Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Mavzu bo‘yicha interaktiv usul



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

Mavzu bo‘yicha interaktiv usul: 
"Galareya bo‘ylab sayohat" usuli. 
Maqsad: talabalarga qisqa muddat ichida tez va aniq fikrlashni o‘rgatish. 
Mavzu matni: 
BOLALAR YOShIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘INING MALAKALI GIGIYENASI. 
MALAKALI GIGIYENA - bu, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar yuzasidan yumshoq karashlarni, tish 
chukmalarini (toshlarini) maxsus asbob-uskunalar yordamida mutaxassis tomonidan ma‘lum 
profilaktika qoidalariga rioya qilgan holda tozalashdan iborat muolajadir.
Bugungi kunda bolalar o‘rtasida amalga oshiriladigan og‘iz bo‘shlig‘ining malakali gigiyenasi 
tadbiri stomatologik kasalliklar kompleks profilaktikasi elementlaridan biriga aylangan. 
1970 yili shved mutaxassislari Axelssen va Lindhe lar og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasini 
karies va parodont yallig‘lanishi kasalliklari profilaktikasi programmasiga kiritishgan. Bu 
kompleks programma uz ichiga quyidagi tadbirlarni olgan: 
1. bolalarni ratsional ovqatlanishini ta‘minlash 
2. ftor saqlovchi vositalarni mahalliy qo‘llash 
3. og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasining muntazamligini ta‘minlash 
4. malakali gigiyenani amalga oshirish.
Mazkur dasturga muvofiq og‘iz bo‘shlig‘ining malakali gigiyenasini amalga oshirishlar orasidagi 
vaqt bolalarda 2-3 xaftani tashkil qilgan, chunki zich karashlar mavjud paytida gingivit belgilari 
va boshlang‘ich karies rivojlanishi uchun taxminan shuncha vaqt etarli ekan. 
Bugungi kunda og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasini amalga oshirish vaqti bolada shu 
muolajag‘a nisbatan talab paydo bo‘lishi bilan bog‘liq qilib belgilangan (NEXO dasturi 
bo‘yicha). 
Og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasi amalga oshirish qoidalari: 
1. Barcha tishlar yodli yoki eritrozinli bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Shifokor bemorga tishlar 
qatoridagi karash ko‘proq yigiladigan sohalarni oyna orqali ko‘rsatadi. Bemorlarga tishlarni 
to‘g‘ri yuvish qoidalari o‘rgatiladi va amalga oshiriladi; 
2. Tishni cho‘tka va pastalar bilan tozalagandan so‘ng qolgan tish karashlari abrazivli ftor 
saqlovchi silliqlovchi maxsus pastalar yordamida tozalanadi. Abraziv modda sifatida asosan 
dioksid kremniydan foydalaniladi. Ftoridlar konsentrasiyasi abraziv tozalovchi pastalarda 0,1% 
(0,22%-NaF yoki 0,8%-Na2P03 F") ni tashkil etadi. 
Tishlarning chaynov yuzasidan karashlar aylanuvchi maxsus cho‘tkalar yordamida, silliq 
yuzalardan esa-yumshoq rezina qalpoqchalar yordamida abraziv pasta bilan tozalanadi. Bunda 
abraziv pasta tutgan cho‘tka va rezina qalpoqchalar aylanish tezligi 5000 ayl/sek tashkil etishi 
kerak. 
Tishlarning kontakt (aproksimal) yuzalari flosslar yordamida tozalanishi lozim: 
3. Tishlar yuzasi karashlardan tozalanib bo‘lgandan so‘ng tish tozaligi darajasini nazorat qilish 
kerak bo‘ladi. Mustaqil nazorat uchun bolalarga uyda tishlar karashini bo‘yovchi tabletkalar 
(eritrozin) tavsiya qilinadi. 
Karies profilaktikasi dasturiga binoan o‘tkaziilaetgan og‘iz bo‘shlig‘i malakali gigiyenasi 
tadbirlari orasidagi muddat boshida bir muncha kiska bo‘lsa, keyinchalik bora-bora bu muddat 
borgan sari uzaya boradi. Buning sababi dastur asosida o‘tkaziilaetgan chora-tadbirlar bolalar 


140 
Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holatini kun sayin yaxshilab boradiki, unda endi tez-tez malakali 
gigiyenaga o‘rin kolmaydi. 
NEXO dasturiga binoan malakali gigiyenalar o‘rtasidagi muddat quyidagi faktorlar bilan bog‘liq 
bo‘ladi: 
1. bolalar va ota-onalarning dasturga qiziqishi;
2. bolalar tishlarining karies bilan zararlanish darajasi; 
3. doimiy tishlarning chiqish darajasi (asosan birinchi va ikkinchi doimiy molyar tishlar); 
4. doimiy molyar tishlarning chaynov yuzalarida karies belgisining mavjudligi. 
Karies diagnostikasi darajasi tozalangan tishlarda ancha yuqori bo‘lishini inobatga olib, og‘iz 
bo‘shlig‘i malakali gigiyenasini profilaktik ko‘rik paytida amalga oshirish makeadga muvofiqdir. 
Malakali gigiyenadan so‘ng uning samaradorligini og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini tekshirib 
ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Gigiyenik indeks ko‘rsatkichi tishlar yuzasida karashlar va 
toshlar mavjudligini miqdor jihatdan aniqlash bolaning mutaxassis shifokor stomatolog yoki 
gigiyenist nazorati ostida mustaqil tish tozalashidir. Buning uchun bemor yoki bolaning tishlari 
bo‘yoq moddasi bilan ishlov berilib buyaladi va gigiyenik indeks aniqlanadi. Shundan so‘ng 
bemor tishlarini o‘zi urgangan usulda tozalaydi va yana gigiyenik indeks aniqlanadi. Bunda 
shifokor nazoratchi bemor yoki bolaga tishlarining qaysi sohalari yaxshi tozalanmayotganini 
ko‘rsathib, tegishli ko‘rsatmalar beradi. Keyingi qatnovlarda nazoratli tish tozalash yana 
qaytariladi va tish tozalash amaliy ko‘nikmalari baxolanib boriladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish