Internet materiallari
1.
Batigin G.S. ―virtualnie soobщestva i kommunikasiya v sotsialniix naukax‖.
www.NIR
ru/ socia / scipub.
2.
Zdravomislova S.A., Temkina A.A.. sotsiologiya gendernix otnosheni i genderniy
podxod v sotsiologii. Prometeus nsc.ru.
3.
Leksii po sotsiologii. Sotsiologiya. Otraslevie sotsiologicheskie teorii. Ekonomiki,
sem‘i, goroda sociologu narod.ru.
4.
Rossiyskaya Set Informasionnogo Obщestva – Sotsiologiya. Sotsiologiya.
Obщaya sotsiologiya. www.Isn ru-s-ci-l-gu,shtml.
5.
Sotsiologiya v ensiklopediyax. Sotsiologiya. Socionet narod.ru.
6.
Ekonomicheskaya
sotsiologiya.
www.isras.ru
.
Jurnal.
Ekonomicheskaya
sotsiologiya.
7.
Elektronnaya biblioteka – sotsiologiya, psixologiya i upravlenie. Soc.lib.ru
8.
Sentr sotsiologicheskogo obrazovaniya. – sociologu RU-Novosti.
www.
sociologu.ru
.
9.
WWW. edu. uz.
10.
WWW. ziyo.edu.uz.
11.
WWW.ec.edu.uz
.
12.
WWW.performance.edu.uz
.
13.
WWW.gov.uz.
V) MADANIYaT, DIN VA AHLOQ SOTSIOLOGIYaSI.
1. Madaniyat sotsiologiyasi
2. Din va diniy munosabatlar sotsiologiyasi.
3. Ahloq sotsiologiyasining mohiyati.
«Madaniyat» (arabcha «madaniyat» — madinalik, shaharlik, ta‘lim-tarbiya
ko‗rganlik) — kishilarning tabiatni, borliqni o‗zlashtirish va o‗zgartirish jarayonida
yaratgan moddiy, ma‘naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod
etish yo‗llari va usullari majmui. «Madina» so‗zi musulmonlarning aziz tutadigan
joyi — Madina shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta‘lim-
tarbiyani asosan Madinada olganlar. Madaniyat moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish,
ijtimoiy va o‗zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta‘lim, tarbiya,
ijod, ilm-fan, xizmat ko‗rsatish, turmush tarzi kabilar bilan birga rivojlanadi,
jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi.
Madaniyat tushunchasi keng va tor ma‘nolarda ishlatiladi. Keng ma‘noda —
madaniyat tushunchasi insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan
barcha moddiy va ma‘naviy boyliklarining yig‗indisini aks ettiradi. Tor ma‘noda —
madaniyat tushunchasi jamiyatning ma‘naviy-estetik turmushi darajasini ifodalash
uchun qo‗llaniladi.
Madaniyat atamasi keng ma‘noda qo‗llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy
va ma‘naviy hayotida qo‗lga kiritgan yutuqlar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki
52
xalqning ma‘lum davrda qo‗lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o‗qimishlilik,
ta‘lim-tarbiya ko‗rganlik, ziyolilik va ma‘rifatlilik hamda turmushning ma‘rifatli
kishi ehtiyojlariga mos keladigan shartlari yig‗indisini bildiradi. BMT Bosh
Assambleyasining qaroriga ko‗ra 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili» deb
e‘lon qilinganliga bejiz emas.
Sotsiologiyada «madaniyat» tushunchasi matematikadagi «sonlar», fizikadagi
«gravitasiya», ximiyadaga «modda» tushunchalari kabi muhim ahamiyatga ega.
Madaniyat — insonlar faoliyat natijalarining majmui o‗laroq o‗zida ikki holatni,
ya‘ni madaniy statikani (madaniyatning nisbatan turg‗un ko‗rinishlari) va madaniy
dinamikani, ya‘ni madaniyatning o‗zgaruvchan jihatini mujassamlashtiradi.
Madaniyat hodisasi XX asr boshlaridan e‘tiboran sotsiologiyaning alohida
yo‗nalishi sifatida tadqiq etila boshlandi. Bugungi kunga kelib, madaniyat keng tasnif
doirasiga ega bo‗lgan hodisa sifatida moddiy va ma‘naviy, ommaviy, me‘yoriy
(normativ), siyosiy, axloqiy, huquqiy, an‘anaviy, mehnat-kasbiy, ishlab chiqarish va
h.k. madaniyat xillariga ajratilgan holda tadqiq etilmoqda.
Madaniyat kishilarning yaratuvchilik faoliyati, maqsadli sa‘y-harakatlari
natijasida moddiy va ma‘naviy qadriyatlar bo‗lib, shaxsni shakllantirish va
kamolotida muhim omil bo‗lgan ijtimoiy hodisadir.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni asosan moddiy va ma‘naviy madaniyatga
bo‗lish rasm bo‗lgan. Madaniyatni moddiy va ma‘naviy madaniyatga bo‗lish inson
faoliyatining ikki asosiy sohasi — moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish bilan
bevosita bog‗liq. Moddiy madaniyat moddiy ishlab chiqarish bilan bog‗liq ijtimoiy
faoliyatning barcha sohalari va natijalarini o‗z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning
muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyat
tushunchasi doirasiga texnika vositalari, uy-joylar, binolar, arxitektura obidalari,
kiyim-bosh, uy-ro‗zgor buyumlari, iste‘mol vositalari deb ataladigan narsalar ham
kiradi.
Ma‘naviy madaniyat ma‘naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllariga ta‘sir
o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi.
Ma‘naviy madaniyat namoyon bo‗lishining turli shakllari, ya‘ni tabiiy va ijtimoiy
borlik to‗g‗risidagi har xil tasavvurlar va g‗oyalar, nazariyalar, ta‘limotlar, ilmiy
bilimlar, san‘at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar,
mifologiya, din va h.k. ana shunday faoliyat natijasidir.
Moddiy va ma‘naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Birinchidan, har
ikkalasi ham madaniyatning uzviy, o‗ziga xos udumlari ekanligini unutmaslik kerak,
ikkinchidan, inson faoliyatining mahsuli bo‗lgan ko‗pgina narsalar ham aqliy,
ma‘naviy, ham jismoniy mehnat natijasi sifatida paydo bo‗ladi.
Madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi vorisiylik an‘analariga bog‗liq
bo‗lib o‗zidan oldingi avlodlar yaratgan qadriyatlarni o‗zlashtirishdan boshlanadi va
yangi qadriyatlar yaratish yo‗lida tayanch vazifasini o‗taydi. Ana shu ikki jarayon —
eskilik bilan yangilik o‗rtasidagi ob‘ektiv zaruriy bog‗lanish vorislik deb ataladi.
Lekin bunda tarakkiyotga, xizmat qiladigan progressiv vorislikni unga to‗siq
bo‗ladigan reaksion vorislikdan farqlash lozim bo‗ladi. Madaniyatga ijobiy (pozitiv)
va salbiy (negativ) ta‘sir etuvchi vorislik ham mavjud.
53
Madaniyatda an‘analar omilining roli beqiyos. Xalq ma‘naviy merosi, an‘ana
va urf-odatlar tufayli kishilarning tarixiy, madaniy tajribasi to‗planib avloddan-
avlodga o‗tib boradi. Madaniy an‘analar deganda, faqat marosim va urf-odatlarnigana
tushunmaslik kerak. Madaniy an‘analar ayni vaqtda avloddan-avlodga o‗tib
boradigan; tarixan qaror topgan va ijtimoiy ongning tarkibiy qismiga aylangan
g‗oyalar va bilimlar, qadriyatlar, qarashlar va tasavvurlar, xulq va did normalari va
h.k. kabi omillarni ham o‗z ichiga oladi.
Madaniyat bevosita qadriyatlar bilan bog‗liq bo‗lib, uning turlari quyidagilar:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‗liq bo‗lgan qadriyatlar.
2. An‘analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‗ladigan axlokiy qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari
va ko‗nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste‘dodlarida namoyon
bo‗ladigan qadriyatlar.
4. Odamlar o‗rtasadagi jamoaviylik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka
asoslangan munosabatlarda namoyon bo‗ladigan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lgan
qadriyatlar.
Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‗z navbatida umuminsoniy qadriyatlar,
mintaqaviy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, diniy qadriyatlar turlariga bo‗linadi.
Madaniyat sotsialogiyasida ijtimoiy institutlar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy
institutlar deganda kishilarning ijgimoiy faoliyatlari tashkillanadigan va amalga
oshiriladigan
muassasalar
va
ularda
ijtimoiy
fe‘l-atvor,
harakatlarning
muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Ijtimoiy institut-larning ko‗rinishlari:
muvofiqlashtiruvchi (relyasion) institutlar (jins, yosh, kasb turi, qobiliyatlarga
oid mezonlarni aniqlab beruvchi ijtimoiy institutlar).
Boshqaruv(idora etish) institutlari.
3)
Birlashtiruvchi; (integrativ, uyg‗unlashtiruvchi) institutlar,
4)
An‘analar bilan bog‗liq ijtimoiy xulqni muvofiqlashtiruvchi institutlar
(odatlar, marosimlar, qarindosh-urug‗chilik munosabatlaridan iborat faoliyatlarni
tashkillovchi)
5)
Madaniy ijtimoiy institutlar (din, san‘at, adabiyotga doir faoliyatlarni
muvofiqlashtiruvchi).
Madaniyat sotsiologiyasida odamlarning intellektual, axloqiy, estetik
fazilatlari, amaliy sa‘y-harakatlariga intilish, qiziqish hamda ehgiyojlari muhim
ahamiyatga ega.
Madaniyat hodisasi taraqqiyot, sivilizasiya tushunchalari bilan bevosita bog‗liq
bo‗lib, bu boradagi aloqadorlik xususida ham alohida to‗xtalish maqsadga
muvofiqdir.
«Sivilizasiya (lot. fuqarolik, fuqarolikka oid, davlatga oid degan ma‘nolarni
bildiradi). Bu tushunchani shotland tarixchisi va faylasufi A. Ferposson (1723-1816)
jahon tarixiy jarayonining ma‘lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan bo‗lsa,
fransuz ma‘rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyatga xos bo‗lgan
atama ma‘nosida ishlatgan edilar.
Har qanday sivilizasiya:
1)
muayyan ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg‗or texnologiyasiga,
54
2)
rivojlanib boruvchi madaniy aloqalar, qadriyatlar, falsafiy qarashlar,
odob-axloq normalariga,
3)
ijtimoiy hamkorlikning pozitiv shakl va uslublariga ega.
Demak, sivilizasiya — jamiyat rivojidagi mantiqiy, progressiv bosqich bo‗lib,
ijtimoiy va madaniy rivojlanish darajasi sifatida madaniyat tushunchasi bilan
bevosita. bog‗liqdir.
Madaniyat sotsiologiyasi o‗z predmetini oydinlashtirishda, madaniy statika
(muvozanat) hamda madaniy dinamika (rivojlanish) iboralarini qo‗llaydi.
Madaniy statika (muvozanat) elementlariga moddiy madaniyat va nomoddiy
(ma‘naviy) madaniyatga xos bo‗lgan omillar, erishilgan natijalar kiradi.
Madaniyat hodisasi madaniyat majmui omilini ham o‗z ichiga olgan.
Madaniyat kompleksi (majmui) madaniy ob‘ektlar va xislatlarning yig‗indisi
bo‗lib, unga:
madaniy reallik;
madaniy meros;
madaniy msrosning ahamiyati;
uning ob‘ektiv bahosi;
madaniy universitetlar;
turmush tarzi tushunchalari kiradi.
Bundan tashqari, madaniyat sotsiologiyasida madaniy yoki ijtimoiy normalar
kategoriyasi ham bo‗lib, unga odamlardagi ko‗nikmalar, did, qiliq, qadriyatlar, diniy
e‘tiqodlar, odatlar, an‘analar, bilim va ilm, rasm-rusumlar, jamiyat a‘zolarining axloq
kodeksi va boshqalar kiradi.
Madaniyat shakllari.
Asosan uch turli madaniyat shakli farqlanadi:
1.Elitar madaniyat
2.Xalq madaniyati
Z.Ommaviy madaniyat
1. Elitar madaniyat (fransuzcha — «eng sara» so‗zidan olingan) — har qanday
ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv jihatlarini muvofiklashtirish hamda rivojlantirish
funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar
dastavval Platon, Aristotel, Nisshe va boshqalarning qarashlarida bayon qilingan
bo‗lib tizimli ko‗rinishga XX asr boshlarida V. Pareto, G. Moska, Mixelslar
tomonidan keltirilgan. hozirgi G‗arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi.
Bunda elita hokimiyatga yo‗nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska),
jamiyatda eng ko‗p obro‗, maqom, boylikka ega bo‗lgan, ommaga nisbatan aqliy va
axloqiy ustunlikka ega odamlar (X.Ortega-i-Gasset)„ jamiyatning noijodiy
ko‗pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng malakali mutaxassislar, menejerlar
va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilar (texnologik determenizm)dir, deb
izohlanadi.hozirgi zamon sotsiologiyasining yirik olimlari Mills, Rismen, Bell
asarlarida elita nazariyasi yanada rivojlantirilmoqda.
Kiborlar (yuqori toifa axoli) madaniyati esa jamiyatning imtiyozli tabaqalariga
mo‗ljallangandir. «Sanat san‘at uchun» qoidasi madaniyatda nafis san‘at, mumtoz
musiqa, faqat kiborlargina mutoala qiladigan badiiy adabiyot namunalarini nazarda
55
tutadi. Bunday madaniyat namunalari murakkab bo‗lib, ular maxsus intellektual-
estetik maqomga ega bo‗lgan, yuksak did vakillari uchun yaratiladi.
2.Xalk madaniyati aholi orasidan yetishib chiqqan, favqulodda iste‘dodga ega
shaxslar tomonadan bunyod bo‗lgan madaniyat. Xalq ijodining mualliflari odatda
noma‘lumdir. Jumladan, afsonalar, ertaklar, dostonlar («Go‗ro‗g‗li», «Alpomish» va
h.k.) shular jumlasidan bo‗lib, ular yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo‗shiq yoki
o‗yin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayillar, xalq bayramlari) ko‗rinishiga ega
bo‗lishi mumkin.
Z.Ommaviy madaniyat — XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot
vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar
uchun yetarli bo‗lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi
uchun tushunarli bo‗lgan madaniyat namunalari (ommaviy estrada musiqasi, sirk va
h.k.). Ommaviy madaniyat odatda kiborlar yoki xalq madaniyatiga nisbatan kamroq
badiiy qadrga ega va u omma tomonidan o‗zlashtirilishiga mo‗ljallab yaratiladi. Shu
o‗rinda ta‘kidlash joizki, milliy istiqlol g‗oyasi «Madaniyat va san‘at sohalari
faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga, g‗oyaviy badiiy jihatdan
sayoz, milliy qadriyatlarimizga yosh asarlarning yetakchi o‗rnini egallab olishga yo‗l
qo‗ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |