Kariesning tarqalishi ko‘rsatgichi.
Karies tarqalishi ko‘rsatkichi-bu ma‘lum bir guru, udud, viloyat, davlat va x.k. Aholisi
o‘rtasida tishlarida karies mavjud kishilar sonini umumiy Aholi soniga nisbatan foizlar
miqdoridagi ifodalanishidir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun stomatologik ko‘rik o‘tkazilib,
karies mavjud tishlari bor kishilar sonini ko‘rikdan o‘tkazilganlarning umumiy soniga bo‘linib
100 ga ko‘paytiriladi.
Uni quyidagi formulada ifodalasa bo‘ladi:
Karies mavjud kishilar soni____ X 100
K T =
135
ko‘rikdan o‘tganlar soni
Karies tarqalishini baholash yoki bu ko‘rsatkichni ar xil hududlarda olingan
ma‘lumotlarini bir-biriga solishtirish maqsadida 12 yoshli bolalar uchun quyidagi baholash
mezonlari qabul qilingan:
Tarqalish darajasi:
Past darajada – 0 – 30%
O‘rta darajada - 31 - 80%
Yuqori darajada – 81 – 100%
Stomatologiya amaliyotida karies tarqalishi ko‘rsatkichidan tashqari yana uning jadallik
ko‘rsatkichi am aniqlanadi.
Karies jadalligi ko‘rsatkichi-o‘rtacha bir kishi uchun va induvidual bir kishi uchun karies
bilan zararlangan yoki uni asoratiga uchragan tishlar soni bilan ifodalanadi.
Karies jadalligini bir kishi uchun o‘rtacha miqdorini topish uchun ko‘rikdan o‘tkazilgan
kishilarning ar birida karies yoki uni asoratlarini hisoblash lozim. Ular quyidagicha ifodalanadi:
a) Sut tishlari uchun karies jadalligi kp (t)
k-karies kavagi bor tishlar soni
p-plombalangan tishlar soni
kp shu ikki ko‘rsatkich yig`indisidir.
b) kp (p) - karies kovaklari (k) va plombalar (p) soni
v) Doimiy tishlar uchun karies jadalligi-KPU (t)- bu karies kavagi, plomba va oldirib tashlangan
tishlar sonining yig`indisidan iborat; (KQPQU.)
g) KPU (p) - Doimiy tishlar uchun bir shaxsga tegishli tishlardagi karies kovaklari, plombalar va
oldirilgan tishlar sonining yig`indisidan iborat. Olingan ar bir tish uchun P ko‘rsatkich 5 ga teng
deb olingan.
Bunda bir tish ar xil yuzasida bir nechta karies kovaklari yoki plombalar mavjudligini am
hisobga olinadi.
Karies jadalligining darajasi faqat bir kishi uchun emas, xalq orasida: hududlar, viloyat,
shaar, korxonalar, maktablar va bog`cha bolalari o‘rtasida am aniqlanib, bir kishiga nisbatan
o‘rtacha ko‘rsatkich topiladi.
Buning uchun Aholi yoki maktab, bog`cha bolalari stomatologiya ko‘rigidan o‘tkazilib, ar
bir individual shaxs uchun KPU yoki Kp ko‘rsatkichlari aniqlanadi va KPU yoki Kp
ko‘rsatkichlar yig`indisi ko‘rikdan o‘tgan kishilar soniga bo‘linadi:
Σ KPU (yoki Σ kp)
ko‘rikdan o‘tganlar soni
Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar aniqlanganda kariesni boshlang`ich ko‘rinishi-oq yoki
qora dog‘`lar hisobga olinmaydi.
d) Karies jadalligi ko‘rsatkichlarini populyastiyalar o‘rtasida baholash: Buning uchun
ayrim ududlarda yashovchi kishilar (populyastiya) o‘rtasida KPU ning o‘rtacha ko‘rsatkichi
topilib solishtiriladi.
Jaxon Sog`liqni Saqlash tashkiloti (JSST) ning tavsiyasiga ko‘ra karies jadalligi
ko‘rsatgichining 5 xil darajasi farqlanadi:
№
Jadallik darajasi
Bolalar yoshi 12
Kattalar yoshi 35-44
1.
Juda past daraja
0-1,1
0,2-1,5
2.
Past daraja
1,2-2,6
1,6-6,2
3.
O‘rta daraja
2,7-4,4
6,3-12,7
4.
Yuqori daraja
4,5-6,5
12,8-16,2
5.
Juda yuqori
6,6-va yuqori
16,3-va yuqori
O‘choqli demineralizastiyani muvaffaqiyatli davolash uchun emal kristallari to‘ridagi
yyyetishmovchilik nuqsonlarini to‘ldiruvchi moddalar saqlovchi preparatlarning ishlatilishi emal
turg`unligini kislotalarga nisbatan oshiradi, emal strukturasining kerakli mineral tuzlar bilan
to‘yinishi uning o‘tkazuvchanlik xususiyatini pasaytiradi.
Kj=
Kj=
136
Do'stlaringiz bilan baham: |