O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

 
 
1. Nazorat savollari: 
1.
Texnologiya ta’limida qanday o`qitish shakllarini bilasiz? 
2.
Malakali ishchita biriktirib qo`yish deganda nimani tushunasiz? 
3.
O`qitishni frontal, zveno, yakka-yakka, aralash shakllari qay vaqtda qo`llaniladi? 
11-Mavzu. Texnik modellash va konstruksiyalash darslarini 
tashkil qilish metodlari
REJA: 
1.
Texnik modellashga qo`yiladigan talablar. 
2.
Konstruksiyalash etaplari. 
3.
Darsning tashkiliy formasi. 
Tayanch iboralar 
Texnik modellashtirish, konstrO’qtorlik masala,konstruksiyalash, texnik mehnat, 
texnikaviy ijod 
O`quvchilarda ijodiy texnikaviy tafakkurni rivojlantirishyo`llaridan biri mehnat 
darslarida texnikaviy konstruksiyalash va modellar yasashdir. Turli buyumlarni, hozirgi 
zamon texnikasining, apparatlari va asboblarning namunalarini konstruksiyalash va 
modellashtirish texnologiya ta’liming boshqa turlariga nisbatan politexnika tayyorgarligi 
talablariga ko`proq javob berishi kerak. Maktabning ta’lim ustaxonalaridagi texnikaviy 
konstruksiyalashni ma’lum darajada malakali konstrO’qtorlar, texnologlar, stanrkchi 
ishchilar, yig’uvchilar va sozlovchilar faoliyati bilan taqqoslash mumkin. Chunki ishlab 
chiqarish sharoitida yangi mashinalarni yaratshp singari ta’lim ustaxonalarida turli 
buyumlarni, texnikaviy modellarni yaratish jarayoni ham quyidagi bosqichlardan: texnikaviy 
fikrning tugilishi (mashina, mexanizm, modelning konstrO’qsiyasi), mo`ljallangan buyumga 
texnikaviy talablarning quyiliysh, konstrO’qsiyaning eskizlar holida ishlab chiqish, zarur 
materiallar ea asboblarni tanlash, uylab qo`yilgan buyum detallarini tayyorlash va ularni 
uzellarga yigish, uzellardan buyum tayyorlash, buyumni ishda sinab ko`rish va uni sozlash 
bosqichlaridan tashkil topadi. 
O`zbekiston jumxuriyati maktab faoliyatini takomillash-tirishda yosh avlodni 
mehnatga tayyorlashni tubdan yaxshilashga alohida ahamiyat bermoqda. 
Ixtirochi va rasionalizatorlar-ishchilarni avangardi bo`lib yangi mashinalar. 
Mexanizmlar va texnologik prosesslarni barpo qilishda eskilarini ekonomik effektivligini 
oshirishda kerakli fikrlarii berib qelmoqdalar. 
Demak jamiyat quruvchisini tarbiyalashni asosiy vazifalaridan biri yoshlarni texnik 
fikrlash qobilyatlarini hamda mehnatga ijobiy yondoshishlarida o`stirishdir. Bunday kishilarni 
tarbiyalashda asosiy o`rin maktabga yO’qlangandir. 
Texnik konstruksiyalash va modellash prosessida o`quvchilar har xil turli texnologik 
operasiyalar xaqida tushunchaga ega bo`ladilar. 
Metall va metalmas materiallar markalari, priborlar texnika namunalari tuzilishi va 
ishlash prinsipi bilan tanishadilar, hamda umumta’lim darslaridan olgan bilimlarini praktik ish 
jarayonida mustahkamlaydilar. Mehnat ta’lim darslarida konstO’qsiyalash va modellash ko`r-


ko`rona bironta real mashinani yoki priborni kapirka (ko`chirish) qilib bo`lmay, balki ijobiy 
izlanish natijasida modelni konstrO’qsiyasi soddalashtirilgan namunasi bo`lmogi lozim.
O`quv ustaxonasida olib boriladigan texnik konstruksiyalash va modellashni
konstrO’qtorlar, texnologik ishchilar mehnati bilan solishtirsa bo`ladi. Chunki yangi 
mashinalar ishlab chiqarishda yaratish, modelni o`quv ustaxonasida yaratish quyidagi 
momentlar yig’indisidan iboratdir; texnik fikrni tugalishi (mashina, mexanizm model 
konstrO’qsiyasi) yo`llangan fikrga texnik talablarni qo`yilishi, texnologik prosessni ishlab 
chiqarish, kerakli asbob va materialni tanlash, o`ylagan buyumni, detallarni yasash va 
uzellarni yigish, uzellardan buyum yig’ish, sinish hamda regulirovka qilishdan iborat. Bu esa 
o`quvchilarni maktabdayoq mashina mexanizmlarivd yaratilishi bilan nazariy va amaliy 
tanishish uchun imkon beradi. 
Ma’lumki 4-5 sinflar uchun mo`ljallangan oddiy texnik modellar ham tayyorlanish 
texnologiyasi jihatidan ham ancha murakkabdir. Masalan: stanokda ishlov berish prosesslari 
(bu esa 4-5 sinf mehnat programmasiga kirmagan). Bunday xollarda nima qilish kerak degan 
savol tug’iladi. Agar biz murakkabroq modellarni shu sinflarda tayyorlash uchun tanlamasak 
oddiylar bilan almashtirsak unda o`quvchilarni ijodiy va kostrO’qtorlik qobiliyatlarini 
o`sishini pasaytirgan bo`lamiz. 
Texnik modellash va konstruksiyalash maktablarda quyidagi yo`nalishlarda amalga 
oshirilayapti: 
1.
To`liq tayyorlangan texnologik hujjatlar bo`yicha. 
2.
To`liq bo`lmagan texnologik hujjatlar yordamida (ya’ni ayrim etishmagan 
kamchiliklarni o`quvchilar to`ldiradi). 
To`liq tayyorlangan texnologik hujjatlar bo`yicha bu darslarni olib borishda 
o`quvchilardan qiziqish etarli darajada uyg’otmaydi. 
Texnologik konstruksiyalash va modellash darslarini ikkinchi yo`nalishida amalga 
oshirganda o`quvchilarda qiziqish ko`proq bo`ladi. Texnologak konstruksiyalash va 
modellash darslarida sinfdagi o`quvchilar 3-5 tadan zvenolarga ega bo`lib har bir zveno uchun 
alohida model pribor maket beradi, bunday darslarda faqatgina frontal o`qitish formasidan 
foydalanish mumkin emas. 
O`qitish zveno formasida olib borishga shu narsa o`quvchini majbur qiladi, bitta 
o`quvchi texnik modellash va konstruksiyalashga ajratilgan vaqt ichida berilgan vazifani 
to`liq bajara olmaydi. 
Har bir zveno uchun ish ob’ektlari har turli bo`lgani uchun instruktaj qanday qilinadi 
degan savol bo`lishi mumkin. Chunki biz bitta zveno uchun vazifani tushuntirsak, avvalo 
vaqtni hisobga olmagan bo`lamiz. 
Darsdan ko`zlangan maqsadga erishish uchun biz turli metodlardan ya’ni bitta zveno 
uchun bajariladigan ishni tushuntirish. Boshqa zvenolar mustaqil ishlash uchun yozma 
opesaniyalar tayyorlash lozim. Bunday darslardan sinflararo oyerasiya metodidan 
foydalanishi ham didaktik talablariga javob beradi. Bu metoddan foydalanish o`quvchilarni 
o`zaro yordamiga, o`rtoqlik, yO’qlangan vazifa uchun javobgarlik va burchni rivojlanishiga 
yordam beradi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish