6.7.Qatlamni depressiyada ochish texnologiyasi
Qatlamlarni ochish jarayonini taksamaralashtirish muammosidv muhim joyni
gidrostatik bosimdan past bosim bilan qatlamlarni sifatli ochish masalasi egallaydi.
Mahsuldor gorizontlarni yuqori qatlam bosimi bilan ochishda burg‗ilash
eritmasining salbiy ta‘sir qilish holati qatlamlarni sinashda qatlamga depressiya hosil
qilinib tushirilganda ―qatlam - quduq‖ tizimida katta bosimlar farqi ta‘minlanganda,
past qatlam bosimida quduq tubi zonasiga yetkazilgan zararlarni qiyinchilik bilan
239
bartaraf qilinishi mumkin. Past o‗tkazuvchan qatlamlarni sinashda qiyinchiliklar
paydo bo‗ladi, qatlam va quduq oralig‗idagi bosimlar farqi katta bo‗lganda ham
quduq tubi zonasidan suyuqlik oqimini chaqirib bo‗lmaydi. Shuning uchun past
bosimli va past o‗tkazuvchan mahsuldor qatlamlarni sifatli ochish masalasi muhim
ahamiyatga egadir.
Bunday masalalarni yechish uchun maxsus suyuqliklarni va yuvuvchi
agentlarni ishlash talab qilinadi hamda quduq tubi zonasini ortiqcha bosimida
qatlamlarni ochish usullarining asosiy belgilari quduq tubidagi bosimni aniq
chegaragacha boshqarish imkoniyati hisoblanadi va u bosim qatlam bosimidan oshib
ketmaydi.
Quduqning tubidagi gidrostatik bosimni boshqarish burg‗ilash eritmasini
zichligini o‗zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda burg‗ilash eritmasining zichligi
aniq chegaragacha o‗zgartirilishi mumkin. Shuning qator holatlarda mahsuldor
qatlamni ochish uchun burg‗ilash usuli qo‗llaniladi va quduq tubidagi bosimni
saqlash ta‘minlanadi yoki undan ham kichik qiymat (quduqni muvozanatlashgan
bosimda va qatlamni depressiyada burg‗ilash) ta‘minlanadi.
Past o‗tkazuvchan yuqori bosimli qatlamlarni ochish jarayonida xorijiy
davlatlarda ham quduqni past bosim ostida burg‗ilash usuli qo‗llaniladi. Bu usulning
mohiyati quduq tubini yuvishda ham xuddi shunday zichlikdagi eritma qo‗llaniladi
ya‘ni, quduq tubiga beriladigan umumiy bosim qatlam bosimidan kichik bo‗ladi.
Bunday holatlarda mahsuldor qatlamni ochish qatlam suyuqliklarining oqimini
quduqqa kirib kelishi bilan kuzatiladi. Bunday sharoitda qatlamlarni ochishda quduq
ustiga ishonchli jihozlar o‗rnatiladi hamda ochishni amalga oshirishda mahsuldor
qatlamni burg‗ilashda quduq usti va yer yuzasi (barqaror va aylanuvchi preventorlar )
germetiklanadi.
Xorijiy davlatlarning tajribasi ushbu usul qo‗llanilganda ijobiy natijalarni olish
imkoniyati mavjudligini ko‗rsatgan. Suyuqlikning gidrostatik bosimdan past bo‗lgan
qatlamlarda mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochishda quduq suyuqlikka to‗ldiriladi
va burg‗ilash eritmasining qisman yutilishi kuzatilgan hamda kuchli drenajli
qatlamlarda burg‗ilash eritmasi to‗liq yutilishi mumkin.
Bunday holatlarda oddiy burg‗ilash usuli qo‗llanilganda qatlamning
o‗tkazuvchanligini katta qiymatga pasaytirishga olib kelgan ya‘ni, qatlamlarni ochish
quduq va quduq tubi zonasi oralig‗ida katta bosimlar farqida sodir bo‗lgan.
Past bosimli qatlamlarda mahsuldor qatlamlarni ochishning eng tejamkor usuli
ortiqcha bosimsiz burg‗ilash hisoblanadi.
Mahsuldor qatlamga qarshi bosimning (repressiyada) an‘anaviy texnologiyasi
bo‗yicha burg‗ilash yuqorida ko‗rsatilgani kabi burg‗ilash eritmasining qisman
murakkabligi va burg‗ilash asboblarini qisilib qolishi bilan kuzatiladi. Mahsuldor
qatlamlarni repressiyada birlamchi va ikkilamchi ochishda asosiy salbiy ta‘sir
qiluvchi holatlari mahsuldor qatlamning boshlang‗ich kollektorlik xossalarini
yomonlashishi hisoblanadi hamda amalda debitni potensial kamayishidir; quduqlarni
o‗zlashtirishda vaqt xarajatlarining davom etishi; qatlamlarni neftberaoluvchanlik
koeffitsiyentining pastligi.
Konlardagi qatlam bosimining pastligi quduqlarni repressiyada tugallash
siklida mahsuldor qatlamni ochishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi ayniqsa, bu holat
sunuvchi konlarda, past o‗tkazuvchan kollektorlarda, neftni qazib olish qiyin
konlarda ko‗proq sodir bo‗ladi.
Quduqlarni qurishning jahon tajribasi mahsuldor qatlamlarni ochishda
maksimal yutuqlarga erishish yo‗nalishini – bu mahsuldor qatlamni depressiyada
ochish hisoblanadi ya‘ni, qatlam bosimidan kichik bosimda. Neftgaz sanoati
rivojlangan xorijiy davlatlarda bu texnologiya keng tadqiqotlangan bo‗lib, bu
usulning istiqbolligi va oldingi texnologiyalar oldida amaliy afzalliklari bir qator qilib
belgilangan:
-neftli qatlamlarni mahsulligi katta qiymatga oshadi
-quduqlarni o‗zlashtirishga ketadigan xarajatning va vaqtning qisqarishi;
-qatlam mahsulotlarning qazib olish koeffitsiyentining oshishi;
-jins parchalovchi asboblarning resursini va qazish tezligini oshirish;
-burg‗ilash eritmasini yutilishshining oldini oldish;
-burg‗ilash asboblarining qisilib qolish ehtimolligini pasaytirish.
241
Quduqlarni depressiyada burg‗ilash texnologiyasi LUKoyl komponiyasi
tomonidan Rossiya davlatida shu jumladan respublikamiz konlarida quduqlarni
burg‗ilashda qo‗llanilmoqda. Mahsuldor qatlamda depressiyani hosil qilish (basimni
pasaytirish) quduqni yuvishda gazlangan neft bilan burg‗ilash jarayonida amalga
oshiriladi ya‘ni, eng yengillashtirilgan suyuqlikdan foydalaniladi va u mahsuldor
qatlamni shikastlantirmaydi.
Suv asosli burg‗ilash eritmalari bilan yuvishdan farqi g‗ovaklik muhitiga
filtratlar katta miqdorda kirib bormaydi.
Depressiyada burg‗ilash texnologiyasining mazmun mohiyati mahsuldor
gorizontning stvoli uchastkasini burg‗ilashning butun davomidagi jarayonda
quduqdagi bosim kattaligi qatlamdagi bosimdan kichik qiymatda ushlab turiladi.
Shuning uchun tog‗ jinslarining zarrachalarini qatlamni ifloslantirilishining oldi
olinadi. Qatlamga hech qanday yuvuvchi suyuqlikning suyuq fazasi kirib bormaydi
ya‘ni, quduqqa qatlam flyuidlarining oqimi kirib keladi. Bu texnologiyaning evaziga
mahsuldor gorizontning kollektorlik xossalari maksimal darajada saqlanish
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Gazlangan neft maxsus jihozlangan qurilma yordamida kompressor orqali
amalga oshiriladi va gazli aralashmada kislorod tarkibi pasaytiriladi. Gazli
aralashmada kislorodning miqdorining kamaytirilishi neftning uglevodorod bug‗lari
bilan portlash aralashmasini shakllanishining oldini oladi. Haydaladigan azotning
hajmi gazga to‗yingan neftning kerakli zichligini ushlab turish maqsadida qo‗shiladi
va yuvuvchi suyuqlik sifatida qo‗llaniladi. Ishning yakuniy rejimi chuqurlik
manometrining ko‗rsatgichlari bilan aniqlanadi. Bu ko‗rsatgichlar bo‗yicha
aeratsiyaning (gazlantirishning) optimal rejimi tanlanadi hamda azot fazasining
gazlangan neft fazasiga nisbatlari mahsuldor qatlamni ochishda qulay depressiya
rejimini ta‘minlaydi.
Bu texnologiya asosida quduqning mahsuldor gorizontini burg‗ilashning butun
davri bo‗yicha kerakli depressiyani ta‘minlaydi. Yuqorida ko‗rsatilgani kabi
ochiladigan mahsuldor qatlamdan qatlam suyuqligi oqimining kirib kelishini
boshqarish ta‘minlanadi. Bunda quduq ustiga o‗rnatilgan jihozlar burg‗ilash
jarayonida sodir bo‗ladigan neftgazpaydo bo‗lishini doimiy ravishda nazoratga olishi,
boshqarib bo‗lmaydigan bosimning ko‗tarilishini nazoratini va quduqning
favvoralanishiga yo‗l qo‗ymasligi kerak. Depressiyada burg‗ilash uchun tizim klassik
sirkulyatsiyadan farqli ravishda mutloq germetik bo‗ladi. Quduqning usti quvur orqa
halqasi to‗liq izolyatsiyalanishi uchun preventorlar va Shaffer firmasining
germetiklash qurilmalari bilan ta‘minlanadi. Gorizontal quduqlarni burg‗ilashda
yuqori uzatmadan foydalaniladi ya‘ni, quduqning gorizontal uchastkasini depressiya
bosimida xavfsiz o‗tishni ta‘minlaydi.
Eng sodda usullardan biri zarbali burg‗ilash hisoblanadi. Zarbali burg‗ilashda
burg‗ilash eritmasining bosim farqi bo‗lmaganligi uchun quduq tubi zonasining tog‗
jinslariga salbiy ta‘sir qilishi bartaraf qilinadi.
Bularning evaziga aylantirib burg‗ilash usuli bilan taqqoslanganda afzalligi
tufayli (narxining arzonligi va yengil jihozlarning qo‗llanilishi) AQSH davlatida neft
konlarida chuqur bo‗lmagan bir qator quduqlarni ochishda qo‗llanilgan. AQShda
uzoq davr davomida past bosimli qatlamlarni burg‗ilashda kombinatsiyalangan
usullar qo‗llanilgan, quduqning stvoli to mahsuldor qatlamgacha rotorli burg‗ilash
usulida olib borilgan, faqat mahsuldor qatlam zarbali usulda burg‗ilangan.
Past bosimli mahsuldor qatlamlarni ochilish sifatini oshirish quduq tubi
zonasini havo yoki gaz damlash usulini qo‗llash orqali erishiladi. Bunda quduq tubini
tozalashda yuvuvchi suyuqlikning o‗rniga gazsimon agent qo‗llaniladi, u mahsuldor
qatlamga qarshi bosim ko‗rsatmaydi qaysiki, qatlamni ochish quduqqa qatlamdan
suyuqlik yoki gaz oqimini kirib kelishi bilan kuzatiladi. Bundan tashqari bu usul
burg‗ilash tezligini oshirishni ta‘minlaydi va mahsuldor qatlamni ochish jarayonini
davom etishi kamayadi.
Tajriba ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, gazsimon agentlar qo‗llanilganda
gaz konlarida mahsuldor qatlamlarni ochish eng tejamkor hisoblanadi. Quduq
tubidagi burg‗ilangan tog‗ jinslarini tozalashda qo‗shni quduqdagi gazdan
foydalaniladi. Bu yerda kirib keladigan qatlam suyuqliklarining miqdori katta
bo‗lganda gazning sarfi 2 – 3 marta oshiriladi yoki maxsus ko‗piksimon agentlarni
243
qo‗llash talab etiladi. Bunday holatlarda mahsuldor qatlamlarni ochishda quduq tubi
aeratsiyali suyuqlik yoki ko‗pikli (ikki fazali yoki uchfazali) suyuqlik bilan yuviladi.
Quduqqa beriladigan siqilgan gaz va burg‗ilash eritmasining miqdoriy
nisbatlariga bog‗liq holda quduq tubida aniq bosim o‗rnatiladi.
Gazsimon agentlar, aeratsiyali suyuqliklar va ko‗piklar yetarlicha AQSH
davlatida neft konlarida quduqlarni burg‗ilashda qo‗llanilgan. Respublikamizda esa
past bosimli qatlamlarni yoki past o‗tkazuvchan tog‗ jinslarini burg‗ilashda va
qatlamlarni ochish burg‗ilash eritmalarining qo‗llanilishi bo‗yicha yetarlicha tajriba
to‗plangan.
Respublikamizdagi konlarda qatlamlarni ochishda yuvuvchi suyuqliklarning
mahalliy sirkulyatsiya oqimidan keng foydalaniladi ya‘ni, mahsuldor qatlamlarni
―quduq - qatlam‖ tizimida tenglashtirilgan bosim ostida ochish imkoniyatini beradi.
Keyingi o‗n yillikda ishlanadigan konlarda gorizontal - yon stvollardan –
tarmoqlangan quduqlarni burg‗ilash yo‗lga qo‗yilgan.
Qatlamlarning ochishni tejamkor usuli shunday holatlarda tanlanadi va
qo‗llaniladiki, agar u qo‗llanganda uning samaradorligiga haqiqiy baho berilganda.
Shuning uchun burg‗ilash eritmasining ta‘sir etish darajasi burg‗ilab tugatilgan
quduqning boshlang‗ich debiti bo‗yicha emas, balki qatlam quduq tubi zonasining
o‗tkazuvchanligining o‗zgarish va unga mos holda quduqning mahsulligini
boshlang‗ich koeffitsiyentiga qarab aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu
parametrlar hamda mahsuldor qatlamning boshqa parametrlari quduqlarni burg‗ilash
jarayonida aniqlangan bo‗lishi ya‘ni, qatlamni ochish va sinash hech qanday oraliq
texnologik operatsiyalarni olib bormasdan aniqlanadi. Shuning uchun oxirgi o‗n
yillikda
qatlamlarni
sinash
uslublarini
taksamaralashtirish
burg‗ilanadigan
quduqlarda mustahkamlash kolonnasini tushirguncha quduqlarni sinash jarayonini
obektni ochilishiga maksimal yoqinlashtirish yo‗li bo‗yicha olib boriladi.
Oldingi amaldagi usullar bo‗yicha qatlamlarni sinash ―pastdan – yuqoriga‖
sxemasi bo‗yicha quduqni burg‗ilash va mustahkamlash kolonnasi tugallangandan
keyin ko‗rish olib borilgan.
Bu ko‗rsatilgan usul quduq sinashdan uni sinov ishlatishgacha kiritguncha va
sinalgan obekt bo‗yicha kerakli ma‘lumotlarni olguncha uzoq muddat turib qolishi
ta‘minlagan. Mustahkamalash kolonnasi tushirilgandan keyin qatlamlarni sinash
qatlamga burg‗ilash eritmasi uzoq muddat ta‘sir qilgandan keyin olib borilgan va bu
esa qatlamning tabiiy parametrlarini pasayishiga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan; qatlamga
quduqlarni mustahkamlashda sement aralashmasi aniq ta‘sir ko‗rsatadi; perforatsiya
qilingan metall kolonnasining mavjudligi ham qatlam ma‘lumotlarini haqiqiylikdan
siljishga olib keladi. Shunday qilib, bir obektdan yuqorida joylashgan obektga o‗tash
ko‗p vaqtni va material vositalarining sarflanishiga olib keladi. Shuni ham aytish
mumkinki, bu ko‗rsatilgan usul bo‗yicha mahsuldorsiz qatlamlar sinalganda
mustahkamlash quvurlarini, sementni va quduqni mustahkamlash uchun vaqtni
keraksiz sarflanganligini ko‗rsatadi.
Shuning uchun bu usuldan ishlatish quduqlarida qatlamlarni sinashda
foydalaniladi ya‘ni, geologik qirqimi ma‘lum va mahsuldor qatlamlarni sinash, undan
keyin murakkab geologik sharoitda burg‗ilanadigan qidiruv quduqlarida qatlamlarni
sinash hamda quduqni ishlatishga topshirish quduqlarni o‗zlashtirishning qismi
hisoblanadi.
Oxirgi yillarda aksariyat neft va gaz quduqlarini burg‗ilash amaliyoti bilan
shug‗ullanayotgan davlatlarda ―yuqoridan - pastga‖ sxemasi bo‗yicha quduqlarni
burg‗ilash jarayonida qatlamlarni sinash usullari amaliyotda keng tarqalgan bo‗lib,
qaysiki, qatlamalarni sinash ochiq stvolda quduqlarni chuqurlashtirib borish bo‗yicha
mustahkamlash kolonnasini tushirguncha maxsus quduq tubi asboblarida –
―qatlamlarni sinagich‖ yordamida olib boriladi. Qatlamlarni sinagich asboblari
quduqqa quvurlarda quduq tubiga tirkalgan asboblar yordamida tushiriladi.
Qatlamlarni ―yuqoridan - pastga‖ sxemasi bo‗yicha sinash usullari bir qator
afzalliklarga ega ya‘ni, ochish va qatlamni ochish oralig‗ida hech qanday texnologik
jarayon yo‗q, shuning uchun ular oralig‗idagi vaqt qisqaradi va obektni sinaguncha
quduq tubi zonasiga burg‗ilash eritmasining salbiy ta‘sir qilishi kamayadi.
Quduqlarni burg‗ilash jarayonida qatlamlarni sinash kam vaqt sarflanishiga va
material vositalarining tejashga olib keladi. Burg‗ilash jarayonida qatlam to‗g‗risida
245
kerakli malumotlarni olish natijasida shu quduq bo‗yicha hal qilinadigan masalalarni
aniqlashtirish
mumkin bo‗ladi. Mahsuldor obekt mavjud bo‗lmaganda
mustahkamalash kolonnasini tushirguncha quduq tugatiladi va mustahkamlash
quvurlari tejaladi.
Bu yerda ko‗rsatilgan usul universal usul deb tan olinmagan bo‗lsada, hamma
sharoitlarda quduqlarni burg‗ilashda samarali darajada qo‗llaniladi.
Shunday qilib, ochiladigan qatlamlar ikki yoki undan ko‗p hamda sinaladigan
qatlamning qirqimida har xil o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan bir nechta qatlamchalar
topilganda qatlamning alohida uchastkasini quduq tubiga tirkaltirib qatlam
sinagichlar yordamida sinab ma‘lumotlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari
qatlamning qaysi qismidan qatlam suyuqligi oqimining kirib kelayotganligini
aniqlashning imkoniyati yo‗q.
Quduq tubidan katta balandlikda joylashgan qatlamlarni sinash ishlari ancha
murakkabdir. Quduqlarni chuqurlashtirib borish jarayonida sifatli sinash uchun
ishlarni tezda to‗xtatish va qatlam sinash ishlarini olib borish kerak.
Qatlamlarni sinashda amaliyotda quduq tubiga ikkita pakerlar bilan tirkalgan
qatlamlarni sinash jamlanmalaridan foydalaniladi. Bunda oraliqlararo sinashni
qo‗llash sinaladigan obekt quduq tubidan katta bo‗lmagan balandlikda joylashganda
qo‗llaniladi.
Shuning uchun hozirgacha quduqlarni burg‗ilash jarayonida qatlamlarni sinash
usullarni taksamaralashtirish sohasida davom ettirish dolzarb muammolardan biri
bo‗lib, qatlamlarni ochishni mahsuldor qatlamlarni sinash jarayoniga maksimal
yaqinlashtirish intilish bo‗lib qolmoqda hamda hamma ishlar majmuasini (kern
namunasini olish, geofezik tadqiqot va qatlamlarni sinash) to‗g‗ridan – to‗g‗ri
quduqlarni burg‗ilash jarayonida olib borish va qatlamlarni sinashni ―pastdan -
yuqoriga‖ sxemasi bo‗yicha olib borish hamda ―yuqoridan - pastga‖ sxemasida
sinaladigan obektni quduq tubidan qanday masofada joylashganligiga bog‗liq
bo‗lmagan holda mustahkamalash kolonnasini tushirguncha olib borish
imkoniyatidir.
Bu sohada erishilgan yutuqlar quduqqa kabel – trosda tushiriladigan qatlam
sinagichlarni yaratish va foydalanish hamda burg‗ilash quvurlarini yer ustiga olib
chiqqandan keyin qatlamning katta bo‗lmagan uchastkasini sinash imkoniyatini
berdi.
Bu asbob metodik jihatdan obektni quduq tubidan qanday balandlikda
joylashishiga bog‗liq bo‗lmagan holda obektni sinash imkoniyatini beradi. Bu yerda
qatlamni sinash davrida juda kichik hajmdagi namuna olinishi (6 - 8 l) hamma vaqt
qatlamni to‗yinish tavsifi to‗g‗risidagi ma‘lumotni olish imkoniyatini bermaydi ya‘ni,
qatlam noyaxlit tuzilmagan ega bo‗lganda nuqtali namuna olish xato xulosa
chiqarishga olib keladi. Shunga qaramasdan kabel arqonda tushiriladigan qatlam
sinagichlar keng qo‗llanilmoqda.
Qatlamlarni sinash va tekshirish texnologik jarayon sifatida quduqlarda olib
boriladi, burg‗ilash jarayonida qatlam to‗g‗risida bir – biridan farq qiladigan texnika,
texnologiyalar va ma‘lumotlar hajmini olish bilan farq qiladi.
Quduqqa quvurlar yordamida tushiriladigan va burg‗ilash jarayonida
qatlamlarni sinash amalga oshirilganda burg‗ilash quvurlari orqali katta bo‗lmagan
hajmda qatlam suyuqligini olish (gazni) va qatlamda gidrodinamik tadqiqot olib
borish zurur hisoblanadi.
Burg‗ilash jarayonida qatlamlarni tekshirish qatlam sinagichlar yordamida
amalga oshiriladi, namuna olgichning ishchi sig‗imi orqali qatlamdagi suyuqlikdan
katta bo‗lmagan hajmda namuna olish va qatlamning bosimini va haroratini yozib
olish bilan kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |