Bolalar gigiyenik tish pastalari.
Mazkur pastalar sanab o‘tilgan tarkibiy qismdan tashqari yaxshi ta‘m beruvchi moddalar bilan
boyitiladi. Bular efir moylari, ovqatga ishlatiladigan essenstiayalardir. Bolalar gigiyenik
pastalarini tayyorlashdagi asosiy shartlaridan bo‘lib, yaxshi ta‘mga ega bo‘lish va organizm
uchun mutlaqo zararsiz bo‘lishlik hisoblanadi. Bu xususiyatlar bolalarni tishlarini yuvishga tez
o‘rgatish va bu muolajani ularda odat tusiga kiritishda yordam beradi.
Davolovchi – profilaktik tish pastalari.
Bu xildagi pastalar sanab o‘tilgan ma‘lum komponentlardan tashqari biologik aktiv
qo‘shimchalar, vitaminlar, shifobaxsh o‘simliklar ekstrakti va eritmasi, tuzlar, mikroelementlar
va fermentlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Bu sinfga kiruvchi pastalardan har kunlik tishlarni
tozalash uchun hamfoydalansa bo‘ladi. Shu bilan birgalikda ularni asosan parodont xastaliklari
bor, tishlarida ko‘plab karies va uning asoratlari mavjud bemorlarga tavsiya etish maqsadga
muvofiqdir. Karies profilaktikasida parodont va nokaries kasalliklari mavjud hollarda mazkur
pastalarning samarasi yuqori ekanligi isbotlangan.
Davolovchi – profilaktik pastalar tarkibiga kirgan komponentlar asosida 5 guruhga
bo‘linadi:
1.
O‘simlik moddalari tutuvchi
2.
Tarkibida tuzlar saqlovchi
3.
Tarkibida fermentlar saqlovchi
4.
Tarkibida biologik aktiv moddalar saqlovchi
5.
Kariesga qarshi tarkibli tish pastalari
Tarkibida shifobaxsh o‘simlik moddalari saqlovchi tish pastalari
Mazkur pastalar modda almashinuvini jonlantiradi, yaxshilaydi, to‘qimalar
regenerastiyasini kuchaytiradi, milklardan qon ketishini kamaytiradi, og‘izdagi noxush hidlarni
bartaraf etadi. Quyidagi guruhga kiruvchi tish pastalari bilan tanishamiz.
―Lesnaya‖ tish pastasi o‘z tarkibida 5% xvoy-karotin massasini saqlaydi. Unda xlorofidd,
karotin, askorbin kislotasi, tokoferol, balzamli smola mavjuddir. Tarkibida shunday kompleks
moddalarning borligi mazkur pastani milk to‘qimasiga yaxshi ta‘sir etib yallig‘lanish
jarayonlariga barham berishni, og‘izda noxush hidlarni yo‘qotish, xushbo‘y qilishni, milklardan
qon oqishini bartaraf etishni va shilliq parda regenerastiyasini ta‘minlaydi.
―Romashka‖ tish pastasi romashka va zveroboy singari shifobaxsh o‘simliklarning suvli-
spirtli ekstrakti bilan boyitilgan bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, yaxshi tozalovchi
xususiyatlarga va yaxshi maza ta‘mga egadir.
Shu guruhga kiruvchi, bolalar uchun mo‘ljallangan ―Buratino‖ ham tarkibida romashka,
mingyillik va qalampirmunchoq
o‘simliklarining
ekstraktini saqlab, yallig‘lanishka qarshi kuchli
vosita sifatida milklar yallig‘lanishida juda yaxshi samara beradi.
Bolalar tish pastasi ―Щelkunchiq‖ kalendula ekstrakti asosida tayyorlanib, tarkibida
karotin, liqonin, efir moylari, organik kislotalar saqlaydi. Fitonstidlarga boy bo‘lib, yallig‘lanish
jarayonlarida yuqori samara beradi.
―Parodontax‖ nomli tish pastasi ham tabiiy o‘simliklar asosida tayyorlangan. Ushbu tish
yuvish pastasi milklardan qon oqishini oldini oladi, yallig‘langan milklarga ijobiy ta‘sir
ko‘rsatadi, bakteriyalarni ko‘payishini to‘xtatadi, uglevodlar parchalanishidan hosil bo‘lgan
organik kislotalarni neytrallash hxususiyatiga ega. Milklarni mustahkamlaydi va yaxshi tozalash
sifatiga egadir. Mazkur tish pastasi tarkibida yalpiz, mirt, shalfey, romashka, rataniya, bikarbonat
natriy tutadi, bu esa parodont kasalliklarini profilaktikasi va davolash ishlarida samarali
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |