143
-juda yumshoq
Bemorlarga tish cho‘tkalarini tavsiya qilishdan oldin ularning Og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq
pardasi va parodont to‘qimasi ko‘rikdan o‘tkazilishi zarur. Aholi o‘rtasida ko‘proq o‘rtacha
qattiqlikdagi tish cho‘tkalari ishlatiladi.
Quyida bolalar yoshiga qarab tish cho‘tkalarini tavsiya qilish jadvalini xavola qilamiz
Bolaning yoshi
Cho‘tka ishchi qismining
o‘lchami (sm)
Cho‘tka tuklarining qattiqlik
darajasi
5 yoshgacha
2,0
Yumshoq
va juda yumshoq
6-7 yoshgacha
2,5
Yumshoq va juda yumshoq
8-10 yoshgacha
2,5 – 3,0
Yumshoq va qattiqroq
11 va katta yosh
3,0
Qattiqroq,
qattiq va juda qattiq
Tish cho‘tkasi individual foydalanish asbobi bo‘lib, uni ar bir shaxs o‘zi asrab tutish yo‘lini
bilmog‘i zarur. Yangi tish cho‘tkasini ishlatishdan oldin yaxshilab yuvib, ishchi qismi (tuklari)ga
sovun surtib stakanga bosh qismini yuqoriga qilgan holda bir kechaga qoldirish lozim.
Foydalanish oldidan sovunlangan tish cho‘tkasini oqar suvda yaxshilab yuvib, tish pastasi surtib
ishlatiladi.
Mikrobiologik tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki har qanday tish cho‘tkasining tuklarida
ko‘plab mikroorganizmlar mavjud bo‘lar ekan. Shuni inobatga olib tish cho‘tkalarini
foydalanilgandan so‘ng uzoq vaqt mobaynida maxsus g`iloflarda saqlash maqsadga muvofiq
emasdir. Yorug`lik va havo yetishmovchiligi bunday holda saqlangan tish cho‘tkalarida
mikroorganizmlarning tez ko‘payishini ta‘minlaydi. Bunday ol patogen mikrofloraning ko‘payib
faolligini oshiradi.
Tish cho‘tkalari o‘z elastikligini yo`qotib, tozalash darajasi pasaygan taqdirda
almashtirilishi lozim. Sun‘iy tukli cho‘tkalar uchun bu muddat 1-2 oyni tashkil etsa, tabiiy tukli
tish cho‘tkalari uchun bu 3-4 oydir.
Qattiq va juda qattiq tukli tish cho‘tkalarini faqat parodont to‘qimasi sog`lom
bo‘lgan
kishilargagina tavsiya etiladi. Shunda ham bordiyu tish cho‘tkasidan noto‘gri
foydalanilsa,
milklar shikastlanishi va tishlarning siyqalanish hollari vujudga kelishi mumkin.
Yumshoq va o‘rtacha qattiqlikdagi tish cho‘tkalari tukchalarining egiluvchanligi hisobiga
tishlar oralig`i, fissuralarga va milk osti sohalariga yaxshi kirib borishi natijasida yaxshi tozalash
xususiyatiga ega bo‘ladi
Tish cho‘tkasining ishchi qismi o‘lchamlari tishlarni qay darajada tozalay olish samarasini
belgilaydi. Qiyin tozalanuvchi sohalarga ham etib borib, tishlarning barcha sathini tozalaydi.
Bugungi kunda (bolalar va kattalar uchun) kichik o‘lchamli bosh qismiga ega bo‘lgan tish
cho‘tkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday tish cho‘tkalarni og‘iz
bo‘shlig‘ida har
tomonlama harakatlantirish qulaydir. Tish cho‘tkalarining o‘lchamlari bolalar uchun 18-25 mm,
katta yoshdagi kishilar uchun-30 mm gacha bo‘lishi kerak. Bunday cho‘tkalarda ishchi
qismining tuklari 3-4 qator bo‘lib, tutam-tutam bo‘lib joylashgan.
Zamonaviy tish cho‘tkalarining ko‘pchiligi ishchi qismidagi
tukchalarning har xil
o‘lchamliligi bilan farq qiladi. Bunda uzun tukchalar ishchi qismning periferik - chetki sohasida,
kalta tukchalar o‘rta qismida joylashgan bo‘ladi. Bu xildagi tish cho‘tkalarning tuklari tozalash
jarayonida tishlar oralig`idagi bo‘shliqka yaxshi botib kiradi va kontakt satlardagi yumshoq
karashlarni yaxshi tozalaydi. Shu bilan birgalikda milklarni massaj qilib ulardagi qon aylanish
jarayonini yaxshilaydi.
Zamonaviy tish cho‘tkalarining ayrim turlari 2 qator tukchalarning oziq-ovqat sanoatida
ishlatiladigan bo‘yoq moddasi bilan har xil rangga bo‘yalgan olda chiqariladi. Vaqt o‘tishi bilan
bu bo‘yalgan soha o‘zining rangini yo`qota boshlaydi va tish cho‘tkasini eskirayotganidan
dalholat beradi. Agar tish cho‘tkasining bo‘yalgan qismi 1/2 sohasida rangini yo`qotsa, demak
tish cho‘tkasini almashtirish muddati yetgan, uni almashtirish zarur. Bunday hol har kuni 2 marta
tish tozalanganda 2-3 oydan so‘ng sodir bo‘ladi.
144
Tish cho‘tkalarining dastaklari ham har xil shaklda bo‘ladi (to‘gri, bukilgan, qoshiqsimon).
Bugungi kunda shunday tish cho‘tkalari
mavjudki, tish tozalash paytida (2-3 minutdan so‘ng)
ularning rangi o‘zgaradi. Bunday tish cho‘tkalari bolalarga tavsiya qilinadi. Ular tish tozalash
vaqtini shunga qarab aniqlashadi. Ovoz chiqaruvchi tish cho‘tkalari ham tish tozalash vaqtidan
darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: