- 694 -
Ingichka ichakda safro javxarlarini
bog’lanishi
Xolesterin sintezining susayishi
Endoteliy
lipoproteinlipazasini
faollashishi
ZPLP retseptorlari sonining ortishi
Yog’ to’qimasi hujayralari ichidagi lipaza
faolligini ortishi
ZJPLP sintezini kamayishi
ZJPLPsekretsiyasining kamayishi
ZJPLPmiqdorining plazmada kamayishi(%) 25-35
5
35-50
25-40
ZPLPmiqdorining plazmada kamayishi(%)
20-55
15-
20
12-
18
11-20
6-22
ZYuLPmiqdorining plazmada ortishi(%)
5-10
5-10
4-5
11-15
18-35
5 rasm. Gipolipidemik vositalar ta’sirida yuzaga keluvchi asosiy
o’zgarishlar.
ZPLPning plazmadagi miqdori kamayadi. Shu bilan bir qatorda ZPLP va
xolesterinni jigarda katabolizmi ortishi kuzatiladi. ZJPLP va triglitseridlarning
kontsentratsiyasi avval ortadi, keyinchalik davolash jarayonida avvalgi holiga
qaytadi. ZYuLPning qon zardobidagi miqdori o’zgarmaydi yoki bir oz ortadi.
Preparat ichiladi. Juda xos noxush ta’sirotlar sifatida qabziyat, ko’ngil aynishi,
qayt qilish qayd etilgan.
Xolestiramindan
tashqari, safro sekvestranti sifatida boshqa yuqori
molekulyar ion almashinuv qatroni – kolestipol (dietilpentamin va
epixlorgidrinsopollimeri). U xolestiraminga nisbatan birmuncha yaxshi ta’mli
bo’lib, taxminan teng samaradorlikka ega. Ichakdan xolesterinni so’rilishiga
beta – sitosterin(o’simliklarda uchraydigan steroid birikma) ham to’sqinlik
qiladi. Insonlarning jarohatlanmagan ichagidan deyarli so’rilmaydi, ammo uning
barerlik funktsiyasining buzilishida qonga o’tadi va ksantomalarni hosil
bo’lishiga olib kelishi mumkin. Endogen va ekzogen xolesterinni
absorbtsiyasiga qarshilik ko’rsatadi. Bu beta-sitosterinning xolesterinni so’rilishi
- 695 -
uchun zarur bo’lgan safro kislotalari bilan bog’lanishiga bog’liq. Bu – sitosterin
xolesterin bilan ham kompleks birikma hosil qiladi va shu sababli najas
tarkibida xolesterin ko’p miqdorda ajraladi. Jigarda
xolesterinni sintezi
kompensator kuchaysada qon zardobida xolesterin va triglitserid hamda ZPLP
miqdori kamayadi. Preparatning samaradorligi yuqori emas. Tan narxi baland.
Preparatni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Diareya, ba’zan ko’ngil aynishi va
qayt qilish kabi noxush asoratlar bo’lishi mumkin.
Xolesterinni ekskretsiyasi va katabolizmini osonlashtiruvchi moddalar
qatoriga
polien(to’yinmagan) yog’ kislotalari(linol, linolen va araxidon) kiradi. Ular safro
va najas tarkibida xolesterin miqdorini oshiradilar hamda uni jigarda
katabolizmini kuchaytiradilar. Tabobat amaliyotida
linetol va araxidon
(to’yinmagan yog’ kislotalarining etil efiri aralashmasidan iborat). Linetolni
zig’ir moyidan, araxidonni qoramollarning me’daosti va buyrak usti bezi
lipidlaridan olinadi. Ikkala preparat ham enteral yo’l bilan II – B tip
giperlipoproteinemiyani kompleksdavolash vositalari tarkibiy qismi sifatida
qo’llaniladi. Probukol (lorelko) kimyoviy tuzilishi bo’yicha bisfenollarga
mansub (tokoferolni eslatadi). Probukolning gipolipidemik ta’sir
mexanizmi
to’liq o’rganilmagan. U qon zardobida ZPLP miqdorini kamaytiradi, jigarning
ZPLPni tutib olishini rag’batlantiradi (retseptorlar ishtirokisiz). Triglitseridlar
tutgan lipoproteidlar miqdoriga deyarli ta’sir etmaydi. U antioksidanlik
faolligiga ega ekanligi aniqlangan. Shu sababli ZPLP oksidlanishini susaytirib,
ularning aterogenligini kamaytiradi. Probukolning
kamchiligi shundan
iboratki, u qonda ZYuLP miqdorini kamaytiradi. Preparat ichiladi. Sekin va
kam so’riladi (taxminan 10%) t
1/2
~1 oy. Ichish to’xtatilgandan keyin 3-5 oy
qonda aniqlanadi bunda lipolipidemik ta’siri 3-6 xafta saqlanadi. Asosan
safro bilan ichakka tushadi va najas tarkibida ajraladi. Maksimal ta’siri 1-3
oy dan keyin rivojlanadi. Preparatni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush
ta’sirlar sifatida ko’pincha ko’ngil aynash, diareya, qorin soxasida og’riq
- 696 -
kuzatiladi. Fibratlar guruxiga – fibroyev kislota unumlaridan iborat bir qancha
ahamiyatli preparatlar mansubdir (gemfibrozil, bezafibrat, fenofibrat,
siprofibrat). Ular endoteliy lipoproteinlipazasi
faolligini oshiradilar, ZPLP
retseptorlari miqdorini ko’paytirib jigarda, ularni endotsitozini kuchaytiradilar.
ZPLPlarni jigarda sintezini va qonga o’tishini ham kamaytiradilar.
Bundan tashqari kamroq darajada xolesterinni jigarda sintezini to’xtatadi
(mevalon kislotasini hosil bo’lish bosqichida). Natijada qonda ZJPLP, ozroq
darajada – ZPLP miqdori kamayadi. (1-jadval gaqarang)
Samaradorligi bo’yicha gemfibrozil, bezafibrat, fenofibratva siprofibrat
(lipanor) o’xshash. Ularning farmakokinetikasida ba’zi farqmavjud. (4-jadval).
Fenofibrat (20-25s) va siprofibrat (48s dan ko’proq) eng davomli ta’sir
ko’rsatadilar. Maksimal klinik ta’sir sekin rivojlanadi (gemfibrozilniki 4
haftadan keyin).
Do'stlaringiz bilan baham: