- 604 -
Tuxum xujayra yetilgach follikula yoriladi ovulyasiya boshlanadi. Follikula
o‘rniga sariq tana xosil bo‘ladi. Progesteron sariq tananing asosiy gormonidir.
Jigarda u peshob tarkibida ajraladigan pregnandiolga aylanadi
1
. Gestagenlar
(progestagenlar),
estrogenlar kabi, steroid tuzulishli birikmalar qatoriga
mansubdirlar. Gestagenlar xayz ko‘rish siklining ikkinchi yarimida (sekretor
faza) bachadon shilliq qavatining keyingi transformatsiyasini amalga oshishiga,
tuxum xujayrasi urchiganda detsidual parda va yo‘ldoshni shakllanishiga imkon
yaratadi. Shunday qilib, xomilani xomiladorlik
davrida rivojlanishi uchun
sharoit tayyorlanadi. Shu sababli sariq tana goromoni ko‘pincha xomiladorlik
goromoni deb ataladi. Yo‘ldosh xam gestagen va estrogen gormonlar manbasi
xisoblanadi. Yo‘ldosh ta'sir xususiyatlari bo‘yicha gipofiz oldingi bo‘lagi
gormoniga
xos
bo‘lgan
xorionigonik
gonadotrop
goromon
(lyuteinizatsiyalovchi) ajratadi. Angar
tuxum xujayrasi urchimasa, sariq tana
teskari rivojlanishga uchraydi va xayz ko‘rish bachadon shilliq qavatining
ko‘chishi kuzatiladi. Jinsiy bezlar gormonlarining ishlab chiqarilishi gipofizning
oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari boshqaradi.
Estrogen va gestagen maxsus retseptorlar bilan
boglanib xujayra ichida
ta'sir ko‘rsatadilar.Asosiy ta'sir joyi bu xujayra yadrosi bo‘lib, u yerda estrogen
yoki gestagen retseptor kompleksi (majmuasi) DNK bilan brikadi va shu yo‘l
bilan oqsil sinteziga ta'sir ko‘rsatadi. Estrogen va gestagen (progestagen)lar ta'sir
ko‘rsatuvchi retseptorlarning eng ko‘p miqdori bachadon, qin, sut bezlari,
xamda gipotalamus va gipofizning oldingi bo‘lagida joylashgan.
Ayollar jinsiy gormon preparatlarining spetsifik faolligi ba'zan
biologik
standartizatsiya usuli bilan aniqlanadi. Estrogenlarni axta qilingan sichqon yoki
kalamushlarda kuyikish chaqirish (estrus) xossasi asosida sinaladi. Estrogenlar
ta'sirini jonivorlar qinidagi ajratmadan tayyorlangan surtma xarakteriga ko‘ra
xukum chiqariladi. Osoyishtalik davrida (anestrus) surtmada shilliq, leykotsitlar
va juda kam miqdorda yadroli epitelial xujayralar aniqlanadi. Kuyikish davrida
- 605 -
surtmada ko‘p miqdorda yadrosiz dag‘allashgan epitelial xujayralar aniqlanadi.
Bir ta'sir birligi (1 TB) 0,1 mkg estron faolligi mos keladi.
Gestagenlarni biologik standartizatsiyalashni balog‘atga yetmagan urg‘ochi
quyonchalarda o‘tkaziladi. Ma'lum sxema bo‘yicha
jonivorlarga avval estron,
so‘ngra progesteron kiritiladi. Bunda soxta xomiladorlik rivojlanadi. Bachadon
shilliq qavatining o‘zgarishlari taxminan xomiladorlikning 8-kuniga mos kelishi
kerak (gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi). Bir ta'sir birlik ( 1TB) 1 mg kristallik
prgesteron faolligiga teng.
_________________________________________
1
Estrogen va progesteronlar almashinuvi maxsulotlari glyukuron va sulfat
kislota bilan kon'yugatlar ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: