- 801 -
Metall tuzlarining kuydiruvchi ta'siri eng keskin natija xisoblanadi. U
albuminatlarning eruvchanligi qancha yuqori bo‘lsa,
shuncha kuchli namoyon
bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan albuminatlarni suvda va biologik suyuqliklarda
- 802 -
eruvchanligiga qarab metallarni quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Pb... Al,
Zn, Cu,Ag.....Hg. Qo‘rg‘oshinda burishtiruvchi ta'sir ( zich albuminatlar xosil
qiladi), simobda kuydiruvi ta'sir eng ko‘p namoyon bo‘ladi. Bir yo‘la ushbu
qatorda qo‘rg‘oshindan simobga qarab antimikrob faollik ortib boradi.
Antiseptik sifatida qatorning o‘ng tarafda joylashgan metallar ayniqsa
kumush va simob tuzlari eng ko‘p axamiyatga egadirlar.
Antiseptik sifatida simob tuzlaridan quyidagi preparatlar qo‘llaniladi:
a) suvda yaxshi eruvchan simob ikki xlorid ( sulema) – Hg Cl
2
b) suvda erimaydigan simob amidoxlorid (oq cho‘kma xosil qiluvchi simob) -
Hg NH
2
Cl va simobning sariq oksidi ( sariq cho‘kma xosil qiluvchi simob)-
HgO.
Yaxshi eruvchan va dissotsiatsiyalanadigan
simob ikki xlorid
yuqori
darajada mikroblarga qarshi faollikga ega. Preparatni qo‘l terisini, idish-
tavoqlar, xonalar va boshqalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Metall
buyumlarni dezinfeksiyalash uchun u yaroqsizdir,
chunki metallarni
korroziyaga olib keladi. Bemorlarni ajratmalarini zararsizlantirish uchun
preparat qo‘llanilmaydi, chunki oqsillar simob ikki xlorid faolligini kamaytiradi.
Preparat kuchli darajada maxalliy ta'sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lganligidan,
qo‘lga ishlov berish uchun onda-sonda qo‘llaniladi. Simob ikki xlorid juda
zaxarli ekanligini e'tiborga olish lozim. Moddani teri va shilliq qavatlardan oson
o‘ta olish xossasi noxush asoratlarni rivojlantiruvchi omillardandir.
Simobni sariq oksidini
ko‘proq ko‘zni infeksion jaroxatlanishda (
kon'yuktivit, keratit) qo‘llashadi.
Simob amidoxloridini
odatda piodermiya kabi
teri xastaliklarida qo‘llash uchun ko‘rsatma beriladi.
Simob birikmalari bilan o‘tkir
zaxarlanish, odatda simob ikki xloridini
tasodifan yoki maqsadli ravishda ichish bilan bog‘liqdir. U qorin soxasida
og‘riq, qayt qilish, diareya ( ovqat xazm trakti shilliq qavatiga kuydiruvchi ta'sir
tufayli), xamda MNS va yurak-tomir sistemasi ( o‘tkir yurak yetishmovchiligi,
kollaps) tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlarda ( kuchli susayish bilan
- 803 -
almashinuvchi qo‘zg‘alish) namoyon bo‘ladi. 2-4 kundan keyin buyrak
(“sulemali buyrak”) va ovqat xazm trakti (stomatit, yazvali kolit)
tomonidan
nekroz bilan bog‘liq belgilar rivojlanishi kuchayadi. Jaroxatlarni aynan shu
a'zolarda joylashishi simob birikmalarini organizmdan ajralishini asosiy
yo‘llari buyrak, xamda yo‘g‘on ichak va so‘lak bezlari bilan bog‘liqligi bilan
tushuntiriladi.
Simob ikki xlorid bilan o‘tkir zaxarlanishni davolash avvalam bor
preparatni so‘rilishini oldini olishdan iboratdir. Ushbu maqsadda me'da yuviladi,
unga simob birikmalarini antidoti bo‘lmish unitiol ( simobni bog‘lab oluvchi
sulfgidril guruh lari bor) kiritiladi. Ba'zida faollashtirilgan ko‘mir,
burushtiruvchi
moddalar eritmasini, tuxum oqsilini kichik xajmda kiritiladi.
Me'dani yuvishni juda extiyorlik bilan amalga oshirish lozim, chunki simob
ikki xlorid qizil o‘ngach va me'da shilliq qavatini jaroxatlaydi. Shundan keyin
surgi dorilari beriladi, xamda unitiol eritmasi bilan sifon ko‘xna qilinadi.
Qonga so‘rilgan preparatni faolsizlantirish uchun unitiolni tomirga kiritiladi.
yengil va o‘rta darajadagi zaxarlanishda
peshob ajralishini shidatli
kuchaytirish samaradordir. Kuchli zaxarlanishda, ayniqsa buyrak faoliyatini
buzilishi bilan kechishida tomirga unitiol va tetatsin-kalsiy
1
(SaNa
2
EDTA)
kiritib gemodializ va peritonial dializni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Simob
preparati bilan surunkali zaxarlanishda ( merkuzalizm
2
) og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq qavati (stomatit),
xamda MNS, qon xosil qilish a'zolari va boshqalar
shikastlanadi. Bu ko‘proq kasb bilan bog‘liq simob preparatlari bilan ishlash
tufayli yuzaga keluvchi zaxarlanish natijasidir. Shu sababli zaxarlanish
manbasini bartaraf etish birinchi va asosiy tadbir bo‘lib xisoblanadi. Antidot
sifatida unitiol,
xamda tetatsin-kalsiy, natriy tiosulfat qo‘llashadi.
_______________________
1
Simob bilan kompleks birikmalar xosil qiladi.
2
Grekchadan mercurius – simob.
- 804 -
Bundan tashqari organizmdan moddani tezroq chiqarib tashlash uchun
tadbirlar , hamda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.
Kumush preparatlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: