118
Mavzu 12. Mehmonxonada xodimlar bo‘limi
Reja:
1.
1.Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli
2.
Xodimlarni tanlash
3.
Xodimlarni tanlash mezonlari
4.
Ishga qabul qilish
1.Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli
So‘nggi yillarda mehmonxona sanoatida yangi texnologiyalar qo‘llanilishining
kengayishi bu yerda ish joylari qisqarishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida ,
mehnatni tashkil etishning muqobil usullari qo‘llanishiga, boshqaruvda ijodiy va
novatorcha yondashuvlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Katta mehnat sarfini talab qiladigan mehmonxona
sanoatida odamlar
kompaniyaning eng muhim aktivi hisoblanadi. Binobarin, xodimlarni boshqarish
mazkur qudratli aktivlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi va kompaniya
menejmenti tizimini va uslubini tarqatish va rivojlantirish ishiga qo‘shilgan katta
hissa hisoblanadi.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasida mijozlarning talabiga javob beradigan
xodimlarni tanlash juda muhim. Ko‘pgina xodimlar mijozlar
Bilan bevosita aloqa
qiladi va tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish jarayoniga o‘z-o‘zidan jalb
etiladi, xizmat ko‘rsatish sifati esa nafaqat ularning mahoratiga, balki onglilik
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Xizmatlar ko‘rsatish sohasida mijozlarni qanoatlantirishga
xodimlarning xushmuomalaligi, jonkuyarligi Bilan ham erishish mumkin.
Mehmonxona sanoatidagi kompaniyalarning aksariyati xodimlarni yordamchi
komponenti deb hisoblab, ularni boshqarishda lozim darajada e’tibor berilmaydi.
Ammo bu noto‘g‘ri, chunki mehmonxona sanoatida odamlar hech bo‘lmasa
korxonaning tarkibiy qismi va pirovard mahsulotning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi, Buning uchun tashkilotlar mijozlardan haq oladi. Masalan,
mehmonxonada
mehmon nafaqat yashash, xavfsizlik, tozalik uchun, balki
mehmonxona xizmatchilarining e’tibori uchun ham haq to‘laydi.
Mehmonxona sanoatida uzoq muddatli istiqbolda inson resurslaridan
biznesning bosh strategiyasi sifatida foydalanishning samaradorligini oshirishda
e’tibor kuchayadi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning
sifati menejmentdan inson
resurslarini rivojlantirishga ko‘proq e’tiborberishni talab qiladigan xodimlar ta’siri
ostida ta’minlanadi. Mehmonxona sanoati kompaniyalari mijozga yo‘naltirilgan
korxonaga aylanishi uchun xodimlar farovonligini oshirish va ularni rivojlantirishgan,
ularda tashabbuskorlikni oshirishga ko‘proq mablag‘lar joylashtirish zarurligini
anglab yetmoqda.
Mehmonxona sanoatiga big‘ishlangan chet El adabiyotlarida so‘nggi yillarda
inson resurslari Bilan bog‘liq jarayonlar, inson resurslari oldida turgan muammolar,
ularni faoliyati, huquqlari va kelajagi haqida ko‘p yozilmoqda. Ammo mazkur
jarayonlarni boshqaruvchi odamlar haqida esa juda kam gapirilmoqda.
Shunday tadqiqotlardan birida Kanadadagi 83
mehmonxonaning xodimlar
bo‘yicha menejerlari so‘rovdan o‘tkazildi. So‘rovdan o‘tkazilganlarning aksariyati,
119
aniqrog‘i, 63%ni 39 yoshdan oshgan ayollar tashkil etgan, 60% esa o‘z lavozimida
to‘rt yildan kamroq ishlayotgan bo‘lgan. Garchi so‘ralganlarning yosh doirasi uncha
katta bo‘lmasada, so‘rov faqat bir mamlakatda o‘tkazilgan va Ushbu tahlil natijalarini
dunyoning boshqa ilg‘or turistik mamlakatlariga tatbiq etish mumkin emas. Biroq
axborot shu shu yo‘nalishda amalga oshiriladigan kelgusi tadqiqotlar uchun foydali
bo‘lishi mumkin. Tadqiq qilingan menejerlarning 91% o‘z
ishidan qoniqishini
bildirdi. Va ularning majburiyatlariga asosan vakant o‘rinni reklama qilish,
xodimlarni tanlash, ular Bilan suhbatlashish, ular boshqarish va o‘qitib-o‘rgatish
kirishini qayd etdi. Yirik mehmonxonalarning xodimlar bo‘yicha menejerlari juda
ko‘p masalalarni hal qilishga ko‘proq vaqt sarflashi, oliy rahbariyat kam nazorat
qilinishi, bir so‘z
Bilan aytganda, kichik korxonalardagi menejerlarga qaraganda
ko‘proq narsalar uchun javob berishi aniqlandi.
Inson resurslarini boshqarishning tabiati biznesning samaradorligini ham, uning
muayyan a’zolari yutuqlarini ham belgilashi lozim. Ma’naviy muhitni, mehnatdan
qanoatlanishni yaxshilash kabi his qilinmaydigan foydani ham hisobga olish kerak.
Xodimlar hulq – atvori va malakasiga, mehmondo‘stlik sanoatidagi korxonaning
samarali faoliyatiga xodimlarni boshqarish xizmatining oqilona siyosati va samarali
faolyati ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: