7.13-rasm. PN-YAGM pakeri.
1-mufta; 2-tayanch; 3-manjet;
4-stvol; 5-kiydirma; 6-korpus;
7-shponka; 8-plashka; 9-plashka tutqich; 10-
vint; 11-g‗ilof;
12-porshen; 13-klapan korpusi;
14-sharik; 15-egar; 16-qirqiluvchi vint.
PN-YAM turidagi paker neft va gaz quduqlaridagi ishlatish tizmasini oraliq
fazosini ajratish va qatlam tubi zonasidagi hosil bo‗ladigan bosimdan himoya qilish
uchun mo‗ljallangan. Paker zichlovchi moslamalardan, plashkali mexanizmlardan va
bayonet turidagi fiksatordan tashkil topgan (7.12-rasm). Pakerning stvoliga erkin
holda konus va zichlovchi manjet joylashtirilgan. Plashkalar plashka tutqichning
ariqchasiga kiradi va tashqi diametri 118 va 136 mm pakerlarda paker uchun
ushlagichning prujinasining kuchi ta‘sirida konusga qisiladi (7.12-rasm, b).
Boshqa pakerlarda plashka tutqich stvol va slindrli qisgichga biriktiriladi
(7.12-rasm,
a
). Chiroqning korpusi qulf bilan biriktirilgan, unda figurali oriqcha
mavjud bo‗lib, u orqali barmoq siljiydi va stvol bilan bog‗langan.
Pakerga hisobiy yuklanmani hosil qilib quvurni kerakli qiymatgacha
mahkamlab, pakerni o‗tkazish tugallanadi, bunda u 1,5 -2 marta o‗ng tomonga
aylantiriladi va keyin esa pastga tushiriladi. Boshmoqlarni ishlatish tizmasining
devoriga ishqalanishi evaziga chiroq va plashka korpusning qo‗zg‗almasligi
ta‘minlanadi. Barmoq buralganda figurali ariqcha orqali sirpanadi va stvol bilan
birgalikda pastga tushadi.
Pakerda stvolning harakatida konus plashkani siljitadi va eng so‗ngida ishlatish
tizmasining devoriga yakorlaydi (7.12-rasm,b). Pakerda stvol boshcha, tirgak,
manjetlar, plashkalar va plashka tutqichlar bilan birgalikda tushib silindrga tayanadi
(tirkaladi). Bunda stvol plashkani radial yo‗nalishda siljitadi va uni yakorlaydi.
Ajratilgan fazolarda manjetni qisish va pakerni germetiklash uchun pakerning stvoli
NKQ,ning og‗irligi hisobiga pastga tushiriladi.
Quduqdan quvur ko‗tarilganda paker ham ko‗tariladi. Bunda manjetlar
bo‗shatiladi, stvol esa o‗zining burtiki orqali konusni plashka tagidan bo‗shatadi,
hamda plashka korpusini ham bo‗shatadi va uni dastlabki holatiga keltiradi.
Quvurni ko‗tarishda va ularni chap tomonga 1,5-2 marta aylantirganda
stvoldagi barmoq qulfning figurali oriqchasiga avtomatik ravishda kiradi, va uning
hisobiga paker quduqdan ko‗tarib olinmasdan ikkinchi marta qaytadan o‗tkaziladi.
PN-YAGM pakeri zichlovchi, yakorlovchi, klapanli moslamalar va gadravlik
uzatmadan tashkil topgan. Pakerni o‗tkazish uchun NQKga shar tashlanadi va bosim
hosil qilinadi. Bosim 10 MPa bo‗lganda porshen plashka tutqichni itaradi, vintlarni
qirqadi, plashka konusga suriladi, ishlatish tizmasining devoriga tayanadi, zichlovchi
manjetni qisish uchun tirgak hosil qiladi. Quvurlarning og‗irligi ta‘sirida plashkalar
ishlatish tizmasining devori bilan ilashadi, ajratishni yakorlanishini va germetikligini
ta‘minlaydi, bosim 21 MPa –ga ko‗chaytirilganda pakerning o‗tish teshigi ochiladi.
301
Vintlar qirqiladi va egar shar bilan pastga tushadi. O‗qli yuklanma olinganda
manjet bo‗shatiladi, stvol yuqoriga harakatlanadi, plashkani bo‗shatib o‗zi bilan
birgalikda konusni olib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |