Tashkilotlar. Xalqaro turizmda turistik sayohatlarni tashkil etish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#516268
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 MAVZU



10 MAVZU:XALQARO TURISTIK 
TASHKILOTLAR. XALQARO TURIZMDA 
TURISTIK SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH
Reka: 
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik. 
10.2. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT). 
10.3. Nodavlat, tijorat va milliy xalqaro turistik tashkilotlar. 
10.4. «O‘zbekturizm milliy kompaniyasi». 
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik
Yangi ming yillik asrida turizm sohasi juda ko„pgina mamlakatlarda yangi ish 
o„rinlari yaratishda, xorijiy valyuta tushumlarini ko„paytirishda tez sur‟atlarda 
o„sayotgan iqtisodiy sektorda yetakchi o„rinni egallab kelmoqda. 
Xalqaro turizm ham jahonda eksport tarmog„i hisoblanadi va juda ko„p 
mamlakatlarda to„lov balansiga amal qilishda muhim omil sanaladi. So„nggi 
yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylandi. U jahon 
infrastrukturasiga katta miqdorda investitsiyalarni jalb etmoqdi. Bu esa mahalliy 
aholini ham, tashrif buyuruvchilarning ham turmush farovonligini yaxshilashga 
xizmat qiladi. Turizm davlat g„aznasiga soliq ko„rinishidagi pul tushumlari 
ko„payishini ta‟minlaydi. Turizm sohasida juda ko„p ish o„rinlari turistik 
korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo„ladi. Bu esa iqtisodiy 
imkoniyatlarni muvozanatlashtirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega 
shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi. 
Madaniyatlararo xususiyatlarni anglash va ko„ra bilish haqida shaxsiy 
aloqalarni o„rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi.Turizm xalqaro hamfikrlikni 
mustahkamlash va xalqlar o„rtasida hamkorlikni kuchaytirishda keng ufqlar 
ochadi. 
Xalqaro turistik aloqalarning jadal rivojlanishi ko„p sonli xalqaro 
tashkilotlarni tashkil etilishiga olib keldi. Bu sohada xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarni yaxshilashga, hamkorlik qilishga keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi 
kunda xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilan shug„ullanuvchi dunyoda 
turli maqom va kasbdagi 70 ga yaqin xalqaro tashkilotlarni sanash mumkin. Ularga 
jumladan quyidagilar kiradi: 
- BMT tizimidagi ixtisoslashgan tashkilotlar. 
- BMTning boshqa tashkilotlari, ularda xalqaro turizmni rivojlantirish 
masalalari onda-sonda muhokama etiladi va bu faoliyat sohasida asosiy 
hisoblanmaydi; 


- Ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlari; 
- Turizm bo„yicha xalqaro tijorat tashkilotlari; 
- Xalqaro turizmni rivojlantirishda hamkorlik qiluvchi milliy va hududiy 
tashkilotlar. 
BMT tizimidagi xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilanonda-sonda 
shug„ullanuvchi tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi: 
1. Birinchi marta 1963 yil Rimda o„tkazilgan turizm va sayohat bo„yicha 
BMT konferensiyasi.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS). 1968 yil Bern (Shveysariya)da 
rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm muammolari bo„yicha BMTning 
hududlararo mahsus seminarini o„tkazdi. 
3. Savdo va taraqqiyot bo„yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD). 1972 yil 
III sessiyada “Turizmni rivojlantirish” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda xalqaro 
turistik almashinuv statistikasi rahbarlik prinsiplari to„g„risidagi masala ham aks 
etgan. 
4. Hududiy iqtisodiy komissiya. 1975 yil BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi 
(YEEK) Yugosloviyada xorijiy turizmni rivojlantirish masalalari bo„yicha 
konferensiya o„tkazdi. 
5. BMT ta‟lim, madaniyat, fan masalalari tashkiloti (YUNESKO). 
6. Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT). 
7. Xalqaro assotsiatsiya, transport aviatsiyasi (ILTA). 
№ 1. BMT tizimida ixtisoslashgan tashkilotlar qatoriga: Butun jahon turistik 
tashkiloti (BTT) ham kiradi. U 1975 yilda BMTning ixtisoslashgan organi sifatida 
tashkil etilgandi. Turizm bo„yicha 100 dan ziyod mamlakatlar hukumat 
tashkilotlari birlashtirgan. Ko„plab hukumat va nodavlat tashkilotlarini kuzatuvchi 
sifatida ham ishtirok etadi. Bu tashkilot maqsad va vazifalari uning Nizomiga 
muvofiq “Iqtisodiy rivojlanishga, tinchlikka, o„zaro hurmat va gullab yashnashga, 
xalqaro munosabatlarda o„zaro hamfikrlikka turizmni rivojlantirish orqali hissa 
qo„shishdir”. Uning tomonidan xalqaro turizm sohasida bir qator deklaratsiyalar 
qabul qilingan. Ular orasida jahonda turizm to„g„risida Manila deklaratsiyasi, 
Akapulko hujjati, turizm bo„yicha Hartiya va turist ahloq kodeksi, turizm bo„yicha 
Gaaga deklaratsiyasi bor. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish