MAO INGIBITORLARI
Bu guruh dorilarining antidepressiv xossasining zaminida ularning MAO
fermenti faolligini keskin susaytirishi tufayli bosh miyaning ba’zi qismlarida
neyromediator NA, serotonin va dofaminning dezaminlanishi to‘xtab, katta
miqdorda to‘planishi yotadi. Bu vositalarning ko‘pchiligi MAO faolligini
kaytmas bloklaydi va shuning uchun 2 haftadan keyin yangi ferment molekulasi
qayta sintezlangandan keyingina MAO faolligi avvalgi darajasiga etadi. YUqori
zaharliligi va bir talay noxush ta’sirlari mavjudligidan MAO intibitorlari hozirgi
vaqtda antidepressant sifatida kamdan kam qo‘llanilmoqda.
MAO intibitorlari tomirlarni toraytiruvchi monoaminlar (tiramin, fenil-
etilamin) ta’sirini kuchaytiradi. Pishloq, qaymoq, kofe, vino, pivo kabi ovqat
- 356 -
mahsulotlaridagi monoaminlar MAO ishtirokida ichakda parchalandi. MAO
faolligi keskin susayganda monoaminlar parchalanmaydi va ichakda so‘rilib
tomirlarni toraytiradilar va qon bosimini oshib ketishiga olib keladi («pishloq
sindromi»). MAO ingibitorlarining yuqori zaharliligi ularning MAOdan boshqa
ko‘pgina fermentlar faolligini (masalan, jigar MOSning fermentlarini)
susaytirishlari bilan bog‘liq.. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida juda oz
gidrazin unumlari MAO ingibitorlari sifatida qo‘llaniladi.
NILAMID
– samaradorligi anchagina past bo‘lgan antidepressant, lekin
preparat jigarga kam zaharli ta’sir etadi, noxush asoratlari kam. Nilamidning
terapevtik ta’sir 7-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Davolash 1-6 oy davom
etadi. Preparating terapevtik ta’siri yaxshi rivojlangandan keyin preparatning
dozasi asta-sekin kamaytiriladi. Bemorlar bu preparatni odatda yaxshi qabul
qiladilar, lekin ba’zi hollarda dispeptik o‘zgarishlar, sistolik bosimning
pasayishi, bezovtalanish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi kabilar bo‘lishi
mumkin.
Qo‘llanilishi:
har xil formalardagi bo‘shashganlik, sustkashlik,
tashabbussizlik bilan kechadigan depressiyalarda, ayniqsa nevrotik, invalyusion
va siklotamik depressiyalarda, uch boshli nervning yallig‘lanishi va og‘riq bilan
kechadigan boshqa sindromlarda. Nilamid stenokardiya hurujlari sonini va
kuchini kamaytiradi.
Miya qon aylanishi buzilgan, yurak tomir etishmovchiligining
dekompensatsiya bosqichida, buyrak va jigar funksiyalarning buzilgan, kuchli
psixomotor qo‘zg‘alish kuzatiladigan bemorlarda ishlatib bo‘lmaydi. Nilamidni
rezerpin bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas, chunki kuchli qo‘zg‘alish
rivojlanadi. Nilamid insulin, peshob haydovchi dorilar, barbituratlar,
analeptiklar, mahalliy anestetiklar, gipotenziv vositalar ta’sirini kuchaytirishni
yodda tutmoq lozim.
Nomi
Kattalar uchun o‘rtacha
terapevtik doza va kiritish
yo‘li
CHiqarish shakli
- 357 -
Imizin –
Imizinum
Ichishga 0,025 – 0,05 g;
m/o 0,025 g;
Drajelangan tabletka 0,025
g; ampula 2 ml 1,25% li
eritma
Amitriptillin
–
Amitripyilinum
Ichishga 0,025 – 0,05 g;
m/ova t/i 0,02 g;
Tabletka 0,025 g; ampula 2
ml 1% li eritma
Nialamid –
Nialamidum
Ichishga 0,025 – 0,05 g;
Tabletka (draje) 0,025 g
Transamin
–
Transaminum
Ichishga 0,005 – 0,01 g;
Tabletka 0,005 g
Do'stlaringiz bilan baham: |