S. E. Xolmurotoy, N. T. Shoyusupova



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/165
Sana29.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#516137
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165
Bog'liq
Iqtisodiy sotsiologiya S. E. Xolmuratov 2005 (2)

AQSh, Kanada. 
“AQShga boshqa davlatlarga qaraganda ancha ko‘p immigrantlar 
keladi. Asosan past malakali ishchilar AQShga Meksika, Karib dengizi davlatlaridan 
keladi. AQSh va Kanadaga bir yilda keladigan muhojirlaming soni 900 ming kishi 
atrofida belgilangan va hisoblab chiqilgan”1;
Avstriya. “Mamlakatda 200 mingdan ortiq chet ellik ishchilar bo‘lib, ular Janubi- 
Sharqiy Osiyo, Sharqiy va Markaziy Evropadan kelib ishlaydiganlardir”2;
G’arbiy 
Yevropa. 
“U erda 6,5 mln. mehnat migrantlari mavjud. Immigrantlarni 
qabul qiluvchi hududlar Germaniya, Frantsiya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, 
G'arbiy Yevropadagi immigrantlaming 1/4 qismi Germaniyada 20 yildan beri 
yashayapti”3;
Yaqin 
va O’rta Sharqning neft qa/ib oluvchi davlatlari. 
“ Bu yerda ishchi bozori 
70-yillarda shakllangan. Saudiya Arabistoni, BAA, Baxrayn, Quvayt, Ummon 
davlatlaridagi ishchi kuchining 50 % i qo‘shni arab davlatlaridan kelgandir”4.
Yangi sanoatlashgan Osiyo, Tinch okeani va Lotin Amerikasi davlatlari. 
“Ishchi 
kuchini import qiladigan asosiy davlatlari quyidagilar: Singapur, Gonkong, Janubiy 
Koreya, Tayvan, Malayziya, Argentina, Braziliya, Venesuela”5.
1 Цапенко И. Социально-политические последовия международной 
миграции населения. / / МЭМО. 2003.
2 Международное экономики отношения. Учебник под редакцией доктора 
экономических наук, профессора А.И. Евокимова Москва «Проспект» 2004.
3
О ' в Ь а j o y g a q a r a l s i n .
4
0
‘ s h a j o y g a q a r a l s i n .
5
О
^ Ь а j o y g a q a r a l s i n .
78


5.3. Yangi ish oVinlarini yaratish
Bugungi kunda aholining ish balan bandligini ta’minlovchi asosiy omillardan 
biri — yangi ish o‘rinlarini yaratishdir. Yangi ish o'rinlarini yaratmasdan turib 
aholini o‘z-o‘zini ish bilan bandligini rag‘batlantirish mumkin emas.
Aholisi ko‘p mamlakat hisoblangan respublikamizda bu borada olib borilayotgan 
ishlar va ulaming natijalari haqida batafsilroq fikr yuritaylik.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “O’zbekiston aholisining soni 2004 yilda 25707,4 
ming kishini tashkil etdi. Aholi bandligini ta”minlashda ijobiy o'zgarishlar sodir 
bo‘ldi. Iqtisodiyotda band bolganlar soni 322,6 ming kishiga ko'paydi. Moddiy 
ishlab chiqarishda ishlovchilar soni 53,8% ni, nomoddiy ishlab chiqrishda 
ishlovchilar soni 46,2% ni tashkil etdi”1.
Mehnatga layoqatli aholi taqsimlanishining ham miqdori, ham sifat ko'rinishida 
iqtisodiyot sektorlarida birinchi navbatda, yuqori malaka va bilimga ega bo'lgan ishchi 
kuchlarini tanlanadi, bu bozor iqtisodiyotining ishchi kuchlariga bo'lgan asosiy 
talabidir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ma’lum ishchi kuchi soni yoki miqdorini 
va ikkinchi tomondan ishchi kuchining bilim, ko'nikma va malakasini talab qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi omilning roli ortadi. Mehnatga layoqatli 
aholining taqsimlanishi ishchi va mutaxassislaming bilim va malakasi bilan o‘zaro 
aloqada bo'ladi.
“ Ishchi kuchiga talab va taklifni hisobga olish va tartiblashtirish asosida mehnat 
bozori mehnat resurslarini xo'jalik yuritish sohalari va tarmoqlari hamda mehnatda 
bandlik shakllari bo'yicha taqsimlanish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, vaqtincha 
ishsiz qolgan mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy madad beradi. Mehnat bozorida 
shakllangan ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif natijasida 2004 yilda awalgi yilllarga 
nisbatan ishsizlar soni sezilarli ravishda 20 % ga kamaygan”2.
Iqtisodiy o‘sish, muntazam rivojlanishhamda bandlikning kengayishi bir vaqtning 
o‘zida amalga oshirilishi zarur. Bu borada respublilcamizda juda ko‘plab amaliy ishlar 
qilinmoqda. Yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini ta’sinlash, 
asosan, xususiy sektor hisobiga amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
bilan shug’ullanish aholi bandligi va YalM o‘sishining muhim manbaidir. Bugungi 
kunda rivojlangan mamlakatlarda aholining ish bilan band qismining 50 % dan 
ortig’i (Yaponiyada 80 % ) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida banddir.
“Yangi ish joylarini tashkil qilishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo'shma 
korxonalaming ham roli kattadir. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda 
yengil sanoatni, jumladan, paxta tolasini qayta ishlovchi korxonlar tarmog’ini tez 
sur”atlar bilan rivojlantirish ustuvor strategik vazifa etib belgilangan. Pirovardida 
birgina to‘qimachilik sohasida 2003 yilgacha 11 ta zamonaviy to'qimachilik korxonasi 
qurilib ishga tushirilgan bo'lsa, 2003 yilning o‘zida umumiy qiymati 180,6 million 
AQSh dollarlik 17 ta yangi qo'shma korxona foydalanishga topshirildi”3.
1 SISM.O’zbekiston iqtisodiyoti. 2004 yil №5.
2 O'sha joyga qaralsin.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish