Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/87
Sana28.03.2022
Hajmi1,58 Mb.
#513589
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

xususiyatlariga
quyidagilar kiradi: 

ishonarlilik; 

jonkuyarlik; 

ishonchlilik; 

tezkorlik; 

kommunikativlik; 

seriltifotlik.
Ishonarlilik
deganda xodimlarning va’da qilingan xizmatni aniq ko‘rsatish 
qobiliyati tushuniladi. Sifatli xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish ishonarlilikni 
ta’minlashdan boshlanishi lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kasbiy layoqati 
darajasining yuqoriligi ishonarlilikni ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Xodimlarning layoqatsizligi natijasida mehmonxona obro‘siga yetgan puturni 
mehmonxona binosini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashga sarflangan katta 
harajatlar ham, mijozga do‘stona va xushmuomala munosabat ham silliqlay olmaydi.
Jonkuyarlik
- mijozga yordam berish va zudlik bilan xizmat ko‘rsatishga 
tayyorlik. Xizmat ko‘rsatish vaqtida ko‘pincha favqulodda holatlar ro‘y beradi yoki 
mijozlar kutilmagan iltimoslar (masalan, nomerga oq royal yoki kattaroq karavot 
qo‘yish va h.k.) bilan murojaat etadi. Bunday hollarda korxonaning yuzaga kelgan 
muammoning oqilona yechimini topish qobiliyatiga baho beriladi. Xizmatlar, 
xususan, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi korxonalar faoliyatining 
o‘ziga xosligi shundan iboratki, bu yerda doim favqulodda holatlar ro‘y bergan va 
ro‘y beraveradi. Shu bois bunday muammolarni hal qilish yo‘llarini oldindan 
rejalashtirish va o‘z ish prinsiplarini ishlab chiqish zarur. Bunday hollarda xodimlar 
sifatli ishlashlari, yuzaga kelgan muammolarga zudlik bilan e’tibor berishlari, har bir 
korxonaning talabchan va janjalkash mijozlar bilan ishlash prinsiplariga rioya 



107 
qilishlari lozim (Pareto qoidasiga binoan, mijozlarning 20% muammolarning 80% ni 
vujudga keltirishini taxmin qilish mumkin). Mehmonxona korxonalarida o‘tkazilgan 
tadqiqotlar nizoli vaziyatlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning aksariyati o‘zini 
himoya qilishga, muammoning yuzaga kelishiga sababchi emasligini isbotlashga 
harakat qilishini ko‘rsatadi. Bu holat xizmatchilar rahbariyat mijozlarning talablarini 
qondirish haqida g‘amxo‘rlik qilishni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchi komil 
emasligidan dalolat beradi. Aks holda ular nizoni yanada kuchaytirish va o‘zining 
haqligini isbotlash o‘rniga eng avvalo muammoni hal qilishga harakat qilgan 
bo‘lardilar. Mijoz amalda doim ham haq bo‘lavermaydi. Biroq, mijozning haq 
emasligini isbotlash bilan mehmonxona hech qanday naf ko‘rmaydi. Aksincha, u 
mijozni yo‘qotadi, yangimijozni jalb qilish yanada og‘irlashadi va qimmatlashadi. 
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xalqaro uyushmasi o‘tkazgan tadqiqotlar yangimijozni 
jalb qilish harajatlari eski mijozni saqlashdan besh baravar qimmatroq ekanligini 
ko‘rsatdi. Texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadqiqot dasturlari instituti o‘tkazgan 
boshqa bir tadqiqot esa o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlardan norozi bo‘lgan mijozlarning 
91% bu korxonaga boshqa hech qachon murojaat etmasligidan va ularning har biri 
o‘z muammolari haqida boshqa mijozlarning kamida to‘qqiztasi bilan
o‘rtoqlashishidan dalolat beradi. Biroq, qilgan shikoyatlari qanoatlantirilgan taqdirda, 
bunday mijozlarning 54-70% o‘zlarini «xafa qilgan» korxona xizmatlaridan yana 
foydalanadi. Agar mijozlar yuzaga kelgan muammolar juda tez hal qilinganligini 
ko‘rsalar, bu raqam 95% yetadi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish