boy merosini o’rgatish va ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko’nikmalarini
mustahkamlash;
-Texnologiya ta’limi va kasbgacha tayyorlash jarayonlaridan axborot texnologiyalari
va kompyuter texnikasi, yangi texnologiya va jihozlarning qo’llanilishi sohalarini zamonaviy
talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o’rganishlarini ta’minlash.
Texnologiya ta’limi va kasblarga yo’naltirish jarayonlari oldiga qo’yilgan yuqoridagi
vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ushbu ta’lim standarti vositasida amalga oshiriladi.
Texnologiya ta’limi standarti umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’liming tayanch
mavzusi hamda bitiruvchilarning texnologiya ta’limi va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasini
belgilovchi me’yorlar majmuasi bo’lib, u davlatning ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjati
hisoblanadi. Davlat ta’lim standartida belgilab qo’yilgan ko’rsatkichlarga
erishish davlat
tomonidan talab qilinadi va o’z navbatida bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan
ta’lim olish imkoniyatlari ta’minlanadi.
O’quvchilar ta’minlanishi zarur bo’lgan texnologiya ta’limi va kasblarga yo’naltirish
ta’limi mazmuni umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga beriladigan texnologiya
ta’limi mazmuni negizini ifodalaydi Ushbu ta’lim mazmuni har bir hududda mavjud bo’lgan
ishlab chiqarish sohalari mazmuniga mos holda o’quv dasturi va darsliklarni yaratishda asosiy
mezon vazifasini bajaradi va uni amalga joriy etish uchun xizmat qiladi.
1-4sinflarda ko’rsatilgan har bir bo’limlar yuzasidan 5 ta yo’nalish uchun alohida
egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar dasturga asosan o’qitiladi.
Dasturdagi mehnat yo’nalishlari bo’yicha mashgulotlarni tashkil qilish va o’tkazish
ketma-ketligi mahalliy sharoit va imkoniyatlar hisobiga olingan holda o’qituvchi tomonidan
hal qilinadi.
Texnologiya ta’liming barcha yo’nalishlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar 5 va 6-
sinflarda 6 kundan, jami 24 soat, 7-sinfda 10 kun, jami 40 soat va 8-sinfda 16 kun, jami 96
soat rejalashtirilgan bo’lib, ular o’quv yilining yozgi, bahorgi va qishki amaliy mashg’ulotlar
davrida-o’qituvchining tanlashi asosida o’tkaziladi. Qishloq xo’jaligi asoslari yo’nalishi
bo’yicha amaliy mashgulotlar o’quv yilining tegishli mavsumlarida o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulotlarining maqsadi - o’quvchilarga o’rgatilayotgan bilim, ko’nikma
va malakalarni bevosita ijtimoiy foydali va unumli ishlab chiqarish mehnat jarayonida
(ustaxonada, fermada,
korxonada, tashkilot, muassasa, jamoa xo’jaligi ekinzorlarida yoki
hunarmand usta huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil
qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: