O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


 Qadimgi Bobil podsholigi. Yangi Bobil podsholigi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

3. Qadimgi Bobil podsholigi. Yangi Bobil podsholigi
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi kabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi
siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib
bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil
shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida
amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida
sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu shaharda I-Bobil yoki
amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595
yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la
assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga xavfli
raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim
bilan birlashib yanchib tashladi.


15
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam
hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar
Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi.
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning
ikki daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug`orish inshootlarining va Old
Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy
markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi.
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-
1750 yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor
diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun
foydali bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach
tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin
shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Mari bilan
birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil Mari
shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari
Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar.
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun
Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy–
iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga:
akkad tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga sig`inadigan asosiy hududga va Elam
Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi.
Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-1712 yillar) davrida Bobilda ichki
ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq to’lovchilarning ahvoli
yomonlashadi. Er. avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda avval noma`lum
bo`lgan “kass” etnomidagi hind-yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar,
o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam
janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik
Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga
eramizdan avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar.
Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, Hammurapining qonunlar
to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali ma'lum.
Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu
to`plam Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to`plami
kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat edi.
Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik,
bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi
Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`payadi, bog`dorchilikda xurmo yetishtirish gullab-yashnaydi,
g`alla ekinlaridan, moyli o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy
sug`orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus
amaldorlar katta-kichik kanallarni ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxivi
hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha
sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim
jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z
yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan
qo’shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, agar puli
bo’lmasa o’zi va mol-mulki qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. Podsho
«Hammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan.
Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva
to’grisida eslatiladi. Ko’pincha qoramolni, dala ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijraga berilgan.
Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat'iy baho


16
berilgan va ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar
to’plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o’z ishini
mustahkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo`ydi, bu quruvchi o’limga hukm
qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan
(218-modda).
Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi
muhim omil bo’ldi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, jun va hunarmandchilik buyumlari
eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import
qilingan.
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar shug`ullangan, o’z xizmatlari
uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo’rlik bilan ham shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur,
Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo’lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb
atalgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan.
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to’lovchisi mayda
ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli ularning huquqlari qonun
moddalari bilan himoyalangan.
Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo’rlar zo’ravonligidan himoya qilgan: sudxo’rga
qarz uchun hosilni olishi ta'qiqlangan, kumush uchun qarz foizi 20, g`alla qarzi uchun 33 foiz bilan
cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala uchun qat'iy chora o’lim jazosi
qo`llangan, qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin
kishilardan tashqari «mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini bildirgan. Mushkenumlar
jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega
bo’lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga
tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko’ra pul jarimasi to’langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi
(ko’z uchun ko’z, tish uchun tish) qo`llanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki
marta arzon bo’lgan. Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va mulkka egalik
qilganlar.
Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo’lgan. Qullikning manbasi
urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati
ostida oila a'zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish huquqi,
ba'zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi o’g`ilning o’z ota-onasidan voz kechishi,
xotinning isrofgarchiligi, jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning
tabiiy ko’payishi bo’lgan.
Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, qul uncha katta bo’lmagan mulkka
ega bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga mulk vasiyat qilish mumkin bo’lgan.
Bobil oilasi ota va er hukmron bo’lgan patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh shartnomasi
asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o’z sepiga va erining sovg`asiga
o’z huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng, bolalar balog`at yoshiga yetguncha beva oila
mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog`ligini himoya qilgan, agar ayol eriga yomon
muomala qilsa, va uni mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga xiyonat qilsa, o’lim
jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga
«somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o’g`il-qiz ega bo’lgan, ammo o’g`ilga ko’proq
moyillik bildirilgan.
Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik,
sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zahirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga
va xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda
turgan, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga
birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan.
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan
olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati og`ir qurollangan, (redum) yengil
janchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi qonunlar
to’plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun


17
askarlarni harbiy boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun
to’lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan
o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar.
Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1055 - yilgacha
davom etadi. Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilni yuksak madaniyatini
qabul qiladilar. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqikka ega bo`ladilar. Ular soliq va
majburiyatlardan to`la ozod qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ldilar. Natijada
iqtisodiyot gullab-yashnadi, savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit
yaratildi.
Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini,
Suriyaning bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni
egallab oldilar. Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga istilochilik yurishlari qildilar. Ular er. avv.
XV asr oxirlarida Misrga qarshi kurash olib bordilar va Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga
majbur qildilar. Old Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi
uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat
murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini hukmronliklarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti
bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo`llab quvvatladilar,
Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib
bordilar. Er. avv. XII asr boshlarida Osuriya ham kassitlarga qaram bo`lib qoldi.
Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi, xususiy mulkchilikni kuchaygan
davri bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib tovar ishlab-chiqarish kamayadi. Yirik
yer egaligi mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p hollarda soliq to’lovlaridan podsho
farmonlari bilan ozod bo’la boshlaydilar. Bunday farmonlar chegara toshlarida “kudurru” (Yer
egalarini soliq va ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib qo`yila boshlanadi.
Er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga Elam halokatli zarba berdi. Elam bir necha
bosqinlardan keyin er. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatadi.
Navuxodonosor I (er. avv. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab
yuboriladi. Elamga shunday zarba beriladiki, u haqda uch asr (er. avv. 821- yilgacha) biror bir matn
xabar bermaydi.
Bobilni keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo`ltig`i qirg`og`i va janubiy
Mesopotamiyaning shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari muhim o’rinni egalladilar.
Ular yarim ko`chmanchi chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar er. avv. IX asrda Bobilni janubiy
qismini bosib oladilar va Bobil madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka
sig`inadilar.
Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. Osuriyaliklar Bobilda er.avv. VII asrgacha
hukmronlik qiladilar. Yangi Bobil podsholigini paydo bo’lishi eramizdan avvalgi 629-yilga
to’g`ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi.
Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (er. avv. 605-562-yillar)
davri bo’ldi. Bobil 200 ming aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga aylandi. Shahar
Frot daryosining ikki qirg`ogida joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo’lgan
ko`prik bilan birlashtirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun'iy tepalikda Bobilning muqaddas
ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil
qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning
markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning
biri deb hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil qilgan va
8 darvozadan shaharga kirilgan.
Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda Bobilni Eron
podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan avvalgi 331- yilgacha Ahmoniylar davlati
tarkibiga kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar davlatiga, uning yemirilishidan so’ng
Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.


18
Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga doir ma'muriy matnlar, yozuvlar, podsho
farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida ayrim antik mualliflar ma'lumotlari
mavjud.
Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni ko’paygan. Ibodatxona xo`jaligida yuzlab
qullar ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor uylarda o’nlab qullar mehnat qilganlar.
Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar.
Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar ko’pchilikni tashkil qilgan. Yangi Bobil
podsholigi davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan. Arxiv ma'lumotlariga ko’ra Egibi va
Murashu uylari katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalar ham tovar-pul
munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda podsho
xo`jaligi sezilarli rol o`ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy
xo’jaliklar yetakchi o’rinni egallaydilar.
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`og`i mamlakatlari va
Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda vositachilik qilgan. Misr,
Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar viloyatlariga g`alla,
kiyim-kechak va jun, gazlama yetkazib beradigan asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors davlatining
eng boy satrapliklaridan biri edi, u har yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat
solig`ini to`lagan.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish