Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


FTORLANGAN SUTDAN FOYDALANISH TAVSIYALARI



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

FTORLANGAN SUTDAN FOYDALANISH TAVSIYALARI:
1. har kuni 200 ml sut ichish; 
2. bolalar yoshi 3-12; 
3. bir yilda 250 kun iste‘mol qilish shart . 


171 
Ftorlangan sutni 3 yoshidan boshlab ichgan bolalarda bir yildan so‘ng sut tishlarida karies 
jadalligining o‘sishini pasayishi 40-50% ni, 2 yildan so‘ng esa 58-65% ni tashkil qilgan. Doimiy tishlarda 
bu ko‘rsatkich bir yyldan so‘ng o‘rtacha 30-50% ni tashkil qilgan. 
Bugungi kunda olingan ijobiy natijalarga qaramasdan qator muammolar o‘z yechimini topishini 
kutmoqda. Xali anchagina izlanishlar, tajriba va tekshirishlar o‘tkazib, ftorlangan sutni qaysi yoshdan 
boshlab ichish samaraliligini, ichish muddatini aniqlab berish, hududiy sharoitdan kelib chiqib ftorning 
sutdagi konsentrasiyasini anioqlash yo‘llarini, bir kunda necha bor bola sut ichishini ilmiy asosda tasdiqlash 
kerak bo‘ladi. 
OSH TUZINI FTORLASH.
Ma‘lumki kishilar tomonidan osh tuzini qabul qilish miqdori bir xil emas. Dietologlar tavsiyasiga 
ko‘ra osh tuzini iloji borika ozroq iste‘mol qilish kerak bo‘ladi. Shunyng uchun osh tuzini ftorlashdan 
oladigan samara 40-50% ni tashkil qilarkan. 
1 kg osh tuzini 250 mg natriy ftorid bilan boyitish va undan profilaktika maqsadida foydalanish 
usuli ishlab chiqilgan va qator mamlakatlarda (Vengriya, Shveystariya, Kolumbiya va boshk.) karies 
profilaktikasi elementi sifatida qo‘llanilmoqda. Mazkur usul arzon, qulay, ommaviy va samarali bo‘lib, 
insondan xach kanaka qo‘shimchaa harakat talab qilmaydi. 
Vengriyada shu usuldan foydalanishning 8-yilida karies jadalligining o‘sish ko‘rsatkichi 40% ga, 
Kolumbiyada - 61% ga pasayganligi qayd qilingan. 
FTORIDLARNI MAHALLIY QO‘LLASH.
Ftorli 
laklar
- mahalliy profilaktika vositalari o‘rtasida keng tarqalib, ko‘p 
qo‘llaniladigan va yaxshi samara beradigan, emal, qobig‘iga uzoq muddat ta‘sir 
ko‘rsatuvchi vosita hisoblanadi. Ftor saqlovchi laklar emal qavat ustida yupqa plyonka 
qavatini hosil qiladi va 24 soat mobaynida o‘zidan erkin ftor ionini ajratib turadi. 
Fissuralar, tirqishlar, mikrobo‘shliqlarda esa u xaftalab saklanib kolishi mumkin. Ftor 
sakklovchi laklardan bugungi kunda keng ko‘lamda qullanilayotganlari - bu "Oigar‘a*:" 
tarkibida 2 , 2 6 % ftorid saqlovchi, "E1iog Rgokes-og" - 0 . 1 % ftorid saqlovchi, 
"Sotrozeak" ftorid natriy va ftorid kalsiy saqlovchi, "Ftorlak" 5% natriy ftor saqlaydi. 
"Ftorlak" tabiiy smolalar majmui bo‘lib tarkibi quyidagicha: 
Natriy ftor - 5 , 0 gramm 
Pixta balzami - 4 0 , 0 gramm 
Shellak - 1 9 , 0 gramm 
Etil spirti - 2 4 , 0 ( 9 5 % l i ) gramm 
Xloroform - 1 2 , 0 gramm (Harkov.farm.zavod). Ftorli laklar juda yuqori adgeziv 
xususiyatiga ega bo‘lib tishlar yuzasida uzoq muddat yaxshi saqlanadi. 
Ftorlakni qoplash usuli. Ftorli lakni tishlar yuzasiga surishdan oldin tishlar qatori 
tish cho‘tkasi va pastasi yordamida yaxshilab tozalanadi, paxta tamponlar erdamida 
kuritiladi va tish yuzasiga maxsus cho‘tkachalar yordamida yupqa qilib lak yotqiziladi. 
Lak tez kotishi uchun ilik xavo okimidan foydalanish mumkin. Ftorlak 4-5 minut ichida 
kotadi. Bemorga 12-24 soat ichida suyuq; ovqat ichish, qattiq narsalarni iste‘mol 
k;ilmaslik, tishlarni tozalamaslik buyuriladi. 
Ftorli laklar karies jadalligini o‘sishini 50% ga pasaytiradi. 
Bugungi kunda shunga o‘xshash laklarni VOKO firmasi ishlab chiqaradi. Mazkur 
firma preparatlaridan Fluoridin Gel-N5 (E1iog1s1:t Se1 N 5 ) tarkibida 5% natriy ftor tutadi. 
VOKO firmasi sintetik smolalar asosida hosil qilingan, tarkibida 5% ftorid natriy, 6% 
ftorid kalsiy saqlaydigan "Bifluorid-12" lakini tavsiya etadi. 
"Bifluorid-12" tishlarga koplanganda uning smolali asosi tish sathida bir necha kun 
turadigan plyonka hosil qiladi. So‘lak ta‘sirida erigan ftor ionlari plyonkadan ajralib emal 


172 
qavatga, singib boradi. Mazkur lak tishlarning ildiz qismi ochilib qolganda, yoki travma 
oqibatida zmal ko‘chib tushgan joylarga surtilganda tish sezgirligi keskin pasayganligi 
aniqlangan (Ag£e1k: N . M . , 1994: Ne11m1d E . , 1994: Zsoegz K . , 1994: 51:ozzeg e-.ak., 
1994) . 
Bunda ftoridlar dentin kanalchalarini tuldirib mineralizastiyani kuchaytiradi. 
VOKO firmasida "Bifluorid-12" asosida bolalarda karies profilaktikasida 
ishlatiladigan rangli indikatorli - "Fluoridin" (E1iog1s11p) laki ishlab chiqilgan. 
"Fluoridin" va "Bifluorid-12" laklari maxsus texnologiya asosida tayyorlangan bo‘lib, 
tarkibidagi ftoridlar zarrachalarini bir tekisda tarqalishini ta‘minlaydi. Tishga surilganda 
hosil bo‘lgan lakli plyonka uzoq muddat ftorid kalsiyning deposi sifatida o‘zidan ftor va 
kalsiy ionlarini ajratib turadi. Bu esa gidroksilapatitni ftorapatitga aylanib turishini 
ta‘minlaydi. 
O‘tkazilgan tajribalar, tekshirishlar natijasi "Fluoridin" va "Bifluorid-12" laklarining xususiyatlari 
to‘grisida quyidagi xulosani berdi: 
Tishlar kariesi profilaktikasi maqsadida va sezgirligi oshganda 
samarali ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ftoridlar tish qattiq to‘qimalariga chukir singib kirib, ftorid 
kalsiy deposini hosil qiladi. 
Foydalanish uchun qulay. 
Ma‘lumki tishlar chiqqanidan so‘ng ularni oxaklanib etilishi, dentin, emal mineralizastiyasi 
uzoq muddat (18 -1 9 yoshgacha) davom etadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan tortib karies 
profilaktikasi-maqsadida ftor tutuvchi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish