- 842 -
Eritromitsinni qo‘llash
cheklangan, chunki unga mikroorganizmlar tez
chidamlilik ortiradilar. Shu sababli u rezerv (zaxiradagi) antibiotiklar qatoridan
joy olgan va uni penitsillin va boshqa antibiotiklar
samara bermagan
- 843 -
hollardagina qo‘llashadi. Eritromitsinni ichish va mahalliy qo‘llash tavsiya
etiladi. Eritromitsin ― kam zahar antibiotik va kamdan-kam hollarda noxush
ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zida
dispepsik buzilishlar, allergik reaksiyalar rivojlanadi.
Superinfeksiya bo‘lishi mumkin. Huddi shunday xossalar va qo‘llashga
ko‘rsatmalarga oleandomitsin ega. Uni
Streptomyces antibioticus
ishlab
chiqaradi.
Oleandomitsin faolligi bo‘yicha eritromitsindan kuchsiz. Ularning
antimikrob ta'sir spektri va mexanizmi bir xil. Oleandomitsinning ta'sir
davomiyligi 6 soat chamasida. Zaxarliligi past.
U eritromitsinga nisbatan
kuchliroq mahalliy ta'sirlantirish xossasiga ega. Rezerv antibiotiklarga kiradi.
Tabobat amaliyotida oleandomitsin fosfat (oleandotsin, romitsil) enteral
qo‘llaniladi (ichiladi).
Oleandomitsin fosfatni tetratsiklin (oletetrin), tetratsiklin gidroxlorid
(sigmamitsin, tetraolean) bilan qo‘shib chiqarilmoqda.
Keyingi yillarda tibbiyot
amaliyotiga klaritromitsin, roksitromitsin va boshqalar kabi qator yarim sintetik
makrolidlar tadbiq etildi. Ta'sir mexanizmi bo‘yicha ular eritromitsindan farq
qilmaydi.
Klaritromitsin (klatsid) stafilakokklar va streptokokklarga nisbatan
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta faolroq.
Microbacterium avium intracellulare
va
Helicobacter pylory
bilan chaqirilgan infeksiyalarda samarador. Me'da-ichak
traktidan yaxshi so‘riladi, ovqatdan keyin ham. Miya to‘qimasiga o‘tmaydi.
Jigarda faol metabolit hosil qilish bilan qisman metabolizmga uchraydi. Buyrak
orqali ajralishi eritromitsinga nisbatan davomliroq ta'sir etadi. Klaritromitsinning
t
½
eritromitsininikiga nisbatan 3 marta kattaroq.
Samarador yarim sintetik
makrolidlardan yana biri roksitromitsindir (rulid). U keng antibakterial ta'sir
spektriga ega. Ichilganda yaxshi so‘riladi.
Azalidlar
1
makrolidlardan kimyoviy tuzilishi bo‘yicha farq qiladilar, ammo
asosiy xossalari ularnikiga o‘xshash. Ushbu guruh preparatlaridan biri
azitromitsin (sumamed) stafilakokk va streptokokklarga ta'siri bo‘yicha
- 844 -
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta kuchsizroq (faolsizroq), ammo
Haemophilus
influenza
hamda gramm manfiy kokklarga ta'siri bo‘yicha undan ustun keladi.
Ichakdan yomon so‘riladi ayniqsa unda ovqat bo‘lganda. Hujayralarda katta
konsentratsiyada to‘planish – qon zardobidagiga nisbatan 10-100 marta ko‘proq
azitromitsinga xos bo‘lgan xususiyat xisoblanadi. Ta'siri
davomiyligi t
½
= 2-4
kun (eritromitsinniki 2-5 soat). Gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi,
o‘zgarmagan holda buyrak orqali ajraladi. Enteral qo‘llaniladi. Noxush ta'sirotlar
sifatida ko‘ngil aynash, diareya, kamdan-kam hollarda eshitishni susayishi
kuzatiladi. Tannarxi eritromitsindan yuqori. Makrolidlar guruhidan yangi
antibiotik- diozalin (vilprafen) yaratilgan.
Streptomyces nazbonensis var.
josamycetics
ishlab chiqariladi. Boshqa makrolidlardan
asosiy farqi unga
mikroorganizmlarni chidamliligini kamroq rivojlanishidir.
Ta'kidlash joizki makrolidlar va azalidlar “atipik” pnevmoniyaning
qo‘zg‘otuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujayra ichidagi obligat
mikroorganizmlar-xlamidiy,
mikoplazmlar
va
legionellarga
qarshi
samaradordirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: