O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

 


qishloq xo`jalik asoslari
O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ish-harakat usullari, ko`nikmalari 
qo`yidagilar: 
Dehqonchilik bo`limi—qishloq xo`jaligi moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning asosiy 
tarmog’i ekanligi va uning muhim sohalari (dehqonchilik va chorvachilik)ning ahamiyati 
hamda o`ziga xos xususiyatlari. 
O`zbekiston Respublikasining qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun 
mavjud tabiiy va iqtisodiy sharoitlari. O`zbekiston hududining qishloq xo`jaligini 
rivojlantirish nuqtai nazaridan tog’va tog’oldi, obikor— suto-riladigan va cho`l joylarga 
bo`linishi hamda ularning umumiy xususiyatlari; o`simliklarning yashashi va rivojlanishi 
uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar (yorugliq issikdiq havo, namliq oziq moddalarning) 
ahamiyati: 
Tuproq va uning unumdorligi. Tuproqning tuzilishi va asosiy xususiyatlari (donadorligi, 
suv simiruvchanligi, solishtirma qarshiligi va hokazo). 
Erga ishlov berish (haydash va ekishdan oldin yumshatish)ning ahamiyati, erni haydash 
muhitlari, chuqurligi va unda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar (plug)ning 
turlari, umumiy tuzilishi, ishlash jarayoni, pluglar bilan erni ishlash tartibi, ularni tuzatish va 
saqlash. Erga ekindan oldin ishlov berish qurollari (kultivatorlar, borona, rushchalniq mola 
va shu kabi mashinalar). Er sho`rlanishi hamda botqokdanishning sabablari va ularning 
oldini olish chora-tadbirlari: 
Tuproq unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o`gitlarning ahamiyati: o`g’it 
turlari, o`titlash me’yori, usullari, muddati va samarasi, o`tit ishlab chiqarish va dalaga sepish 
mashinalari. Almashlab ekishning dehqonchilikdagi ahamiyati va o`simliklar biologiyasi. 
Uruglik va ularga qo`yilgan talablar. Uruglarning tozaligi, unuvchanligi, namligi, 
to`qligi, yirikligi, kasallanmaganligi, sifat ko`rsatkichlarining hosildorlikka ta’siri. 
Uruglarni saralash ishlarining mohiyati va unda ishlatiladigan moslamalar, mehnat 
qurollari. Urur ekish muddati, me’yori, usullari va chuqurligi. Urur ekish va ko`chat o`tqazish 
mashinalari. Ularni bir tekis undirib olish chora-tadbirlari va shart-sharoitlari. Ekin qator 
oralariga ishlov berish tartibi, muddati, chuqurligi, kengligi va unda qo`llaniladigan 
mashina va mehnat qurollari. 
Ekinlarni sug’orish va ularning meliorativ holatini yaxshilashda ishlatiladigan 
moslamalar, mehnat qurollari va mashinalar majmui. Suv manbalari va ulardan foydalanish. 
Begona o`tlarning qishloq xo`jaligi ekinlariga ta’siri va ularni yo`qotish chora-
tadbirlari. Kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlashdagi s ani t ari y a -g i gi ena va ha yot
xavfs i zl i gi qoidalari. Ekinlarni begona o`tlar, zarar-kunandalardan va kasalliklardan 
himoya qilish usullari va unda ishlatiladigan moslamalar va mashinalar. 
Ralla (javdar, burdoy, arpa, suli, makkajo`xori, oqjo`xori, sholi) va shu kabi ekinlar 
etishtirish-ning xalq xo`jaligidagi ahamiyati. 
O`zbekistonda g’alla mustaqilligining mohiyati. g’alla va dO’qkakli o`simliklar hosilini 
yirib olish mashinalari — kombaynlar. Boshoqli ekinlar tashqi tuzilishidagi o`xshash va 
farkdi jihatlar hamda o`sishi va rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlar. 
Tolali (paxta, zirir, kunjut, kanop) va moyli (kungaboqar, soya) ekinlar etishtirishning 
xalq xo`jaligidagi ahamiyati. Paxta hosilini yig’ishtirish. Paxtadan olinadigan mahsulotlar. 
Ro`zalarning o`suv shoxlarini chilpish, ro`za barglarini sun’iy to`kish, unda 
ishlatiladigan kimyoviy moddalar va mashinalar haqida umumiy ma’lumot. 
Em-xashak tayyorlashning chorvachilikdagi o`rni, ularni tayyorlash muddati va usullari. 
O`rim ishi qurollari (beda, sebarga, sudan o`ti va boshqalar). 
Chorvachilikning ahamiyati va tarmokdari (qoramolchiliq qo`ychiliq echkichiliq 
tuyachiliq parrandachiliq baliqchiliq asalarichiliq quyonchiliq mo`ynachiliq cho`chqachiliq 
ipakchilik). 
Fan-texnika va ilg’or texnologiyalarning chorvachilikda qo`llanilishi. 
Chorvachilikni mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish-ning ahamiyati va istiqbollari. 


Chorvachilik majmualarida mehnatni ilmiy tashkil qilish va uning iqtisodiy 
masalalari. Chorva mollarining tana tuzilishi, biologiyasi. Kavsh qaytaruvchi va kavsh 
qaytarmaydigan hayvonlar oshqozonida em-xashak hazm bo`lishi. 
Em-xashak turlari: ko`k o`tlar va pichan (silos, senaj, o`t uni va emlar) oziq-ovqat 
sanoatining chiqindilari (kunjara, shrot, yorsiz sut, zardob va b.), ularning eaqlanishi, 
tayyorlanishi va oqilona foydalanilishi. 
qishloq xo`jaligi mashinalari. Traktorlar. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida 
mexanizasiyalashgan ishlarni tashkil etishning ahamiyati, shart-sharoitlari va iqtisodiyoti. 
Mexanizasiyalashgan ishlarni bajarishda traktor-mashina agregatlarini yig’ish.
Traktorlarning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi va qo`llanilishi. Ichki yonuv dvigatellarining 
turlari, xarakterli xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tartibi. Ichki yonuv 
dvigatellarida qo`llaniladigan yonilg’ilar va ularning turlari, xususiyatlari. 
Kirvoship—shatunli mexanizmlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashi. 
Gaz taqsimlash va demopression mexanizmlar-ning vazifasi, tuzilishi va ishlash 
tartibi. Ta’minlash, moylash, sovutish, dvigatellni yurgizib yuborish yoki o`t oldirish 
tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlashi. Avtotraktorlar elektr jihozlarining vazifasi, tuzilishi. 
Kuch uzatmasi va yurish qismining tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, ishlashi. Traktorlarni 
boshqarish va tormozlash tizimining tuzilishi, ishlash tartibi. Traktorlarning ish va 
qo`shimcha jihozlarning vazifasi, xillari va joylashishi. Traktor va qishloq xo`jalik 
mashinalarida uchraydigan nuqsonlar, ularning oldini olish va bartaraf etish yo`llari. 
Traktor — mashina agregatini ishga tayyorlash. Ta’mirlash ustaxona-larining turlari, 
jihozlari va ularga qo`yiladigan talablar. qishloq xo`jalik texnikalari bilan ishlashda texnik 
va xavfsizlik qoidalari hamda yonringa qarshi ko`rash qoidalari, chora-tadbirlari. 
Ilmiy-texnika va ilror texnologiyalarning qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga 
ta’siri. Fermer xo`jaliklarning xususiyatlari, istiqboli va ularga kichik o`lchamli traktor va 
mashinalar ishlab chiqarish rejalari. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish