarida internetni
in k o r q ilm aslik lari kerak. H o zirg i v aq td a in te rn e tn i b iz n e sd a
raqobatbardosh sifatida ham ko‘rib bo‘lmaydi, chunki um um jahon
tarm oq bahosiz axborot yordamini ko‘rsatmoqda va turistik xizmatlarni
realizatsiya qilish a n ’anaviy kanallariga yangi elek tron kan alin i
q o ‘shmoqda. H ozirni o ‘zida internet orqali keladigan darom adning
yarm i sayyohlik va turizm sohasiga to ‘g ‘ri kelmoqda. In tern etg a
murojaat qiladigan iste’molchilarni 62% otellar va aviakompaniyalarni
tariflarini va bo‘sh o ‘rinlar haqida m a’lumotlarni qidirishmoqda. Global
tarm oqni ustivorligi nimada? Birinchidan — auditoriyani keng qamrab
oladi. Ikkinchidan q o ‘shimcha sarflami va sotuvchi, ham da xaridorlar
u c h u n q ilin a d ig a n h a ra k a tla rn i nisbiy pastligi. In te r n e t o rq ali
bronlashtirish o 'rtac h a 1,7 AQSH dollarini tashkil etadi, OAV orqali
esa — 3,5 AQSH dollari. A n’anaviy — faks usuli xaridorga 10 AQSH
dollariga tushadi. U chinchi qulayligi — shaxsiy iste’mollar uchun sutkani
x o h lag an v aq tid a ta rm o q q a ulanish im k on iy atin in g m avjudligi.
Internetni bu imkoniyatlari, hamda xohlagan vaqtda axborotni yangilash
im koniyatidan turistik firmalar ham foydalanishmoqda. Ularga o n
line rejimida turistik mahsulotni realizatsiya va reklama qilishda, ham da
sotishni rag‘batlantirishda keng im koniyatlar ochib bermoqda.
A w allari turizm da informatsion texnologiyalardan faqat ommaviy
axborot vositalari hisoblangan radio va televediniyadan foydalanilar
edi. Endilikda kom puter elektron hisoblash vositalari har xil axborot
uzatish (internet G D S, CRS, E-mail) va qabul qilish texnologiyalarning
rivojlanishi natijasida turizmga aloqador barcha tarm oqlar birlashadi.
N atijada axborot texnologiyasidan foydalanish yuksak darajaga chiqib
ham korlik aloqalari mustahkamlanadi. Banklar, sug‘urta kompaniyalari
va boshqa kredit institutlari bilan turizm industriyasi o‘rtasidagi aloqalar
sifat jihatidan yangi pog‘onaga chiqdi.
Hozirgi kunda yirik havo yo‘llari kompaniyalari kom puterli band
qilish tizim lariga (G alileo, Amadeus, Sabre, W orldspan va boshqalar)
va kom m unikatsiya tarm oqlariga egadirlar. Yirik turoperatorlar uchun
turistik marshrutlarni tashkil qilish va funksional vazifalarni amalga
oshirish uchun maxsus kom puter dasturlari ishlab chiqilgan. Sayyohlik
agentliklari ham boshqa agentliklariga, havo yo‘llarining term inlariga
va turoperatorlarning komputer tarm oqlariga bevosita bog‘langandir.
K o‘pgina m ehm onxona guruhlari ham investitsiya va m enejm ent
faoliyatlarida axborot texnologiyalaridan foydalanmoqda.
Turizm industriyasidagi har bir tarm oq hisob-kitob operatsiyalari
bo‘yicha qarz kartochkalarini nazorat qiluvchi banklaming kom puter
tizim la rig a va av to m atik t o ‘lov v o sita larig a b o g 'la n g a n d ir.
Kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchi turizm kompaniyalari
va turizmdan tashqari moliya, bank sug‘urta kompaniyalari o ‘rtasida
o ‘zaro milliy va halqaro darajadagi aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi turizm tashkilotlari h ar
qanday iqtisodiy o ‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘ladi. O lz vaqtida
qo lga kiritgan m a’lumot band qilish va operatsion ishlarni amalga
oshirishida keng qo'llaniladi. Kom puterli band qilish texnologiyalari
p o te n sia l tu rist b ila n tu ristik m a h su lo t so tu v ch i ta s h k ilo tla rn i
kommunikatsiya va axborot tizimi orqali uchrashtiradi. Komputer ekrani
turistik mahsulotlarning narxini belgilovchi birja va sotuvchi vazifasini
о taydi. Turistik mahsulot va xizmat taklif qiluvchi tarm oqlar, banklar,
moliya tashkilotlari, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalari
biijani tashkil qiladi. Turistik kom paniyalarni band qilish tizim lari biija
m a rk a zid a b o g ‘la n ad i. B ank su g ‘u r ta , m o liya ta s h k ilo tla ri va
kom m unikatsiya tizim lari o ‘z navbatida birjaning m arkazi va bu
tiz im n in g m ark etin g ta sh k ilo ti h iso b la n a d i. T u rizm birjasi esa
kom puterning ekrani va son ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.
Yangi turizm industriyasining tarkibidagi bozor va biijq m a’lum otlari
quyidagilardan tashkil topgan:
— Turizm markazlari va manzillari.
— Sayohat turlari va dasturlari.
— Havo yo‘llari transporti va uchish altem ativlari.
— M ehm onxona va boshqa joylashuv imkoniyatlari.
— H ar xil kem a transportlari, avtom obil ijarasi.
— D am olish xizmatlari, turlari va narxlari.
Biija tizimiga bog‘langan va a ’zo b o ‘lgan firm alar ham da potensial
tu ristla r barcha kerakli m a ’lum otlarni k o m p u ter ekranida k o ‘rish
imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday biija turli xil tarmoqlar va m am lakatlar
iqtisodiyotining global tarzda birlashuvi natijasida vujudga keladi.
Xalqaro biijada turist yuboruvchi va qabul qiluvchi markazlar o ‘zaro
aloqalarini axborot tizim lari orqali amalga oshiradilar. Bank va moliya
tashkilotlari ma’lumotlar manbayi boMgani uchun band qilish tizimlariga
bog‘lanib biijaning markaziy tashkiloti hisoblanadi. Markazga bog'liq
h ar bir tashkilot: m ehm onxona guruhlari turoperatorlar, sayohat
agentliklari, havo yo‘li kompaniyalari, avtomobillarni ijariaga beruvchi
tashkilotlar sotishga taklif qilgan mahsulotlarining narxlarini o ‘ziga
xos xususiyatlarini qabul qilish ham da jo ‘natish vaqti va soati haqidagi
b a rc h a m a ’lu m o tla rn i m arkazga y u b orib tu rad i. M azk u r q arz
kartochkalari va bankam atlar orqali birja markaziga kelib tushadigan
to ‘lovlardan har bir mijoz uchun servis haqi olinadi. Bundan tashqari,
m ahsulotni sotib olingan firm alarga to ‘lov to ‘langanda o ‘zining
kommission haqini ham ushlab qoladi. Bunday faoliyatining eng muhim
tom oni shundaki, biija tizim ini bank yoki moliya tashkiloti bajaradi.
Bu esa, ko‘pgina turizm kompaniyalari uchun juda qo‘l keldi. C hunki
tijorat operatsiyalarini amalga oshiruvchi har qanday tashkilot bank
yoki moliya tashkilotlarisiz faoliyat yurita olmaydi. N atijada m arkaz
yuksak darom ad manbaiga ega b o ‘ladi. Turizm da banklarga bog'liq
biija markazining yaratilishi va transmilliy kompaniyalarining biijaga
a ’zo yoki ta ’sischi sifatida kirishi turizm industriyasining imkoniyatlarini
kengaytirib, turizm da globallashuv jarayonini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |