Soтsiologiya fanidan ma‘ruza matnlari


Davlatda va nodavlat tashkilotlari, ularning munosabati



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/103
Sana28.03.2022
Hajmi2,32 Mb.
#514973
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
sotsiologiya fanining nazariy asoslari

Davlatda va nodavlat tashkilotlari, ularning munosabati
Davlat hokimiyati:
a.
Parlament (Oliy Majlis: quyi qonunchilik va Senat palatalari).
b.
Prezidentlik instituti. 
c.
Vazirlar Mahkamasi (8 ta VM a‘zolari, vazirlik 10 ta, davlat qo‗mitalari 9 
ta, jami 27 ta). 
d.
Sud hokimiyati va h.k. 
Nodavlat tashkilotlari: 
1)
Siyosiy partiyalar 
2)
Mahallalar (shahar, qishloq. ovullar). 
3)
Jamoat tashkilotlari va birlashmalari. 
4)
Xotin-qizlar tashkilotlari. 
5)
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va h.k. 
Huquqiy davlat konstitusiyaviy davlatchilikning real amalga oshishidir. Uning 
asosida insonni davlat terrori. Uning e‘tiqodi ustidan kuch ishlatishi, hokimiyat 
organlari tomonidan mayda homiylik qilishidan himoya qilishga intilish yotadi. 
Huquqiy davlat-suveren xalq irodasiga bo‗ysunuvchi, insonning erkinligi va boshqa 
huquqlarini himoya qiluvchi, o‗z faoliyatini qonunlar doirasida amalga oshiruvchi 
davlatdir. Bunday davlatda shaxs bilan hokimiyat o‗rtasidagi munosabatlar 
konstitusiyada belgilab qo‗yiladi, shuningdek, bu xalq bilan hokimiyat o‗rtasidagi 
munosabatlar «Ijtimoiy bitimlar» asosida ro‗y beradi. Davlat bilan fuqarolar 
o‗rtasidagi munosabatlarda ustivorlik inson huqulariga qaratiladi, qonunlar davlat va 
uning xatti-harakati bilan buzilmaydi.
Hozirgi davrda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat o‗rtasida qat‘iy chegara 
o‗tkazish qiyin masala. Turli huquqiy davlatlarning paydo bo‗lishi va rivojlanishi 
tajribasini e‘tiborga olib, huquqiy davlatnig quyidagi belgilarini keltirish mumkin. 
- rivojlangan fuqarolik jamiyatining mavjudligi; 
- shaxsning erkinligi, huquq va jamoatchilik tinchligini himoya qilish, xo‗jalik 
faoliyati uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratib bergan holda davlat faoliyati 
sohasini cheklash; 
- har kimning o‗z shaxsiy farovonligi uchun mas‘ulligini oshirish; 
- barcha fuqarolarning huquqiy tengligi; 


114 
- huquqning umumiyligi, uning barcha fuqarolar, tashkilotlar, muassasalar, 
jumladan. Davlat hokimiyati uchun ham teng taaluqli bo‗lishi; 
- xalq va davlat suverinitetining konstitusiyaviy –huquq jihatlaridan 
muvofiqlashganligi; 
- qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining bo‗linishi, ular faoliyatini 
hamkorlikdagi birligi; 

davlatning 
fuqarolik 
munosabatlarini 
muvofiqlashtirishda 
taqiqlash
metodining chegaradan chiqish metodiga nisbatan ustivorligi. Buning ma‘nosi shuki, 
huquqiy davlatda «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsalarga ruxsat etiladi» 
tamoyiliga amal qilinadi. Bunda chegaradan chiqish metodi faqat davlatga nisbatan 
qo‗llanilib, davlat faqat rasmiy qabul qilingan vakolatlar doirasidan chetga 
chiqmasligi lozim; 
- individ erkinligini cheklash fakat barcha kishilar erkinligi va huquqlarini 
himoya qilish bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Huquqiy davlat shaxsning mutloq 
erkinligini bildirmaydi. Har bir shaxsning erkinligi boshqa kishining erkinligiga zid 
kela boshlasa, xuddi shu yerda uning erkinligi tugaydi.
56
Huquqiy davlat sharoitida erkin raqobat natijasida mulkdorlar qatlami vujudga 
kelishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Davlatlar rivojlanish tajribasi 
ko‗rsatdiki. Faqat shaxslarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan 
umumiy farovonlikka erishib bo‗lmaydi. Chunki, jamiyatdagi har bir shaxsda 
mulkdor bo‗lish, tashabbuskorlik ko‗rsatish qobiliyati bo‗lavermaydi. Baribir, 
ijtimoiy tengsizlik davom etaveradi. Shuning uchun ham hayotda ijtimoiy davlat 
nazariyasi va amaliyoti (umumiy farovonlik davlati) paydo bo‗ldi. 
Ijtimoiy davlat – har bir fuqaro uchun munosib hayot tarzi, ijitmoiy himoya . 
ishlab chiqarishni boshqarishda ishtirok etishi, shaxsning o‗z-o‗zini realizasiya 
qilishi, hamma uchun teng hayotiy imkoniyatlar yaratish uchun intiladigan davlatdir. 
Bunday davlatning faoliyati umumiy farovonlik, jamiyatda ijtimoiy adolat 
o‗rnatishga qaratilgan bo‗ladi. Davlat mulkiy va boshqa ijtimoiy tengsizliklarni 
tekislashga harakat qiladi, kuchsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam 
beradi, har bir fuqaroni ish yoki boshqa hayot kechirish manbai bilan ta‘minlashga 
harkat qiladi, jamiyatda tinchlikni saqlaydi, inson uchun qulay hayot muhitini 
shakllantiradi. 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
milliy 
istiqlol 
sharofati 
bilan 
bozor 
munosabatlariga o‗tish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. 
Davlat va hukumat milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab kuchli ijitmoiy 
siyosat yuritib kelmoqda. 
O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi ham 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdir. Hozirgi davrda bunday davlat va 
jamiyat barpo etishning konstitusiyaviy va qonuniy asoslari yaratildi. Demokratik 
tipdagi milliy davlatchilik shakllandi. Fuqarolik jamiyatining belgisi sifatida ko‗p 
Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish