Ko‘rsatmalar:
surunkali gastroduodenit, pankreatit, gepatoxoletsistit va
boshqa ovqatni hazm bo‘lishi susaygan holatlarda.
Noxush ta’siri:
allergiya.
FESTAL
(Festal)
– tarkibida me’da osti bezi fermetlari va safro tarkibiga
kiruvchi moddalar bor: (lipaza va amilaza , proteaza, gemitsellyuloza, safro
komponentlari). Ichakning ishqoriy sharoitida oqsillar va uglevodlarni
parchalab, so‘rilishini ta’minlaydi.
Ko‘rsatmalar:
me’da osti bezining tashqi sekretsiyasi etishmovchiligi,
surunkali pankreatit, gastroenterit, qarilarda ovqat hazm bo‘lishini susayishi,
infeksiyalardan keyingi kolitlar, spru, operatsiya va antibiotik(sulfanilamid)larni
qo‘llagandan keyin rivojlanuvchi ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlarida.
Noxush ta’sir
i yo‘q, lekin preparatning tarkibiy qismlariga allergiya
bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.
ORAZA
(Orazum) – granulalari ovqatlanishdan oldin yoki u bilan
birgalikda ichiladi. Me’da kislotasiga chidamli bo‘lgan proteolitik va amilalitik
fermentlar kompleksidan iborat (amilaza, maltaza, proteaza, lipaza). Aspergiltus
oryzae-zamburug‘ining
kulturasidan olinadi. Me’dada parchalanmaydi,
ichakning ishqoriy muhitida eriydi. Ichakda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
Ichak mushaklari tonusini pasaytiradi, spazmolitik xossaga ega. Davolanish
boshlangandan 4-5 kun keyin dispepsiya, og‘riq va ich ketishlar bartaraf bo‘ladi.
Ko‘rsatmalar:
festalniki kabi.
Noxush ta’sirlari:
deariya bo‘lgan bemorlarda ba’zan ich ketishi
kuchayishi mumkin. Davolash 2-4 xafta davom etadi.
- 511 -
PANZINORM FORTE
(Panzyronum forte) – tarkibi me’da shilliq
qavatining ekstrakti, qoramol safrosining quruq ekstrakti, pankreatin va
aminokislotalarning xlorid kislota tuzlaridan iborat. 1 ta tabletkaning ferment
faolligi quyidagicha: lipaza-6000 ME, Tripsin-450 ME, ximotripsin-1500 ME,
amilaza-7500 ME. Panzinorm forte kuchli faollilikga ega, turg‘un poliferment
preparati bo‘lib, ovqat hazm bo‘lish jarayonini me’da va ichakda kuchaytiradi.
Ta’sir kuchi ayniqsa kuchsiz nordon sharoitda yuzaga chiqadi. Ya’ni preparat
ham me’da, ham ichakda ferment etishmasligi tufayli rivojlanadigan ovqat hazm
bo‘lish jarayonini buzilishlarini bartaraf etadi. Preparat safro, me’da, me’da osti
bezi va ichak fermentlarini kuchaytiruvchi moddalar saqlaydi. Tabletkalar
shunday tayorlanganki, undagi fermentlar asta-sekin, o‘zlarining optimal
fiziologik ta’sirlarini rivojlanish darkor bo‘lgan joylarda ajraladi. Jumladan,
preparat tarkibidagi safro ekstraktida o‘t kislotalari bo‘lib, yog‘larni hazm
bo‘lishini kuchaytiradi, me’da osti bezidan lipazani va proteazani ajralishini
oshiradi. Bu esa 12-barmoqli ichakda ovqat hazm bo‘lishi jarayonini
kuchaytiradi. Preparat tarkibidagi me’da shilliq qavatining ekstrakti tarkibida
yuqori proteolitik faollikga ega bo‘lgan pepsin va katepsin hamda peptidlar va
aminokislotalar bo‘lib, ular gastrinni ajralishini hamda me’da bezlarini
stimullab, Hcl kislotasining ajralishini kuchaytiradi. Preparat tarkibida barcha
essensial aminokislotalar bo‘lib, ular me’da, me’da osti bezi va ingichka ichak
shiralarini ajralishini, hamda preparatdagi pepsinni turg‘unligini oshiradi.
Preparatning birinchi qavati me’da shirasi ta’sirida erib, undan pepsin, katepsin
va aminokislotalar ajraladi, ichakda esa preparatning qolgan ichki qismi eriydi
va pankreatin hamda qoramol safrosi esktrakti ajraladi. Ya’ni preparatning
tarkibiy qismlari kerakli joyda o‘z ta’sirini namoyon etadi. Yaxshi tarafi
shundaki panzinormning tarkibidagi moddalar nafaqat etishmagan fermentlar
o‘rnini bosadilar, balki ularni ajralishini ham kuchaytiradilar.
- 512 -
Do'stlaringiz bilan baham: |