Tuzilgan dars planiga darsni muvaffaqiyatli o`tkazishni ta’minlovchi asbob-
moslamalar, materiallar ro`yxati, shuningdek darsning mufassal konspekti ilova qilinadi.
Dars rejasi:
1.
Dars mavzusi,
2.
Darsning maqsadi
3.
Ish ob’ekti.
4.
Darsni jihozlash.
5.
Darsni tashkiliy qismi.
a) davomadni aniqlash.
b) navbatchi tayyorlash.
b.Kirish instruktaji.
7.Joriy instruktaji
O`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik xatolarini namoyish qilish bu xatolarini sabablari va
ularni bartaraf qilish usullarni tushuntirish.
8.Yakuniy instruktaj.
O`quvchilarning xatolarini analiz qilish, bajarilgan ishni unumli baholash, darsning
yakuniy qismi.
9.Ish o`rnini yig’ishtirish.
O`quv ustaxonalarida bajariladigan buyumlar ro`yxati yarim yilga yoki bir yilga
mo`ljallab tuziladi. Uni ishlab chiqishda usta texnologiya ta’limi o`qituvchilari va
ustaxonaning mudiri qatnashadi. O`quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro`yxati
kalendar tematik rejaga qo`shimcha ravishda yoziladi. Bu quyidagi prinsiplarga asosan ishlab
chiqilgan:
1.
O`qitish unumi mehnat asosida olib boriladi.
2.
Buyumlar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.
3.
Hamma buyumlar operasiyalar bo`yicha normallashtirilgan. Bu esa o`quvchilarni
mehnat prosessini rejalashtirishga o`rgatadi.
Bu sxema tabiiy-matematik fanlar orasidagi o`zaro bog’lanishni ko`rsatadi. Bu
birlashgan tematik planda ilmiylik va nazariya bilan amaliyotning bog’lanishi asosida faqat
ishlab chiqarish ta’limi maxsus texnologik fanning ayrim temalari orasidagina emas, balki
boshqa umumiy ta’lim fanlari (fizika, matematika, ximiya) orasida xam umumiy texnika
fanlari (metallar texnologiyasi, chizmachilik, texnik mexanika, elektrotexnika) orasida ham
xuddi yuqoridagiday bog’lanish amalga oshiriladi.
Bu planda nomi aytilgan hamma fanlar xuddi tabiiy-matematik sikl fanlarining
o`zginasidir.
Shundan keyin konkret misollar bilan (o`qituvchi ixtisosi profilini ham hisobga olib)
bu nomi aytilgan fanlar temalari orasidagi ob’ektiv mavjud bog’lanishlarni (sxemadagi
misollar kabi) aniqlash zarur. Shundan keyin birlashgan tematik misolning asosiy mazmuni,
uni ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishiladi. Bu ishlab chiqarishning mohiyati shundan
iboratki, o`qish yili boshlanishidan oldin bilim yurti metodik komissiyasining majlisi
chaqiriladi (bu komissiyaga birlashgan tematik planda ko`rsatilgan fanlarning ishlab chiqarish
ta’limi masterlari o`qituvchilari kiradi). Komissiyaning har bir a’zosi o`z fanini puxta analiz
qilib, boshqa fanlar bilan bog’lanishni amalga oshirish imkonini beradigan konkret misollar
vositasida bayon qilib beradi. Bu xildagi takliflar har tomonlama muhokama qilinadi,
umumlashtiriladi. Fanlararo bog’lanishni amalga Oshirishga yordam beradi deb topilgan
programma material birlashgan tematik plan jadvaliga yoziladi.
Shuni aytib o`tish kerakki, tabiiy-matematik fanlarning birlashgan tematik planini
ishlab chiqishning ahamiyati ayniqsa so`ngi yillarda, ya’ni mamlakatimizda yangi tip
professional texnika bilim yurtlari-ixtisos berish bilan birga umumiy o`rta ma’lumot ham
beradigan bilim yurtlari tashkil etilishidan keyin yana oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: