Nazorat savollari
1.
Tizma boshchasining vazifasini izohlab bering?
2.
Ikkita tizmani biriktiruvchi boshchasining tarkibiy elementlarini ayting?
3.
Besh tizmali boshchani izohlab bering?
4.
Tizma boshchalari qanday bosim kattaliklariga mo‗ljallanadi?
5.
Mustahkamlash tizmalari germetiklikka qanday tartibda tekshiriladi?
6.
Ishlatish tizmasini germetiklikka qanday tartibda sinaladi?
319
7.
Favvora armaturasini tarkibini va vazifasini izohlab bering?
8.
Favvora armaturasining konstruktiv va mustahkamlik parametrlarini izohlang?
9.
Favvora armaturasini ishlatishdagi murakkabliklarni tushuntirib bering?
10. Quduqlar bog‗lanmasiga qanday talablar qo‗yiladi?
VIII-bob. MAHSULDOR QATLAMNI IKKILAMCHI OCHISH
USULLARI VA PERFORATSIYA QILISH.
8.1. Anomal past bosimli mahsuldor qatlamlarni (APBMQ) perforatsiya
qilish usullari
Past qatlam bosimli mahsuldor qatlamlarni ochishda jiddiy holda burg‗ilash
eritmasi tanlanadi qaysiki, loyli eritmalarni qatlamga jadal yutilishi, quduq tubi
zonasi chegarasidan neftni siqish holati va quduq tubi zonasidagi tog‗ jinslarining
filtratsiya xoss alarini yomonlashtirishi sodir bo‗ladi. Past qatlam bosimli mahsuldor
qatlamlarni ochishda maxsus eritmalar neft asosli, emulsiyali burg‗ilash eritmalari,
sirt faol moddalar qo‗shilgan loyli eritmalar, aeratsiyali suyuqliklardan va
boshqalardan foydalaniladi.
So‗ngan qatlamlarni ochishda quduqlarni tugallash asosan birinchi ikkita
usulda olib boriladi. Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin mahsuldor qatlamning usti
qismiga (shipiga) suvni yo‗lini bekituvchi kolonna o‗rnatiladi, mahsuldor qatlam
ochilgandan keyin do‗m yoki filtr tushiriladi. Suvni bekituvchi kolonna mavjud
bo‗lmaganda qurigan qatlam ochilgandan kiyin qatlamning qarshisiga filtrli
mustahkamlash kolonnasi tushiriladi va manjetli qo‗yma yordamida neftlilik
qatlamining yuqorisi sementlanadi.
Filtrlar aylana yoki yoriqsimon teshiklardan tashkil topgan bo‗ladi. Yoriqsimon
filtrlarni tayyorlash qimmat turadi va hamma vaqt ham quduqlarga qumlarni kirib
kelishini yoki ifloslanilishini oldini ololmaydi. Shuning quduq tubiga qum zarralarini
kirib kelishini oldini olish uchun boshqa turdagi jihozlar quduqqa tushiriladi.
Masalan ba‘zida quduqning tubi metall - keramik, qumli – plastmassali yoki graviyli
filtrlar bilan jihozlanadi.
Yuqori qatlam bosimiga ega bo‗lgan quduqlar ehtiyotkorlik choralarini
qo‗llash asosida qatlam to‗liq ochiladi, keyin ishlatish kolonnasi tushiriladi va
sementlanadi hamda mahsuldor qatlamning to‗g‗risi perforatsiya qilinadi.
321
Do'stlaringiz bilan baham: |