O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/187
Sana27.03.2022
Hajmi4,54 Mb.
#513173
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187
Bog'liq
fayl 2074 20211106

Kontseptual modellar. 
Muhtoj axloq tabiati haqidagi tasavvurlar 
madaniyatning rivojlanishi bilan parallel ravishda rivojlandi va hozirgacha 
mukammal deb hisoblash mumkin ems. Tarixan birinchi bo`lib, ehtimol, addiktiv 
axloqsizlik va ma'naviy nomukamallik oqibati sifatida ma'naviy model chiqdi. Bu 
model halokatli odatlar odamning gunohkorligi ko`rinishlaridan biri hisoblanishiga 
mos tushuvchi diniy dunyoqarash boshlanadi.
Etnik nuqtai nazardan odam o`z axloqiga to`la mas'uliyatni oladi. Masalan, 
piyonistalar o`z ishqibozligiga beriluvchan gedonistik kayfiyatdagi individ 
hisoblanadilar. Albatta, axmoqona odatlardan qutulish uchun o`ziga ichishni man 
etish va sust irodani obrazli qilib aytganda “sochidan ushlab botqoqdan tortib 
olishga urinish” bilan yengish zarur. Hozirgi vaqtda axloqiy model, agar o`rni 
bo`lsa, giyohvand moddalarga bog’lanib qolganlarga giyohvand moddalarni iste'mol 
qilish va qonunbuzarlik sodir etish o`rtasidagi zich aloqaga asosan qo`llaniladi. 
Addiktiv axloqning boshqa konseptual paradigmasi kasallik modeli 
hisoblanadi. Ushbu model mutaxassislar orasida ommaviylikka erishdi va keng 
jamoatchilik e'tirofini oldi (masalan, “O`n ikki qadam” dasturi doirasida). Ko`rib 
chiqilgan modelga muvofiq bog’lanib qolish o`zida maxsus yordam olishni talab 
qiluvchi kasallikni aks ettiradi. Bunda addikt qisman o`z kasalligining o`tishida 


169 
mas'uliyatdan qisman ozod bo`ladi. Masalan, o`z diabetiga javob berishi mumkin 
bo`lmaganiday, piyonista ham o`z piyonistaligi uchun javobgar emas. Addiktlar 
ekzogen moddalardan bog’lanib qolishga immanent moyilligi bo`lgan odamlar 
sifatida ko`rib chiqiladi. Modomiki, muhtojlik qiyin davolanuvchi deb tan olingan 
ekan, u bilan azoblanuvchi odam butun hayoti davomida bu og’riqli maylga 
qarshilik ko`rsatishi lozim va aynan shuning uchun u shaxsan javobgardir.
Anonim piyonistalar jamiyatida (AL) davolashning nisbatan yuqori samarasi 
kasallik modeli ommaviyligining o`sishiga olib keldi. Giyohvandlikka bog’lanib 
qolganlar anonim giyohvandlar (AN) tashkilotini yaratib, muvaffaqiyatga AA 
erishishga urinmoqdalar. P. Kutter ta'kidlashicha, bu qisman piyonista shaxslar va 
giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchi odamlar o`rtasidagi ahamiyatli farqni 
tushuntiradi. 
Boshqa simptomatik model addiktiv axloqni alohida axloqiy “simptomlar” 
yoki odatlar sifatida o`rganishni ko`zda tutadi. Masalan, chekish jiddiy shaxsiy 
muammolar bilan ham, kasallik buzilishlari bilan ham bog’liq bo`lmagan oddiy odat 
bo`lishi mumkin. Bunday axloq axloqning boshqa har qanday (shu jumladan, 
foydali) steriotipi kabi o`rganish qonunlari bo`yicha shakllanadi. Masalan, o`smir 
chekishga o`zi uchun ahamiyatli bo`lgan kompaniyada tengdoshlarining 
ma'qullashini olib va kattalikni his qilib, qo`shilishi mumkin. Albatta, tibbiy-
psixologik ta'sir aniq bir simptom odatga yo`nalgan bo`lishi darkor. Buning uchun 
quyidagilarni aniqlab olish muhim: shaxs ushbu axloqdan (u nima bilan o`z-o`zini 
mustahkamlaydi) qanday psixologik foyda chiqaradi; u, odatda, qanday sharoitlarda 
o`tadi (nima uni mustahkamlaydi); nihoyat, qachon va nima uchun u namoyon 
bo`lmaydi (uning ingibitorlari qanday). 
Olingan axborotga asosan uni har doim namoyon bo`lganda “jazolab” va 
aksincha, ijobiy axloqni mustahkamlab, istalmagan axloqqa ta'sir ko`rsatishni 
rejalashtirish mumkin. Masalan, agar biz chekishni tashlashni istasak, uyda sigareta 
saqlamasligimiz; sekin-asta chekilgan sigaretalar sonini kamaytirib borishimiz, 
chekishdan tiyilganda o`zimizni rag’batlantirishimiz, qachonki chekishga xohish 
tug’ilganida “boshqa” yoqimli nimanidir qilishimiz kerak.


170 
Ko`rib chiqilgan tamoyil dorivor preparatlardan foydalanish yordamida ham 
amalga oshirilishi mumkin. Masalan, bog’liqlik bilan ajralishni istagan odamga 
ichkilik yoki giyohvand moddalarni iste'mol qilganda o`ta noxush reaktsiyalarni 
(yurak urishi, bug’ilish, vahima ) uyg’otuvchi preparatlarni kiritish mumkin. Ushbu 
holda avval istalgan ob'ekt qo`rquv yoki nafratlanish bilan assotsiatsiyalanishni 
boshlaydi va muhtoj axloq sekin-asta so`nishi mumkin. Boshqa holatlarda 
giyohvand 
moddalarni 
qabul 
qiluvchi 
retseptorlarni 
blokirovkalovchi 
(“o`chiruvchi”) dorilardan foydalaniladi. Shunga o`xshash moddalar ta'siri ostida 
shunchaki kutilgan kayf bo`lmaydi, shu bilan muhtoj axloq mustahkamlanmaydi va 
iste'mol qilish ma'nosiz bo`lib qoladi.
Simptomatik model yetarlicha ishonchli ko`rinadi. U addiktiv axloqning 
turlicha shakllarida – mustaqil yoki kompleks reabilitatsiya doirasida keng 
foydalaniladi.
Muhtoj axloqning eng kam tarqalgani psixoanalitik modeldir. Ehtimol, bu 
addiktiv buzilishning psixoanalitik terapiyasi hali yuqori samaradorlikka 
erishmagani bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda muhtoj axloq shakllanishining
psixodinamik mexanizmlari uning tabiatini tushunish uchun o`ta muhim deb tan 
olinadi. Psixoanalitik modelga muvofiq addiktiv axloq shaxsiy dinamikaning 
buzilgan ko`rinishlaridan biri hisoblanadi. Muhtoj axloqqa individual moyillik 
hayotning birinchi yillarida aniqlanadi. Keyin u ixtiyorsiz sabablar kabi inson 
xarakterining xususiyatlari (masalan, oral xarakter) bilan uyg’otiladi va 
quvvatlanadi.
AA tashkiloti kasallikka bog’lanib qolishni tan olishiga qaramay, uning 
faoliyati shaxs ichki tuzilmaviy o`zgarishlarini jadal qo`llab-quvvatlashga 
yo`naltirilgan. Masalan, zich shaxslararo munosabatda ichkilikdan tiyilish 
kontekstida qachonki odamlar baxtsizlik bo`yicha o`rtoqlari bilan e'tiborli va 
g’amxo`r birlashishni his qilgandagina erishiladi. G’amxo`rlik qiluvchi figuralar 
psixoterapevt internalizatsiyalangani kabi obrazda internalizatsiyalanadi. Bu, o`z 
navbatida, piyonistaga impulsni nazorat qilishga yordam beradi va uning Egosini 
kuchaytiradi.


171 
Tizimli-shaxsiy modelda muhtoj axloq shaxsning ahamiyatli munosabatlar 
tizimi va hayotiy muhim funktsiyalarning uzilishi bilan bog’liq disfunktsional kabi 
ko`rib chiqiladi. Masalan, ichkilikni iste'mol qilish chastotasining oshishi ishdagi 
omadsizliklar bilan bog’liq bo`lishi mumkin, o`smirning giyohvand moddalarga 
tobe bo`lib qolgan axloqi ota-onalarini ajrashishdan to`xtatish maqsadi bo`lib xizmat 
qilishi; ko`p ovqat yeyish esa jinsiy-shaxsiy muhitdagi muammolar haqida signal 
beradi.
Tizimli-shaxsiy model oilaviy maslahatlashish va psixoterapiya doirasida bir 
muncha to`liq amalga oshadi. Shuningdek, unga ba'zi reabilitatsion tizimda 
ustuvorlik beriladi. Masalan, «Day-Top International» dasturi deviant shaxsni 
moslashmagan, ijtimoiy aloqalardan yulib olingan sifatda ko`rib chiqadi.
Dasturning maqsadi addikt yoki delinkventning guruh qoidalari va o`z axloqiga 
mas'uliyatni qabul qilish orqali guruh (jamiyat)da yashash qobiliyatini tiklash 
hisoblanadi.
Tobe axloqning sanab o`tilgan konseptual modellari uning murakkabligi va 
ko`p obrazliligini aks ettiradi. Fan rivojlanishining zamonaviy bosqichida ustuvorlik 
kompleks bog’lanib qolishni murakkab ko`p darajali “jamiyat – shaxs – organizm” 
tizimida ishlashining buzilishi sifatida ko`rib chiquvchi addiktiv axloqning 
biopsixoijtimoiy modeliga berilishini ta'kidlash zarur. Bu demakki, addiktiv axloq 
bir vaqtning o`zida bir necha planda ko`rib chiqilmog’i lozim: madaniy, ijtimoiy, 
huquqiy, psixologik, tibbiy-biologik.

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish