O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


O’z-o’zini boshqarish usullari. Kognitiv usul



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/187
Sana27.03.2022
Hajmi4,54 Mb.
#513173
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187
Bog'liq
fayl 2074 20211106

3. O’z-o’zini boshqarish usullari. Kognitiv usul.
Bu yo‘nalish 
namoyondalari mijoz muammolarini atrof muhit ta’sirga javoban yuzaga keladigan 
noadaptiv xulq-atvor shaklida ko‘rib chiqadilar. Demak, noadaptiv xulq-atvorni 
maqsadga yo‘nalgan tasir asosida ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin, degan fikrni 
ilgari surishadi. 
Kognitiv xulq-atvorning asosiy tomonlari: 
1.Talim - tarbiya jarayonidagi muammolar xulq-atvordagi muammolarni 
keltirib chiqaradi. Xulq-atvor reaksiyalari organizmning tashqi muhit tasiriga 
javobidir. 
2.Xulq-atvorni modellashtirish psixoterapevtik jarayon bo‘lib, unda kognitiv 
aspekt hal qiluvchi hisoblanadi.Shunday qilib, xulq-atvor tasir ko‘rsatish obekti 
bo‘lib namoyon bo‘ladi, yani salbiy xulq-atvor noto‘g‘ri o‘zlashtirilgan xulq-atvor 


243 
ko‘nikmalarining mahsulidir. Mutaxassis psixologik yordam berish jarayonida u 
muammoli deb hisoblagan vaziyatdagi shaxsning xulq-atvori haqidagi 
malumotlarga asoslanadi, chunki xulq- atvor kuzatuv natijasida ham o‘zgarishi 
mumkin deb hisoblanadi. 
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida quyidagi metodlar qo‘llanadi: 
1.
O‘z-o‘zini nazorat qilish (chuqur relaksatsiyaga o‘rgatish, qo‘rquv 
bosqichlarini aniqlash, relaksatsiya mashqlari yordamida xavotirlik va qo‘rquv 
orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash, xulq-atvorni modellashtirish va istalgan xatti- 
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash); 
2.
O‘z-o‘zini kuzatish (kundalik tutish); 
3.
Shartnomalar tuzish (mijoz-mutaxassis, mijoz-yaqinlari, mijoz-o‘z-o‘zi 
bilan); 
4.
Uyga vazifalar (uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar). 
Psixologik yordamning samaradorligi mijoz nuqtai nazarini faollashtirishga 
asoslanadi. Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan psixologning 
asosiy vazifasi diagnostik-o‘qituv hisoblanadi. 
1.Kognitiv balans nazariyasi doirasida o’tkazilgan ko’plab eksperimentlar 
ko’rsatishicha, qachonki biz o’zimizga o’xshash kimdir bilan suhbatlashar ekanmiz, 
biz katta ehtimol bilan qarashlar va baholarda bir - birimizga o’xshab boramiz. 
Bundan tashqari, biz qanchalik boshqa inson qarashlarini o’zimiznikiga o’xshash 
deya idrok etar ekanmiz, biz uni yoqtirish ehtimolimiz shunchalik oshadi. Ammo, 
eslatib o’tishimiz joizki, bizning idrokimiz ko’pincha kutishlarimizga o’z ta’sirini 
o’tkazadi. Biz bizga yoqadigan insonlar ko’plab masalalar bo’yicha bizga 
o’xshashbo’lishiniz kutishimiz, bu esa ularning bizga moslik darajasini bo’rttirib 
yuborishi mumkin. Xuddi shu tarzda bizga yoqmaydigan inson bilan farqlar ham 
bo’rttirilishi mumkin. 
Garchi o’xshash maqsadlar insonlarni yaqinlashtirsa ham, ba’zida aynan 
o’xshashliok shaxslararo attraksiyani keskin pasaytirib yuboruvchi omilga aylanishi 
mumkin. Bir xil maqsadga ega ikki insonning raqobati vaziyatida ko’pincha ular bir 
- birini yoqtirmaslikni boshlashadi. Bir ayolga erishishga intilayotgan ikki erkak 


244 
yaxshi do’stlarga aylanmaydi. Bir ish o’rniga da’vogarlik qilayotgan ikki ayol bir - 
biriga yoqishi qiyin. Mana nima uchun ikki insonda nimadir masalada o’xshash 
qarashlar mavjudligi ularning o’zaro bir - biriga yoqishini bashorat qilish uchun 
yetarli bo’lmaydi. Ba’zi omillar o’xshashlikning attraksiyaga ta’sirni kuchaytiradi. 
Ular quyidagilar: 
1)
insonlar mos tushadigan masalalar miqdori; 
2)
u yoki bu qarashlarning ahamiyati, muhimligi; 
3)
o’zarolik (ikki tomonlamalik). 
Hatto eng yaqin do’stimiz bilan ham biz barcha masalalarda o’xshash 
bo’lmaymiz. Va aynan yoqtirmaydigan insonlarimizdan ko’ra do’stlarimiz orasida 
mos tushadigan insonlar soni ko’proq. Biz o’z do’stlarimizni qisman ko’plab 
qarashlarimiz umumiyligi sababli tanlaymiz va biz biz ular bilan ko’plab miqdordagi 
masalalar bo’yicha moslikka moyillmiz, chunki - biz do’stlarmiz. Bundan tashqari, 
biz masala do’stlik munosabatlarini shakllantirishi yoki buzib yuborishi mumkin 
emas, ammo biz mos tushadigan masalalar soni bizning munosabatlarimiz davomiy 
bo’lishi yoki bo’lmasligining yaxshi ko’rsatkichi bo’lishi mumkin.Ba’zi qarashlar 
bizning dunyoqarashimizda markaziy o’rin egallaydi, ular barqarorroq bo’lib, ularni 
o’zgartirish qiyin, hatto bu simmetrik munosabatlarga erishish uchun ham talab 
etilsa ham. Shu sababli muhim dunyoqarash masalasi bo’yicha moslik bizning 
boshqalar bilan do’stona munosabatlar o’rnatishimizda qisman hal etuvchi o’rin 
tutadi. Agar birga yig’ilgan insonlar uchun jiddiy ahamiyat kasb etmaydigan 
masalalar bo’yicha turli xil qarashlar paydo bo’lsa, hatto ularning mavjudligi ham 
do’stona xarakterdagi munosabatlarning o’rnatilishi uchun ta’sirko’rsatmaydi. Agar 
muhokama qilinayotgan masala suhbatdoshlardan biri uchun katta ahamiyat kasb 
etsa, unda ularning baholaridagi nomuvofiqlik tezda ular orasidagi munosabatlarga 
o’z ta’sirini o’tkazadi. Modomiki, insonning hayotiy ustanovkalar muayyan ijtimoiy 
- madaniy muhitda shakllanar ekan, ma’lumot olganlik, o’tmish tajribasi, ayrim 
ma’naviy qadriyatlar va h.k.lar boshqa inson uning uchun yoqimli bo’lishi yoki 
bo’lmasligiga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Turli xil irq, diniy qarashlar, ijtimoiy 
- iqtisodiy guruhlar, turli darajadagi ma’lumot darajasi namoyondalari orasidagi 


245 
turmush ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha o’xshash bo’lgan insonlar turmushiga 
nisbatan katta ehtimol bilan ajralish bilan tugashi mumkin. 
O’zarolik (ikki tomonlamalik). - o’xshashlik tamoyilining shaxslararo 
attraksiyaga ta’sirini kuchaytiruvchi yana bir o’zgartiruvchidir. Biz bizning 
yoqtirishimiz kuchayishi ko’p jihatdan bizga yoqayotgan inson bizga ham shunday 
tuyg’uni his qilayotganligini, bu inson bizga befarq emasligini his qilishimizga 
bog’liq bo’ladi. Biz boshqa insonga yoqishimizni bilishimiz o’ziga xos mukofot 
bo’ladi va o’zimiga bahomizni oshiradi. Agar bizning tuyg’umiz o’zarolikka ega 
bo’lmas, unda biz ushbu insonga qiziqishni pasaytirgan yoki yo’qotgan holda ushbu 
tuyg’uni eplashtirishga harakat qilamiz. 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish